Eng tuban darajada taraqqiy etgan kop hujayralilar qaysi hayvonlardan
kelib chiqqan? Kopchilik olimlarning fikricha tuban darajadagi kop
hujayralilarning ajdodlari xivchinlilar sinfiga oid sodda hayvonlarning koloniyali formalari bolmish geterotrof organizmlar bolgan. Shunday xulosaga ular quyidagi dalillarga asoslanib kelishgan: 1) sodda hayvonlarning va kop hujayrali organizmlarning hujayra tuzilishi va bolinish jarayoni bir-biriga juda oxshash; 2) sodda hayvonlar eng oddiy tuzilgan organizmlar sifatida kop hujayralilardan oldin paydo bolgan bolib, keyinchalik ularning ajdodlariga aylangan; 3) koloniyali xivchinlilarning tanasini juda kop bir xil tuzilgan hujayralarga bolinishi ularni har xil yo’nalishda differensiallashishini yengillashtirgan; 4) barcha kop hujayrali hayvonlarning embrional taraqqiyotining dastlabki davrlari bir hujayrali organizmlarni eslatadi. Ammo hozirgi koloniyali sodda hayvonlar va eng sodda tuzilgan kop
hujayralilar ortasida katta farq mavjud: birinchisida aniq vazifalarni bajaruvchi hujayra guruhlari yoq, ikkinchisida esa bu hol juda yetarli darajada ifodalangan. Ular orasidagi oraliq formalar hech iz qoldirmasdan yoqolib ketgan bolishi mumkin, shu sababli ham olimlar kop hujayralilarning kelib chiqishini aniqlash
maqsadida biogenetik qonundan foydalanib kelishgan.
Barcha kop hujayrali hayvonlarning taraqqiyoti yagona hujayradan
boshlanadi. Biogenetik qonun asosida qaralganda esa bu - Metazoa ning
ajdodlarini bir hujayralilar ekanligini isbotlovchi dalildir. Bir xil hujayralardan tuzilgan morula va blastula taraqqiyot davrlari esa evolyutsion jarayonning (filogenezning) kelgusi etaplarida kop hujayralilarning ajdodlari sharsimon, koloniya bolib yashovchi morey va blastey deb ataluvchi sodda hayvonlarni eslatdi. (Gekkel nazariyasi). Blasteyalar hujayralari bir qatlamga ega bolib, ular
suvda suzib yuruvchi hayvonlar bolgan. Bu hujayralar orasida farq bolmagan va ular harakat qilish, oziqa ushlash va hokazo kabi muhim hayotiy funksiyalarni bajarishgan.
Qaysi yol bilan sharsimon bir qavatli blasteydan kop hujayralilar kelib
chiqqan? Bunga aniq javob tuban kop hujayralilarning (bulutlar) embrional taraqqiyotini organish natijasida buyuk rus olimi I.I.Mechnikov tomonidan berilgan. Uning nazariyasi boyicha blasteyaning ayrim hujayralari oziqani ushlab
vaqtincha koloniyaning ichiga kirgan va bu oziqalar esa u yerda hazm bolgan (hujayralar esa keyinchalik yana tashqariga chiqishgan). Bu xil xulosaga dalil bolib bulutlarda hujayralarning bosh holda joylashganligi va ularda orin almashish hollari roy berishi mumkinligi hisoblanadi. Shunday qilib blasteyalarda dastavval hujayralar malum bir vazifani bajarishga vaqtinchalik ajralgan: tashqi hujayralar harakat vazifasini, ichkilari – oziqlanishni amalga oshiradi. Lekin bunday bolinish yetarli emas, chunki koloniyani harakatga keltiruvchi hujayralar boshqa tuzilishga (mustahkam qobiqqa va xivchinga ega bolishi), ovqat hazm qilishda qatnashuvchilari bolakcha tuzilishga (yupqa qobiqqa) ega bolishi kerak. Keyingi evolyutsiyada
shunday hol ro’y bergan. Shu sababli ham tuban darajadagi kop hujayralilarda parenximuladagi harakatni taminlovchi tashqi qavatdagi ixtisoslashgan hujayralarni I.I.Mechnikov kinoblast, ichki - oziqani hazm qilishda qatnashuvchi maxsus hujayralarni - fagotsitoblast deb yuritgan va bulutlarni shu xil evolyutsiya, yani parenximella deb ataluvchi, ichakka ega bolmagan, oddiy tuzilgan hayvonlardan kelib chiqqanligini isbotlab bergan. Gekkel juda kop olimlarning embriologiya sohasidagi malumotlarini umumlashtirib va tartibga solib, (ozi maxsus tajribalar otkazmasdan) 1874 yilda
"gastrey" nazariyasini yaratgan. U ozining bu nazariyasiga asoslanib ikki qavatli kop hujayralilarning kelib chiqishini quyidagicha tariflagan:tuxumni situya deb ataluvchi ajdodga, morulani – morey deb ataluvchi ajdodga, blastulani – blastey, gastrulani esa gastrey deb ataluvchi ajdodga oxshatgan,gastrula davrini esa invaginatsiya yoli bilan paydo bolishini (bir qutbni ikkinchi qutbga botib kirishi natijasida) tariflagan. Gastrey parenximellalarga qaraganda murakkab tuzilishga ega bolgan, yani bu hayvonlar ogiz teshigiga va ichak boshligiga ega bolgan. Bunday hayvonlarning bolishi barcha kop hujayralilarda gastrula davrining mavjudligi va uni invaginatsiya yoli bilan
Kechishini isbotlaydi. Shu yol bilan kovakichlilar kelib chiqqan bolishi kerak. Shunday qilib Gekkelning tarificha gastrey togridan-togri blasteydan kelib chiqqan va blasteyning bir qutbini ikkinchi qutbiga botib kirishi (invaginatsiya) natijasida ichak boshligiga ega ikki qavatli organizm paydo bolgan. Ammo, Gekkel tuban darajadagi kop hujayralilarda (bulutlarda) boshliqsiz ikki qavatli
Taraqqiyot davrini (parenximula) bolishini hisobga olmagan. Yuqoriroq darajada rivojlangan kop hujayralilarda embrional taraqqiyotning birmuncha qisqarishi va oddiylashishi tufayli invaginatsiya roy bergan, tubanlarida esa ikki qavatli organizm parenximula davri kechishi orqali yuzaga kelgan. Hozirgi paytda «gastrey» va «pareximula» nazariyalaridan tashqari ko`p hujayralilarning kelib chiqishi haqida fanda yuzdan ortiq nazariyalar yaratilgan
A.A. Zaxvatkin 1949-yilda ko’p hujayralilarning kelib chiqishi to’g’risida original, ammo munozarali nazariya yaratdi. Ba’zi kovakichlilarda palintomik (takror)bo’linish sodir bo’ladi. Bu oddiy bo’linish emas, palintomiya natijasida bo’linish zanjiri hosil bo’ladi, ya’ni bo’linish tufayli paydo bo’lgan hujayralar birbiridan ajralib ketmaydi va hosil bo’lgan individlar o’sishga ulgurmaydi.
Palintomiyaning oraliq mahsuloti sporosista, oxirgisi zoospora hisoblanadi. Zoospora ko’p bo’lishi mumkin. Hamma ko’p hujayralilarda bir hujayrali (tuxum) va ko’p hujayrali bosqichlari bo’ladi. Sodda hayvonlarda ko’p hujayrali koloniya bosqichi palintomiya yo’li bilan hosil bo’ladi. A.A. Zaxvatkin fikricha,
Sodda hayvonlarda palintomiya yo’li bilan bo’linishni ko’p hujayralilardagi maydalanish bilan qiyoslash mumkin. Shunday qilib, A.A.Zaxvatkin tuban ko’p hujayralila bilan soddahayvonlarning hayotiy sikli o’rtasidagi filogenetik aloqani aniqladi.
Xadji (1944) nazariyasiga ko’ra, ko’p hujayralilar bir hujayralilarning eng yuksak darajada tuzilgan vakillari – infuzoriyalardan kelib chiqqan. Infuzoriyada sitoplazma ekto- va endoplazmadan iborat, ikki xil yadrosi bor, pellikulasida mionema va trixosisitlar bor, qisqaruvchi va ayiruv vakuolalari, ovqat hazm qilish jarayonlari murakkablashgan.
Xadji infuzoriyalar bilan bilan turbellyariyalar tashqi tuzilishini solishtirib, ular o’rtasida o’xshashliklar borligini aniqlagan. Uning fikricha, infuzoriyada konyugatsiya jarayoni davrida (makronukeus hosil bo’lguncha) hayvonlarning ikkita evolutsion yo’nalishi paydo bo’lgan : biri infuzoriyalar, ikkinchisi turbellyariyalar.
Bir hujayralilar yadrosining ko’p marta (shizogoniya) bo’linishi tufayli
Yadroning atrofini sitoplazma o’rab olgan va hosil bo’lgan hujayralar bir-biridan ajralib ketmasdan ko’p hujayrali organism paydo bo’lgan. Masalan, opalinalar, knidosporidiyalar, microsporidiyalar, infuzoriyalar, sporalilar ko’payishi davrida shunday holat sodir bo’lgan bo’lishi mumkin.
Xadjining fikricha, ko’p hujayralilarning tuban vakillari kovakichlilar emas, balki turbellyariyalar bo’lib, yassi chuvalchanglarning o’troq holda hayot kechiradigan vakillaridan kovakichlilar kelib chiqqan. Chunki kovakichlilar 2 qavatli emas, balki 3 qavatli hayvonlar bo’lib, mezogliya qavatida ayrim hujayralar topilgan. Infuoriyalar va turbellyariyalarning gavdasi kipriklar bilan qoplanganligi ularning qon-qarindosh ekanligidan dalolat beradi. Ammo embriologik tajribalar va boshqa dalillar Xadjining bu nazariyasini tasdiqlamadi.A.V.Ivanov (1968) fikricha, ko’p hujayralilar xivchinlilarning
Protomonadalar (Protomonadida) turkumi vakillaridan kelib chiqqan. Ular oldin sharsimon bo’lib yashagan. Keyin jinssiz, somatic va jinsiy yo’llar bilan ko’paygan.
V.N.Beklemishov (1964) ham I.I.Mechnikov nazariyasini qo’llab
Quvvatlaydi. Ammo evolutsiyaning borishi masalasida Mechnikov fikrlaridan farq qiladigan mulohazalarni bildirgan.
Ammo ular aniq bir dalillarga asoslanmagan va ular kop hujayralilarni toda bo`lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga qarshi qaratilgan. Evolutsion taʼlimot, evolutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolutsiyasi sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Evolutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning, jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilma xilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar va guruhlarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. Bu muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolutsion taʼlimotning yangi tarixiy davri — evolutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm deb atalgan konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka organizmlarning oldindan belgilab berilgan xususiyati sifatida teologik va metafizik nuqtai nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan evolutsiya nazariyasi (1859) Evolutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin organizmlar evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib chiqadigan tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolutsion taʼlimotning asosiy muammolarini ilmiy nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda uning dushmanlari — idealistik va teologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida lamarkizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi (qarang Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan olindi.
Evolutsion taʼlimotning Ch.Darvindan keyingi rivojlanishi evolutsiya mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtai nazardan mutatsiya va tabiiy tanlanish evolutsiyaning eng asosiy omili hisoblanadi. Bu omillarning birgaliqsagi taʼsiri evolutsiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar fenotipiga taʼsir etadi; natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan reaksiya meʼyoriga ega boʻlgan bir butun genotiplar tanlanadi. Evolutsiyaning elementar birligi populyatsiyalar hisoblanadi. Genetik jihatdan evolutsiya populyatsiya genofondining muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolutsiya) dan iborat. Tashqi muhit sharoiti oʻzgarishi xususiyatiga qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi, turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur individlar ontogenezining (qarang Ontogenez) hamma davrida ham taʼsir etishi mumkin; filogenez ontogenozning genetik qatorlaridan iborat.
Makroevolutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolutsion jarayonlar integratsiyasidan iborat evolutsion jarayon. Makroevolutsiyada filogenezning umumiy qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar muayyan guruhlari evolutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolutsion cheklanish va taqiqlar orqali ham belgilanadi.
20-asrning 30-yillarida shakllangan mikro va makroevolutsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar evolutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolutsion taʼlimot fan sifatida evolutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolutsion farazlar va konsepsiyalar (jumladan, tabiiy tanlanishni evolutsiyaning bosh omili sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni oʻz ichiga oladi. Hozirgi Evolutsion taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻydi. Bu davrning asosiy vazifasi evolutsion jarayonlar mexanizmini ochish orqali organizmlarning evolutsion oʻzgarishini oldindan aytib berish va ana shu asosda evolutsiya jarayonini boshqarishdan iborat.
Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsion
Oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon
Boʻladi.
Dinozavr skeletlari insoniyat tarixi davomida topilgan, ammo ota-bobolarimiz
Ularni ajdarlar, griffinlar va boshqa afsonaviy mavjudotlarning suyaklari deb
Hisoblashgan. Olimlar ilk bor 1677 yilda dinozavr qoldiqlarini uchratishganda,
Britaniya muzeylaridan biri direktori Robert Plot suyak bo‘laklarini bahaybat
Odamning boldir suyagi bo‘laklari ekanligini aniqladi. Antediluvian gigantlari
Haqidagi afsonalar olimlar qazilma qoldiqlarini to’g’ri tiklash va ularning yoshini
Aniqlashni o’rganmagunlaricha, yana bir necha yuz yillar davomida rivojlandi.
Qazilma hayvonlar haqidagi ilm-fan bugungi kunda ham eng yangi tadqiqot
Usullaridan foydalangan holda takomillashtirilmoqda. Ularning yordami bilan
Olimlar millionlab yillar oldin er yuzida yurgan ajoyib mavjudotlarning ko’rinishini
Aniq tiklashlari mumkin.
Evolyutsion g’oyalarni rivojlantirish uchun juda boy materialni tog’ jinslari va
Cho’kindilarda saqlanib qolgan organizmlar qoldiqlaridan hayot tarixini
O’rganadigan paleontologiya fani taqdim etdi.
Sayyoramiz paydo bo'lganidan keyingi dastlabki 1,5 milliard yil davomida unda
Tirik organizmlar mavjud emas edi. Bu davr katarchey (yunoncha «eng qadimiydan
Past») deb ataladi. Katarxeyada er yuzasining shakllanishi sodir bo'ldi, faol vulqon
Va tog' qurilishi jarayonlari davom etdi. Hayot Katarxey va Arxey davri chegarasida
Paydo bo'ldi. Buni yoshi 3,5-3,8 milliard yil bo'lgan jinslardagi
Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati izlari topilganligi tasdiqlaydi.
Arxey erasi 900 million yil davom etdi va organik hayotdan deyarli hech qanday
Iz qoldirmadi. Organik kelib chiqishi jinslarining mavjudligi: ohaktosh, marmar,
Karbonat angidrid arxey davrida bakteriyalar va siyanobakteriyalar, ya'ni
Prokaryotik organizmlar mavjudligini ko'rsatadi (2-rasmga qarang). Ular
Dengizlarda yashashgan, lekin, ehtimol, quruqlikka ham chiqishgan. Arxeyada suv
Kislorod bilan toʻyingan, quruqlikda tuproq hosil boʻlish jarayonlari sodir boʻladi.
Hayvonlar filogenezi deyilganda bir hujayrali organizmlardan
To Sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi.
Ma’lumki, irsiy o‘zgaruvchanlik asosida foydali belgiga ega bo‘lgan organizm o‘z
Avlodiga nisbatan anatomik, morfologik tuzilishi va hayotiy jarayonlarning
Jadallashuviga ega bo‘lganligi sababli yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda
Saqlanib qolish imkoniyati ortadi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va
Rivojlanishining dastlabki erasi bo‘lgan arxey erasining ikkinchi yarmida yuz bergan
Uchta yirik aromorfozning ikkitasi: ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi
Va jinsiy ko‘payish hayvonlar filogenezida muhim o‘rin tutgan. Turli sistematik
Guruhlarga mansub hayvonlar tuzilishi va hayotiy jarayonlari o‘rtasidagi umumiy
Belgilar ularning yagona umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Shuning
Uchun hayvonot dunyosining turli sistematik guruhlari o‘rtasidagi filogenetik
Munosabatlarni shajara daraxti sifatida tasavvur qilish mumkin.
Bir hujayrali eukariot organizmlar- tabiiy tanlanish tufayli protobiontlarning
Tuzilishi mukammalashib dastlab prokoriotlar ,ulardan yadro va hujayra orgonoidlaripaydo bo’lishi natijasida kelib chiqqan. Bir hujayralilardan ayrimlari
Koloniya bo‘lib yashashga o‘tgan.
Ko’p hujayrali hayvonlar –
- koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan. –
Ikki qavat ektoderma va endodermadan tashkil topgan,
- ko’p hujayrali hayvonlarning sharsimon koloniya devori botib kirishi –
Invaginatsiya tufayli paydo bo’lgan.
- Gastrula bo’shlig’i birlamchi ichak bo’shlig’iga va gastrula teshigi birlamchi
Og’izga aylangan.
Yassi chuvalchanglar-
- ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar
- To‘qima va organlarining rivojlangan
- Dastlab erkin yashovchi yassi chuvalchanglar – kipriklilar, ulardan parazit
yashovchi soirgiichlilar va tasmasimon chuvalchanglarpaydo bo‘lgan
- To‘garak chuvalchanglar-
Tana bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal teshigining rivojlanganligi bilan yassi
chuvalchanglardan farq qiladi Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion
o‘zgarishlar.
- lansetnik –
- boshskeletsizlar kenja tipiga mansub
- eng tuban tuzilgan uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo‘ylab juft- juft
joylashgan,
- bosh miyasi rivojlanmagan,
- yuragi yo’q
Baliqlarda jabraning takomilashuvi,suvda va hamda quruqlikda yashovchilarda
esa o ’pka bilan nafas olish,sudralib yuruvchilarda terining quruqlashuvi ,sut
emizuvchilarda sut bezlari, bachadonning rivojlanishi shular jumlasidan.
Evolutsiya eng avvalo insonlar va barcha tirik organizmlaring kelib chiqish
tarixini oʻrganadi. Evolutsiya faqatgina tirik organizmlarda balki barcha narsalarni
kelib chiqish jarayonini oʻrganadi.