1.2
Ingliz tilining konsonantlar sistemasi
Ingliz tilida 24ta undosh tovush mavjuddir va ularga [ b],[ p], [t],[ s],[k], [g],
[n], [ƞ], [l], [m], [h], [v],[d], [z], [ʃ], [Ʒ], [tʃ], [dƷ], [w], [r], [j],[θ], [ð], [f] tovushlari
kiradi. Masalan: [p] - pick; [b] – black ; [t] – tell; [h] – happy; [d] – dream; [k] – kind ;
[g] – groom ; [f] – face ; [v] – very ; [s] – slow ; [z] – zebra ; [sh] – shine ; [Ʒ] – mirage;
[tʃ] – cheese; [ dƷ] – juice ; [m] – merry ; [n] – never ; [ƞ ] – sing ; [l] – lady ; [ð] – this;
[θ] – think ; [r] – remember ; [w] – wide ; [ j] – yellow [ Iriskulov, 2007, p. 221].
Bu undosh tovushlari to’rt tomondan quyidagicha tasniflanadi:
1) hosil bo’lish o’rniga ko'ra;
2) hosil bo’lish uslubiga ko'ra;
3) ovoz hosil bo'lishi yoki uning to'siqqa uchrashiga ko'ra;
4) yumshoq tanglayning ishtirokiga ko'ra.
1) Hosil bo’lish o’rniga ko'ra tovushlar lab, til va bo'g’iz undoshlarini o’z ichiga
oladi. O’z navbatida lab undoshlari a) lab-lab ( [p], [b], [m], [w]) va b) lab-tish([f ], [v])
konsonantlariga bo’linadi. Til undoshlari til oldi ( [ t], [d], [s], [z], [l], [n], [ʃ], [Ʒ], [tʃ],
19
[d
Ʒ]), til o'rta ([j]) va til orqa ([k], [g], [ƞ]) va bo’g’iz ([h]). Artikulyatsiyaning to'siq
hosil bo'lishiga o'rniga ko'ra lab undoshlari( lab-lab va lab-tish)dan tashqari, tish(
allofon fonemalar |t|, |d| va boshqalar), alveollar ( [t], [d], [s], [z], [l]), retroflex (
G.A./r/), kakuminal ( GB/r/), palatal-alveolyar [ ʃ ],[Ʒ ], [tʃ],[dƷ ], palatal [j], velyar [k],
[g], [ƞ], uvulyar (Skotish [R]), glottal [?] ( ko'proq ingliz shevalarida uchraydi)
tovushlariga bo’linadi [ Vassilyev, 1970, p. 323].
2) Hosil bo’lish uslubiga ko'ra tovushlar okklusiv ( [p], [b], [t], [d], [k], [g] ),
konstruktiv ([f], [v], [s], [z], [θ], [ ð], [ʃ], [h], [Ʒ] ) undoshlar va afrikatlardan ( [ tʃ], [dƷ])
tashkil topadi. Okklusiv konsonantlar portlovchi va burun [m], [n], [ƞ] undoshlariga
ajraladi. Konstruktiv undoshlar frikativ va sonorlarga ajraladi. Frikativ undoshlar
yunicentral va biosentral turlarga ajralib, yunicentral undoshlarga [f], [v], [θ] , [ð] , [h ]
va [s],[ z], biocentralga [ ʃ], [Ʒ ] undoshlari kiradi. Konstruktiv sonorlar o'rta [ w], [v],[
j] va yon [ l ] tovushlarga bo’linadi.
Undoshlarning keyingi sinfi affrikatalardir. Affrikatalarning talaffuzi portlovchi
tovushdek boshlanib, sirg’aluvchi tovush bilan tugallanadi. Bazida bu tovushlar
okklusiv-konstruktiv yoki portlovchi-sirg’aluvchi [tʃ], [dƷ] deb ataladi.
Affrikatlarga yunicentral (o'zbek tilidagi [ts], kabi) va biocentral ( [tʃ], [dƷ]) tovushlari
kiradi.
Sonorlar qatoriga kiruvchi [r] tovushi ingliz tilida farq qilmaydi, lekin ba’zi
paytlarda, ya'ni [t] va [d] tovushlari undan oldin kelsa u sonorlik xususiyatiga ega bo'ladi
va talaffuz qilinadi [ Abduazizov, 2007, p.256].
3) Ovoz hosil bo'lishi yoki uning to'siqqa uchrashiga ko'ra undoshlar jarangli va
jarangsiz guruhlarga ajraladi. Odatda ingliz tilida jarangli undoshlar kuchsiz talaffuz
qilinadi. Jarangsiz undoshlar esa kuchli talaffuz qilinadi. Ingliz tilida sakkizta jarangsiz
va jarangli juftlik bor. Bular [p-b], [t-d], [f-v], [s-z], [k-g], [ʃ-Ʒ], [θ-ð], [tʃ-dƷ ]
tovushlaridir.
20
4) Yumshoq tanglayning ishtiroki tovushlarning hosil bo’lishida juda muhim ro’l
o'ynaydi. Qachonki yumshoq tanglay og’iz bo’shlig’ida yuqori pozitsiyani egallasa, havo
oqimi burun bo'shlig’ida to'siqqa uchraydi va havo og’iz bo'shlig’i orqali chiqib ketadi.
Bunday tovushlar orals (og’iz) tovushlari deb ataladi va ularga ([p-t], [s-z] ) tovushlari
kiradi.
Bunda boshqa ingliz tili undosh tovushlari to’siqning hosil bo'lishiga ko'ra ingliz
okklusiv va konstruktiv turlarga ajraladi. Okklusiv konsonantlar talaffuz etilganida og’iz
bo'shlig’ida havo oqimi to'liq to'siqqa uchraydi. Okklusiv konsonantlar: a) shovqinli
undoshlar va b) sonorantlarga ajraladi.
Okklusiv shovqinli undoshlar hosil bo’lish xususiyatiga ko'ra portlovchi undoshlar
va affrikatlarga bo'linadi: portlovchilarga [p], [b], [t], [d], [k],[g] undoshlari,
affrikatlarga esa [tʃ ], [dƷ ] tovushlari kiradi[ Dickushina, 1965, chapter XI].
Konstruktiv (qisilgan) konsonantlar hosil bo’lishida havo oqimi engil to'siqqa uchraydi.
Konstruktiv konsonantlar:
a) shovqinli konsonantlarga (yoki frikativlarga) va b) sonorantlarga ajraladi.
Frikativlarga [f], [v], [θ], [ð], [s], [z], [
ʃ], [Ʒ], [h] tovushlari, sonorantlarga [w], [l], [r], [j]
undoshlari yatadi.
Ingliz tilida faol nutq o’rganlari ishtirokiga ko’ra konsonantlar quyidagi guruhlarga
ajraladi; 1) lab undoshlar: ular o’z navbatida
a) lab-lab ([p],[b],[m],[w]), b) lab-tish ([f], [v]) guruhlariga bulinadi;
2) til undoshlari:
a) til oldi; b) til o'rta; v) til orqa guruhlaridan tashkil topadi.
Ingliz tili tovush sistemasining til oldi undoshlari a) apikal (tish), b) kakuminal
(tanglay) guruhlariga ajratiladi. Apikal undoshlar talaffuzida tilning uchi faol
qatnashadi. Ularga [θ], [ð], [t], [d], [l], [n],[s],[z] tovushlari kiradi. Kakuminal undoshlar
talaffuzda havo oqimi old tanglayga yaqinlashgan til uchuni titratadi. Bunga [r] tovushi
21
kiradi. Til o'rta undoshlari til oldi qattiq tanglayga tekkan holda talaffuz qilinadi. Bunga
[j] tovushi kiradi. Til orqa undoshlari tilning orqa qismi yumshoq tanglayga
yaqinlashishida talaffuz qilinadi. Bular [k], [g], [ƞ] konsonantlaridir. Glottal ( bo'g’iz)
undoshiga [h] tovushi kiradi [ Ward, 1948, p. 121].
Til oldi undoshlari o’z navbatida aytilishiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajraladi:
1) dental;
2) alveolyar;
3) palato-alveolyar;
4) post – alveolyar tovushlar.
Dental (tish) undoshlari aytilganida havo oqimi yuqori tishlar va til uchi orqali
o'tadi. Bularga [θ], [ð] konsonantlari kiradi. Alveolyarlarda havo oqimi til uchi va
alveollar (yuqori tishlar tagi) orqali o’tadi. Bular [t], [d], [n], [l], [s], [z] konsonantlaridir.
Palatal – alveolyarlarga [
ʃ], [Ʒ], [tʃ], [dƷ] undoshlari kiradi. Post –alveolyarlarga ingliz
tilida [r] tovushi kiradi.
Undoshlar og’iz bo’shlig’ida tovush paychalarining holatiga ko'ra jarangli va
jarangsiz bo'ladi. Jarangsiz undoshlarga [p], [t], [k], [t
ʃ], [f], [θ],[s], [ʃ], [h] tovushlari,
jarangli undoshlarga esa [b], [d], [g], [d
Ʒ], [v], [ð], [z], [Ʒ], [m], [n], [ƞ], [w], [l], [r], [j]
tovushlari kiradi [Abduazizov, 1986, p.191].
Yumshoq tanglayning holatiga ko'ra ingliz tili undoshlari burun va og’iz
tovushlariga ajraladi. Burun tovushlarining talaffuzida yumshoq tanglay pastga tushib,
havo burun boshlig’idan o'tadi. Ingliz tilida burun tovushlariga [m], [n], [ƞ] kiradi. Og’iz
tovushlarining talaffuzida yumshoq tanglay yuqoriga ko'tariladi va havo oqimi og’iz
orqali o'tadi. Bular [p], [b], [t], [d], [k], [g], [f], [v], [s], [z], [θ], [ð], [h], [
ʃ], [Ʒ], [w], [l],
[r], [t
ʃ], [dƷ], [j] konsonantlaridir [M. Iriskulov, 2007, 20-b].
Ingliz tilining undosh tovushlari tasnifini quyidagicha jadvalga kiritish mumkin:
22
Ingliz tili undosh tovushlar jadvali
1 – jadval
Lab-
lab
Lab-
tish
Tish
(Dental)
Alveolar Post-
alveolar
Halatal Velar
Glottal
Plosive
p b
t d
k g
Аffrikatlar
tʃ dƷ
Frikativlar
f v θ ð
s z
ʃ Ʒ
h
Burun
m
n
ƞ
Lateral
Approximant
l
Approximant w
r
j
23
Ingliz undoshlarining tasnifi
2- jadval
Holatiga ko’ra
ovozli
Joylashishiga ko’ra
Lab-
lab
Lab-
tish
Tish
o’rta
Alveolar Palatal Velar Glottal
Portlovchi(stop) jarangsiz
p
t
k
g
jarangli
b
d
g
Frikativlar
jarangsiz
f
θ
s
ʃ
h
jarangli
v
ð
z
Ʒ
Afrikatlar
jarangsiz
tʃ
jarangli
dƷ
Burun(nasal)
jarangli
m
n
ƞ
Lateral(yon)
jarangli
l
Rhotic
Jarangli
r
Glide
jarangli
w
j
(w)
Ingliz undoshlari yozuvda 20 harf bilan beriladi va o'qilish qoidalari har xildir.
Iingliz yozuvida bazi undosh harflar bitta undosh tovushni ifodalaydi, bazi undosh
tovushlar, masalan; c, g, s kabi harflar ikki va undan ortiq tovushni ifodalaydi. B, d, f, j,
k, l, m, n, p, r, t, v, w harflari bitta tovushni ifodalaydi. Masalan;
b - [b] baby /be
ɪbɪ/, best /best/; d – [d] day /deɪ/, dear/dɪə(r)/, die/daɪ/; f
–
[f]
fast/fα:st/, female/fi:meɪl/, five/faɪv/; j - [ j] jam/dƷæm/, Jane/dƷaɪn/, jet/dƷet; k – [k]
Kate/ka
ɪt/, kind/kaɪnd/; l -[l] late/leɪt/, let/let/, live/laɪv/; m- [m] make/meɪk/ ,
24
men/men/; n -[n] napkin/næpk
ɪn/, never/nevə(r); p -[p] paper/peɪpə(r)/, person/pɜ:sn/; r
- [r] rain/re
ɪn/, red /red/, rise/raɪz/; t- [t] task/tα:sk/, tell/tel/; v - [v] vast/vα:st/,
vein/vein/; w - [w] wall/w
ɔ:l/, war/wɔ:(r)/
“C, g, h, q, s, x, z, va y” undosh harflari ikki va undan ortiq tovushlarni ifodalaydi,
masalan, C undoshi - center/sentə(r)/, cellar /selə(r)/, cinema /s
ɪnəmɑ:/, so’zlarda [s]
tovushini ifodalaydi, cake /ke
ɪk/, come /kʌm/ so’zlarida esa [k] tovushi bo’lib talaffuz
qilinadi [Iriskulov, 2007, p.221].
“g” undoshi uch xil tovushni ifodalaydi, game/geɪm/, gap /gæp/ so’zlarida “g”
undoshi [g] deb talaffuz qilinadi, “ mirage/m
ɪrα:Ʒ/, garage /gærα:Ʒ/” so’zlarida esa [Ʒ]
deb talaffuz qilinadi, “general/d
Ʒenrəl/, gin/dƷɪn/” so’zlarida [dƷ] tovushini ifodalaydi.
“h” undosh harfi [h] va [-] tovushlarini ifodalaydi. Hair/heə(r)/, help/help/
so’zlarida [h] tovushini beradi, “hour/aʊə(r)/, honor/ɒnər/” so’zlarida esa tallaffuz
qilinmaydi.
“q” (qu) undoshi [kw] va [k] deb talaffuz qilinadi. “quality/kwɒlətɪ/, question
/kwest
ʃən/” so’zlarida q undoshi [kw] bo’lib talaffuz qilinadi, “Unique/ju:ni:k/,
technique/tek’ni:k/” so’zlarida esa [k] tovushini beradi.
“s” undoshi bazi so’zlarda [s], bazilarida [z] deb talaffuz qilinadi. Masalan
Send/send/, simple/s
ɪmpl/ so’zlarida [s] tovushini ifodalasa, cause/kɔ:z/, present/preznt/
so’zlarida [z] tovushini anglatadi.
“x” undoshi uch xil talaffuzga ega, ya’ni [ks], [gz], [z]. [ks] tovushi quyidagi
so’zlarda ifodalangan: exercise/eksəsaɪz/, exchange/ɪk’stʃeɪndƷ/, va “exam/ɪgzæm/,
exact/
ɪg’zækt/ so’zlarida [gz] tovushini, Xerox /zɪərɒks/, xylophone/zaɪləfəʊ/ so’zlarida
esa [z] tovushi bo’lib talaffuz qilinadi.
25
“z” undoshi ham [z] va [ts] tovushlari bo’lib talaffuz qilinadi. Masalan:
zero/z
ɪərəʊ/, zoo/zu:/ so’zlarida [z] tovushini, pizza/pi:tsə/, Mozart/mɔ:tsært/ so’zlarida
esa [ts] tovushini ifodalaydi [Iriskulov, 2007, p.221].
Eslatma ingliz tilidagi “y” harfi ham unli ham undosh hisoblanadi. Bazida uni
yarim undosh tovush deb aytishadi. Undosh tovush bo’lib kelganda [i], [ai] deb talaffuz
qilinadi. Masalan : baby/be
ɪbɪ/, hurry/hʌrɪ/, so’zlarida [i] unli tovushini , by/baɪ/, try/traɪ/,
type/ta
ɪp/ so’zlarida esa [ai] unli tovushini ifodalaydi.
Y harfi undosh tovush bo’lib kelganda [j] tovush bo’lib talaffuz qilinadi.
Masalan: you/ju:/, yard/jα:d/, year/j
ɪə(r)/, yes /jes/.
Ingliz tilida b, c, d, g, h, k, l, n, s, t, w undosh tovushlari bazi so’zlarda kelganda
talaffuz qilinmaydi. Bunday tovushlarga mute consonantlar yani o’qilmaydigan undosh
deyiladi. Quyidagi so’zlarda buning guvohi bo’lishimiz mumkin [www.academia.edu].
Masalan: [b]- Climb /cla
ɪm/, [c]- muscle/mʌsl/, [d] -Wednesday /wendzɪ/
[g]- gnat /næt/, [h]-honest /
ɒnɪst/, [k]- knife /naɪf/, [c] - could /kəd/, [n]- autumn
/
ɔ:təm/, [s]- island /aɪlənd/, [t]- fasten /fα:sn/, [w] - wreck /rek/
Do'stlaringiz bilan baham: |