O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

 

 

 

 

 

 


11 

 

 



I bob. O’zbek  va ingliz tillarining konsonantlar sistemasi 

 

1.1 

Tilning tovushdagi tuzilishi: fonetika va fonologiya . 

 

Fonetika  deganda  eng  quyi  lisoniy  sath  ham,  tilshunoslikning  shu  sathni 

o'rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (grekcha  phonetikos -  “tovushga, ovozga 

hos”  ma'nosini  anglatadi)  tilshunoslikning  boshqa  sohalaridan  farqli    o'rganish 

manbaining funksional tomonininigina emas, balki nutq tovushini hosil qiluvchi talaffuz 

apparatini,  shuningdek,  ularning  akustik  xossasini  va  til  sohiblari  tomonidan  qabul 

qilinishini  ham  o’rganadi.  Fonetikada  tilshunoslikning  boshqa  fan  sohalari 

adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol 

namoyon bo'ladi [ Ирискулов, 2008, б.271].  

Fonetika  (grekcha  phone  –  “tovush  so’zidan  olingan.  Fonetika  tildagi  tovushlarni 

tekshiradi.  U tilning tovushlar sistemasi,  ularning tuzilishi,  bog’in va uning  tuzilishi va 

turlarini o’rgatadi. Shunga ko’ra fonetika tilshunoslikning alohida va mustaqil bir qismi 

hisoblanadi [ Dжусупов, 1991, б.85].  

Lisoniy satx sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa satxlar birliklari 

uchun  moddiy  asos  bo'luvchi  birlikni  beradigan  satx  sifatida  ajralib  turadi.    Insonning 

nutq faoliyati sezgi a'zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari  -  tovush yoki tovushlar 

tizimi vositasida ro'yobga chiqadi. Nutq tovushi o'zida uch jihatni birlashtirgan murakkab 

nutqiy birlik sifatida namoyon bo'ladi. Ular quyidagilar: 

 

a)  talaffuz  a'zolari  bilan  boshqariladigan  markaziy  nerv  sistemasi  maxsuli 



(fiziologik jihat): 

 

b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat): 



 

v)  kishilarning  axborot  uzatish,  kommunikasiya  vositasi  (funksional,  sotsial, 

lisoniy jihat). 



12 

 

 



 

Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati - uning funksional jihati. Tilshunoslikda 

aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o'rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir 

xillik yo'q.  Ba'zi mutahassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiyaning, akustik 

jihati  fizika  fanining  o'rganish  predmeti  bo'lib,  tilshunos  uning  faqat  funksional 

tomoninigina  tekshirishi  lozim  degan  fikrni  ilgari  sursa,  ayrimlari  har  uchala  jihat  bir-

biridan  ajralmas,  ularni  yaxlitlikda  o'rganmoq  kerak  degan  aqidaga  tayanadi.  Ana  shu 

qarashlar  kurashi  natijasida  tilshunoslikda  ikki  -  fonetika  va  fonologiya  sohalari  ajraldi. 

Natijada  fonetika  nutqiy  variant  (xususiylikni),  fonologiya  esa  lisoniy  invariant 

(umumiylikni) tadqiq qilish bilan mashg’ul bo'ladigan bo'ldi [Баскаков, 1979, б. 1979]. 

 

Fonetika nutqdagi tovush o'zgarishlari va almashinishini, urg’u va uning turini ham 



o'rganadi. 

 

Fonetikani  o'rganish  imlo  (orfografiya),  to'g’ri  talaffuz  (orfoepiya)  me'yorini 



yaxshi o'zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya 

va  surdopedagogikada  nutqiy  nuqson  diagnostikasi  va  uni  bartaraf  etishda  katta 

ahamiyatga  ega.  Fonetika  yutuqlari  aloqa  vositalarini  tekshirish  va  ular  samaradorligini 

oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim ro’l o'ynaydi [Абдуазизов, 1992, 

б. 189].  

 

Fonetika, avvalo, umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi. 



 

Umumiy  fonetika  inson  talaffuz  apparatining  imkoniyatidan  kelib  chiqqan  holda 

nutq tovushi hosil qilishning umumiy shartlari (masalan, hosil bo'lish o'rniga ko'ra lab, til, 

bo'g’iz  undoshlarining  farqlanishi,  hosil  bo'lish  usuliga  ko'ra  portlovchi,  sirg’aluvchi, 

portlovchi-sirg’aluvchi tovush hossalarining aniqlanishi kabilar), shuningdek, tovushning 

umumiy  akustik  hossalari  o'rganiladi.  U    qisman  artikulyatsion,  qisman  akustik  belgiga 

tayangan  holda  nutq  tovushining  universal  va  farqlovchi  belgilariga  tayanadigan  ichki 

tasnifini  berish  bilan  ham  shug’ullanadi.  Umumiy  fonetika  tovushning  birikish 

qonuniyatlari,  bir  tovushning  ikkinchisiga  ta'siri  xususiyatini  (akkomodatsiya  va 



13 

 

 



assimilyatsiyaning  turli  ko'rinishlari),  bo'g’inning  tabiati,  bo'g’inda  tovushning  birikish 

qonuniyati,  bo'g’inga  bo'linish  shartlari,  so'zlarning  fonetik  tuzilishi,  qisman  urg’u  va 

singarmonizm  masalalarini  ham  tekshiradi.  Umumiy  fonetika  intonasiya  uchun 

qo'llaniladigan vosita (tovush balandligi, kuchi (intensivligi), cho'ziqligi, tezligi (tempi), 

pauza, tembr kabi masalalarni ham tekshiradi [Абдуазизов, 1992, б. 189] . 

 

Xususiy  fonetikada  yuqorida  aytilgan  masalalar  muayyan  tillar  misolida 



o’rganiladi.  Xususiy  fonetika  tarixiy  va  muosir,  sinxron  va  diaxron,  tasviriy  va 

eksperimental kabi ko'rinishlarda ish yuritadi. 

 

Qiyosiy  fonetika  bir  nechta  qarindosh  yoki  qarindosh  bo'lmagan  tillarning  yoxud 



bir qancha dialekt va shevaning unli va undosh tovushlari, ulardagi fonetik o'zgarish va 

boshqa xodisalarni qiyosiy aspektda tekshiradi. 

 

Qiyosiy  fonetika  umumiy  va  xususiy  fonetika  oraliqidagi  vaziyatni  egallaydi  [ 



Зиндер, 1979, с. 312]. 

 

Fonologiya  (gr. phone  -  «tovush»,  logos –  “ta'limot”)  atamasi  tilshunoslikda  XIX 



asr  oxirida  nutq  tovushining  fiziologik-akustik  (fizik)  tomonidan  funksional  (lingvistik) 

tomonini  farqlash  ehtiyoji  bilan  paydo  bo'ldi.  Fonologiya  til  tovush  qurilishining 

strukturaviy    va  funksional  qonuniyatini  o'rganuvchi  soha  bo'lib,  semiotik  (ishoraviy) 

tizim  sifatida nutqni  akustik-artikulyatsion  jihatda  o'rganadigan  fonetikadan  farqlanadi  [ 

Баскаков, 1979, б.189]  

 

Fonetikaning    birligi  bevosita    kuzatishda    berilgan  nutq  tovushi  bo'lganligi  kabi, 



fonologiyaning  birligi  -  so'zlovchilarning  shu  bevosita  kuzatishda  berilgan  nutq  tovushi 

asosida yotgan tovush turi haqidagi ijtimoiy tasavvuri.  

         Tilshunoslik  fanida  tovush    va  fonema  tushunchalari  bir-biridan  farqlanadi.  Bu 

farqlanish  fan  uchun  juda  muhim  bolgan  xususiylik  va  umumiylik  munosabatini  aks 

ettiradi. Bevosita kuzatishda xususiyliklar sezgi a'zolari bilan his etiladi. Bir xususiylikni 

boshqa xususiylikka solishtirib,  mazkur xususiyliklar o’rtasida qanday o’xshash va farqli 




14 

 

 



tomonlar  mavjud  ekanligi  aniqlanadi.  O’xshash  jihatlari  asosida  har  qaysi  xususiylik 

ma'lum  umumiylikka  -  sinfga  birlashtiriladi.  Huddi  shuningdek,  inson  nutqiy  jarayonda 

bevosita  tovushlarni  eshitadi.    Fonema    tildagi  o'zidan  yuqori  bo'lgan  birliklarni,  ya'ni 

so'z, so'z  shakllari  va  morfemalarni  tashkil  etuvchi  va  ularni  farqlashga  xizmat  qiluvchi 

tilning  eng  kichik  birligidir,  Masalan,  [  i  ]  tovushi  til  oldi,  yuqori  ko'tarilishdagi, 

lablanmagan  unlilar  ichidan  bir  tovushni  ikkinchisidan  farqlovchilarini  hisobga  oladi.  

Shu  jihatdan  fonetika  va  fonologiya  bir  xil  terminlar  (  til  oldi,  til  orqa,  ochiq,  yopiq, 

lablangan,  lablanmagan, portlovchi, sirg'aluvchi  va boshqalar)  bilan ish tutadi. Agar bu 

terminlar  fonetik  jihatdan  tovushlarning  umumiy  xususiyatlariga  tegishli  bo'lsa, 

fonologiya  uchun  bu  terminlar  fonemalarni  bir-  birlariga  qarama-qarshi  qo'yganda,  farq 

qiluvchi  farqlanish  elementlari  sifatida  qaraladi.  Fonema  tildagi  o'zidan  yuqori  bo'lgan 

birliklarni, yani so'z, so'z formalari  va morfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlashga  

xizmat  qiluvchi  tilning  eng  kichik  birligidir.    Masalan  o'zbek  tilidagi  “  bir-bar-ber-bur-

bo'r-bor”  so'zlarini farqlashda  ular tarkibidagi unli fonemalar xizmat qiladi. Ingliz tilida 

esa, masalan; ben-ten -pen-men-red-bed-led so'zlarini farqlashda  ular tarkibidagi undosh 

fonemalar  hizmat  qiladi.    Bunday  ma'lum  o'rinda  bir  fonemaning  ikkinchisiga  qarama-

qarshi  qo'yilishini  namoyon  etuvchi  so'zlar  (“  bur-bor”yoki  inglizcha  “led-bed”  kabi) 

kvaziomonimlar ( L.V. Sherba termini) yoki minimal juftlikdagi so'zlar deyiladi. Odatda 

tildagi  fonemalar  soni  kvaziomonimlar  yordamida  aniqlanadi  va  bunda  bir  yo'la  bir 

fonemaning  ikkinchisiga  qarama-  qarshi  qo'yish  orqali  ularning  farqlanish  elementlari 

tasnif  etiladi.  Masalan:  “tol-sol”  va  ingliz  tilida  “tend(chodir)-send(jo'natmok)” 

so'zlaridagi  ikki  fonema    |t|  va  |s|  portlovchi  sirg'aluvchi  farqlanish  elementlariga  ega. 

Ularning  har  ikkisi  ham  til  oldi,  jarangsiz,  shovqinli  undoshlardir  va  bu  alomatlari 

farqlanmovchi elementlar deyiladi [ Зиндер, 1960, с.190].  

Ana 

shu 


birlashtiruvchi 

belgilar 

ma'lum 

xususiylikni 

umumiyliklarga 

birlashtirishga yordam beradi.  Umumiylik so’zlovchi va tinglovchilar hotirasida mavjud 




15 

 

 



bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  bu  umumiylik  turlicha  talaffuz  qilinishiga  qaramasdan, 

so’zlovchi va tinglovchilar  o’rtasida bir xil tushunishga olib keladi. 

        Nutq  jarayonida  real  talaffuz  qilingan,  quloq  bilan  eshitiladigan  eng  kichik  va 

boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. 

        Bevosita  kuzatishda  bir  nechta  tovushlar  orqali  talaffuz  qilinuvchi  so’z  va  uning 

ma'noli  birliklarini  shakllantirish  va  farqlash  vazifasini  bajarishga  xoslangan,  ketma-

ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. 

Masalan, tosh - tom suzlarini [sh] va [m] undosh tovushlari farqlaydi. Demak, [sh] va [m] 

alohida-alohida fonemalardir. Yoki tosh  - tesh zidligida [o] va [e]; tosh  - qosh zidligida 

[t]  va  [q]  ma'noni  farqlash  uchun  xizmat  qiladi,  shuning  uchun  ular  ham  mustaqil 

fonemalar  sanaladi.    Ingliz  tilida  esa  “tribe  (kabila)-tripe(korin),  “praise(tasanno)  - 

braise(pishirmok)”  so'zlaridagi  [t]  ,[p]  va  [p],  [b]  mustaqil  fonemalar  ma'no  farqlash 

uchun xizmat qiladi [Зиндер, 1960, с.190]. 

Ko’rinadiki, bir fonema bir necha tovushlar orqali ro’yobga chiqadi. Fonemalarni 

sanash  mumkin.,  ammo  ular  ishlatilishida    cheksiz  ko’rinishlarga  ega  bo’ladi.  Bu  esa 

tovushlar miqdorining cheksiz ekanligini ko’rsatadi.  

Fonemalar  ikki  va  undan  ortiq  ma'noli  birliklarni  bir-biriga  zidlash  orqali 

aniqlanadi.  Ular  so’zlarning  tarkibida  muayyan  tartibda  keladi    va  ularni  moddiy 

tomondan  shakllantiradi.  Bunda  so’z  tarkibidagi  fonemalarning  joylashish  tartibi  katta 

ro’l o’ynaydi. 

Fonemalar  ham  sanoqli  til  birligidir,  lekin  ularni  xilma-xil  tartibda  joylashtirish 

orqali cheksiz so’zlar hosil qilinadi. Masalan, sut, tus, ust suzlarining  hammasi uchta bir 

xil  tovushlarning  turlicha  ketma-ket  joylashuvidan  tashkil  topgan.  Garchi  yuqoridagi 

so’zlarning  tovush  tarkibi  bir  xil  bo’lsa  ham,  lekin  ular  turli  tartibda  joylashib  uchta 

so’zning ifoda tomonini hosil qiladi [ Зиндер, 1979, с.312]. 



16 

 

 



Demak,  so’zlarning  moddiy  tomoni  uchun  uning  nechta  fonemadan  tashkil 

topganigina  emas,  balki  ularning  qanday  tartibda  joylashganligi  ham  katta  ahamiyatga 

ega. 

Har bir fonema kishi ongida umumiy farqlovchi xususiyati asosida vujudga kelgan 



maxsus  «akustik  portret»  yoki  «tovush  obrazi»  sifatida  yashaydi.  Bu  farqlovchi  belgi 

tovushning artikulyatsion va akustik belgisi asosida vujudga keladi va barqarorlashadi.  

 

Boshqa  lisoniy  birliklar  kabi  fonema  ham  paradigmatik  va  sintagmatik 



munosabatlarda yashaydi. Bu vaziyat  fonologik paradigmatika va fonologik sintagmatika 

deyiladi. 

 

O'zaro  qarama-qarshi  belgiga  ega  bo'lgan,  biroq  umumiy  belgilari  asosida 



birlashgan  bir  turdagi  fonemalar  sirasi  fonologik  paradigma,  fonemalarning  o'zaro 

munosabati fonologik paradigmatik munosabat deb ataladi.  

 

Fonologik paradigmaning markazida fonologik ziddiyat turadi. Fonologik ziddiyat 



fonemaning farqli belgilarini o'zida ifodalaydi. Masalan, undosh tovushlar - og'iz  bo'g'iz 

bo'shlig'ida  turli  to'siqlarga  uchrab  paydo  bo'ladi,  tarkibi  ovoz  va  shovqindan    iborat 

tovushlar.  Ularning  talaffuzida havo oqimi sirg'alib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi 

un  paychalarini  titratib  yoki  titratmay  o'tadi.  Natijada  turli  jihatdan  bir  biridan  farqli 

undosh  tovushlar  hosil  bo'ladi.  Bu  undosh  tovushlarga  berilgan  ummumiy  tasnif  edi. 

O’zbek  tilida  undosh  tovushlar  soni  23ta  bo'lsa  ingliz  tilida  undosh  tovushlar  soni  24ta 

[Abduazizov, 2007, b.256] .     

Tilshunoslikda fonologik ziddiyatning har hil tur va ko'rinishlari farqlanadi. Taniqli 

rus  tilshunosi  N.S.Trubeskoy  «Fonologiya  asoslari»  asarida  fonologik  ziddiyatni  uch 

belgiga ko'ra tasniflaydi: 

 

1.  Fonologik  ziddiyatning  ziddiyat  tizimiga  munosabatiga  ko'ra  tasnifida  ziddiyat 



bir o'lchovli va ko'p o'lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga bo'linadi. Bir o'lchovli 

ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [b]  va [p] fonemalaridan biri 




17 

 

 



jarangli  va  ikkinchisi  jarangsiz  bo'lib,  bunda  ular  bir  belgi  -  «jaranglilik»lik  hossasiga 

ko'ra qarama-qarshi turadi. 

 

Ko'p o'lchovli ziddiyatda ziddiyat a'zolari birdan ortiq  belgi asosida qarama-qarshi 



qo'yiladi:  [m]~[n]  ziddiyatida  [m]  yopiq  va  lablangan  bo'lsa,  [n]  yarim  yopiq, 

lablanmagan. 

 

Muntazam  ziddiyatda  qarama-qarshi  turuvchi  a'zolar  o'zaro  o'ziga  hos  belgilar 



asosida  qarama-qarshi  qo'yiladi:  «[m]-tor~  [n]-orta»  zidlanishi  muntazam  zidlanish. 

Bunda [m] fonemasi «tor»lik, [n] fonemasi «o’rta»lik belgisiga ega. «[m] (tor)~[n] (tor 

emas)»  zidlanishi  esa  muntazam  emas.  Chunki  birinchi  a'zoda  ziddiyat  belgisi  aniq, 

ikkinchi a'zoda aniq emas. Agar ikkinchi a'zoning ziddiyatdagi belgisi «o’rta» bo'lganda 

edi, ziddiyatni muntazam ziddiyat deyish mumkin bo'lar edi [ Tranka, 1968, p.32]. 

 

Bir  belgining  bo'linishlari  asosida  zidlanish  ajralgan  zidlanish  deyiladi.  quyidagi 



ikki zidlanishga diqqat qiling:  

     1) «lablanganlikka ko'ra»                               v) «o’rta va torlikka ko'ra» 

 

  

      [m]                               [n]                            [n]                         [m]  



(lablangan)               (lablanmagan)                 (o’rta)                   (tor) 

Birinchi zidlanishda ziddiyat belgisi bo'lingan, ajralgan, ikkinchida esa bunday hol 

mavjud emas; 

2) a'zolari o'rtasidagi munosabatga ko'ra ziddiyat tasnifi. Bunga ko'ra, privativ (noto'liq), 

gradual (darajali), teng qiymatli ziddiyatlar ajratiladi. 

 

Birinchi tasnifda ziddiyat belgisi harakteriga ko'ra ziddiyat turlari ajratilgan bo'lsa, 



ikkinchi  tasnifda  fonemalarning  ziddiyat  a'zolariga  munosabatiga  ko'ra  tasnifi  amalga 

oshiriladi. 




18 

 

 



3) 

barqarorlik  darajasiga  ko'ra  zidlanishlar  barqaror  va  barqaror  bo'lmagan  turga 

bo'linadi.  Barqaror  zidlanishda  fonemalar  qanday  nutqiy  vaziyatda  bo'lishidan  qat'iy 

nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi. 

        Shunday    qilib,  tilshunoslikning    tillar  tovush    sistemalarini  o’rganuvchi  ikki  ilm  - 

fonetika va fonologiyaning harakatda bo’lishi yangi tadqiqot va nazariyalarning vujudga 

kelishiga  sababchi  bo’ldi  va  eng  muhimi  tillarga  o’qitishning  metod  va  uslublarini 

boyitdi.   




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish