O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti


  O’zbek tilining konsonantlar sistemasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

 

 

1.3 

O’zbek tilining konsonantlar sistemasi 

 

 Undosh  tovushlarning  hosil  bo’lishida  bo’g’iz  bo’shlig’i,  og’iz  bo’shlig’i  va  til 

muhim  ahamiyatga  ega.    O’pkadan  chiqayotgan  havo  xuddi  mana  shu  joylarda  turli  xil 

to’siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo’lishi uchun 

yetarli  shart-sharoitlar  yaratiladi.  Ba’zi  hollarda  esa  unga  jarang  ham  qo’shiladi.  

Masalan,  “b”  undoshining  talaffuzida  o’pkadan  chiqayotgan  havo  lablar  to’sig’iga 

uchraydi. “p” undoshining hosil bo’lishida ham shunday holat bor, lekin uning “b” dan 

farqi talaffuzida jarang ishtirok qilmaydi [Nurmonov, 2013, b.586].    




26 

 

 



Undoshlar  odatda  paydo  bo'lish  o'rinlari  va  paydo  bo'lish  usullariga  ko'ra 

tasniflanadi. Undosh tovushlar: 

a) tovush paychalarining harakat va holatiga ko'ra:  

- jarangli va jarangsiz ; 

b) nutq organlari ishtirokiga ko'ra:  

- lab, til oldi, til o'rta, til orqa va bo'g’iz; 

v) artikulyatsiya (paydo bo'lish) usuliga ko'ra:   

- portlovchi, sirg’aluvchi, titroq, qorishiq bo'ladilar. 

  

Tovush paychalarining harakat va holatiga  ko'ra undoshlar  jarangli  yoki  jarangsiz 



bo'lishlari  mumkin.    Jarangli  undoshlarni  hosil  qilishda  tovush  paychalari  taranglashadi 

va ular o'rtasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini biroz titratib 

o'tadi. Masalan: [ b], [v], [z], [d], [j], [g], [g’] kabi.    

Jarangsiz undosh tovushlarni hosil qilishda esa tovush paychalari taranglashmaydi 

va ular o'rtasidagi keng oraliqdan  chiqayotgan havo oqimi hech qanday to'siqsiz, tovush  

paychalarini  titratmay  o'tadi.  Masalan:  [p],  [f],[  s],  [t],  [sh]  kabi  [Nurmonov,  2013, 

b.586].               

Faqat   shovqindangina  iborat bo'lgan undoshlar: 

- jarangsiz  tovush va shovqinga ovoz qo'shilishidan hosil bo'lgan undoshlar esa jarangli 

undoshlar deyiladi.  Ba'zi undoshlar hosil qilishda ovoz shovqinga nisbatan ustun bo'ladi. 

Bunday undoshlar sonorlar deyiladi.    

O’pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq organlarining qayerida to'siqqa uchrashiga 

qarab, undoshlar quyidagi turlarga bo'linadi:  

a)    lab  undoshlari  -  ularni  hosil  qilishda  jipslashib  turgan  lablar  havo  oqimining  zarbi 

bilan ochiladi. 

 1.  Lab  undoshlari  pastki  labning  yuqori  lab  yoki  tishlarga  jipslashuvi  yoki 

yaqinlashuviga ko'ra ikki turli bo'ladi: 



27 

 

 



a)  lab-lab  (bilabial)    undoshlar  -    ikki  lab  orasida  portlash  yo'li  bilan  hosil  bo'ladi, 

masalan, [b], [p], [m];     

b) lab - tish undoshlari - pastki lab bilan yuqori tishlar orasida hosil bo'ladi, masalan,[ f ] 

va sirg’alish yo'li bilan hosil bo'ladi, masalan, [v]kabilar. 

2.Til  undoshlari:  a)    til  oldi  undoshlari  tilning  uchi  va  old  qismining  harakati 

natijasida hosil bo'ladi, masalan, [d], [t], [s], [z], [sh], [j], [ch], [n], [l], [r] kabi; 

b) til o'rta undoshi  tilning o'rta qismining tanglayga yaqinlashishi natijasida hosil bo'ladi, 

masalan[ y]; 

c)  til  orqa  undoshlari  tilning  orqa  qismining  yumshoq  tanglayga  jipslashishi    yoki 

yaqinlashishi  natijasida  hosil  bo'ladi.    Til  orqa  undoshlari  ikki  xil  bo’ladi:  1)  til  orqa- 

[k],[g], [ng]; 2) chuqur til orqa [q], [x], [g’] tovushlari; 

3.  Bog’iz  tovushi  tovush  paychalarining  o'zaro  yaqinlashishlari  natijasida  hosil 

bo'ladi, masalan,  [h]. 

Agar havo jipslashgan nutq o'rganlaridagi to'siqni yorib, portlash yo'li bilan chiqsa, 

portlovchi tovushlar  hosil bo'ladi.  Bu portlash nutq o'rganlarining turli yerida  yuqori va 

pastki lablar, til va tishlar, til va qattiq tanglay orasida bo'lishi mumkin, masalan: [ p], [b], 

[t], [d], [k], [g], [j], [q], [m], [n], [ng]  kabi[Nurmonov, 2013, b.586].  

Nutq  o'rganlarining  bir  biriga  juda  yaqinlashishi  natijasida  havo  oqimi  chiqishi 

uchun  juda  tor  oraliq  qolib  havo  oqimi  o'zaro  yaqinlashgan  ikki  organ  oralig’idan  

ishqalanib  o'tsa, sirg’aluvchi  tovushlar paydo  bo'ladi, masalan:    [f],  [v],  [z],  [s],  [y],  [r], 

[l], [sh], [g’], [x], [h] kabi [Jalilov, 2011,84]. 

         Hosil  bo'lish  usuliga  ko'ra  nutq  o’rganlarining  asosan  bir  yerida  paydo  bo'lgan  bir 

portlovchi va bir sirg’aluvchi tovushni o'z ichiga olgan va ajratilmay aytiladigan qorishiq 

tovushlar bir fonemani bildiradi, masalan: [ ch](tsh), [j(dj)]. 

Havo  oqimining  burun  bo'shlig’i  orqali  o'tishi  natijasida  burun  tovushlari  hosil 

bo'ladi, masalan; [m], [n], [ng]. 




28 

 

 



Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra undoshlar jarangli va jarangsiz undoshlarga 

ajraladi.  

a)  Jarangli undoshlar: [b], [v], [g], [d], [z], [j], [y], [g’], [l], [m], [n], [ng], [r]. 

b)  Jarangsiz undoshlar: [p], [f], [k], [t], [s], [ch], [sh], [q], [x], [h]. 

Shuningdek  ,  havo  oqimi  tilning  yonidan  o'tishi  natijasida  yon  tovush  [l],  til  uchining 

qattiq  tanglayga  muntazam  urilib  turishidan  titroq  tovush  [r]  hosil  bo'ladi  [Jalilov, 

2011,84]. 

  

O’zbek  adabiy tili undoshlar sistemasida 23 fonema bordir. Ammo o'zbek tilining 



ayrim  shevalarida  masalan;  Qipchok,  Qozoq,  Nayman,  Farg’ona  Qoraqolpoq,  shimoliy 

Xorazm  shevalarida  undoshlar  soni  -24;  ularda  maxsus  [x]  fonemasi  bo'lmay,  u  asosan 

[k] tovushi orqali ifodalaniladi xotin-qatin, xat-qat. 

Ba'zi  shevalarda  undosh  fonemalar  soni  ko'p  bo'lshi  ham  mumkin.  Bu  ayniqsa 

“a”lovchi shevalarning “y”lovchi gruppasida uchraydi. 

Hozirgi  zamon  o'zbek  adabiy  tilida  [f],  [v],  [p],  [b],  [m]  tovushlari  lab 

undoshlaridir. Bulardan [f] va [v] undoshlari, ular, asosan, lab-tish  tovushlar hisoblanadi. 

Masalan: daftar, farq, farmon. 

|f| fonemasi ko'pchilik o'zbek shevalarida kam ishlatiladi, so'zdagi holatiga ko'ra  |p|  

kabi talaffuz qilinadi( fabrika o'rniga pabrika kabi). O’zbekcha v(=w) ko'pchilik hollarda 

ikki lab orasida, tishning ishtirokisiz talaffuz etiladi. Masalan: vaqt, quvvat, varak. 

Undosh  [p]  va  [b]  odatda    lab-labdan  hosil  bo'ladigan  sirg’aluvchi  tovushlar.  

Shuning  uchun  ham  ba'zi  bir  holatlarda  portlovchi  lab  tovushlarini  shu  xil  sirg’aluvchi 

lab tovushlaridan farqlash qiyin bo'ladi,  [b] tovushi so'z ohirida  jarangsizlashadi va [p] 

tovushiga yaqinlashadi: kitob(kitop), javob(javop) va hakozo. 

 Ko'pchilik  o'zbek  shevalarida  so'z  o'rtasida  unlilar  orasida  [b]  tovushi  [v] 

tovushiga aylanadi(b>v): xabar(xavar). 



29 

 

 



            [ch] tovushi,  til oldi portlovchi [t, d] tovushlaridan oldin kelganda [sh] tovushiga 

o'tish xolati uchraydi (ch>sh) uchta qalam (ushta qalam), suv ichdi (suv ishdi).      

Burun va  lab tovushi  [m]  talaffuziga ko'ra  inglizcha  [m]  tovushiga  mos  keladi va 

hamma vakt bir xil o'qiladi. Masalan; mumkin, kelmoq. 

Sonor [n] tovushi ko'pchilik shevalarda b bilan boshlanadigan so'zdan oldin kelsa, 

[m] ga o'tadi (n>m). Masalan:  o'n besh- o'mbesh, o'n bir-o'mbir. 

Bundan  tashqari  n  bilan  tushagan  so'zlarga  jo'nalish  kelishigi  qo'shimchasi 

qo'shilganda n tovushi ng ga o'tadi (n>ng). Masalan; senga-sengga.  

[ng]  tovushi  til  orqa  burun  tovushi  bo'lib,  ingliz  tilidagi    ng  burun  tovushiga 

yaqinroqdir. Masalan;  keng, bering. Bu tovush so'z boshida uchramaydi.  

[q]  tovushi  chuqur  til  orqa  portlovchi  tovush  bo'lib,  til  o'zagining  ishtiroki  bilan 

talaffuz  qilinadi.  Masalan  qo'l,  qachon,  qizil,  qalam.  Jonli  tilda  q  fonemasi  sirg’aluvchi 

[x] ga moyil bo'lishi mumkin; qirq - (qirx), chiqdi - (chixti). 

|x|  fonemasi  chuqur  til orqa  sirg’aluvchi  [q]  fonemasining  spiranti hisoblanadi;  talaffuzi 

ruscha  [x]  tovushiga  qaraganda  chuqurroq  bo'lib,  bu  tovush  kichik  tilning  til  o'zagiga 

tegishidan hosil bo'ladi. Masalan paxta, xabar, xat[Jalilov, 2011,84]. 

     |g’| fonemasi  chuqur til orqa  sirg’aluvchi tovushdir.  Masalan: tog’, g’oz, tag’in. 

     [h]    tovushi  bo'g’iz  tovushi  bo'lib,  ingliz  tilida  “hike”  so'zidagi  h  tovushiga  to'g’ri 

keladi. Masalan: hamma, ham, har. 

       Shunday qilib, o'zbek tilida undosh tovushlar jami  23 ta harf bilan ifodalanadi: [ b],[ 

v], [g], [d], [j] (vijdon), [j] (jo'ja), [z], [y], [k], [l], [n], [p], [r], [s], [t], [f] (bu tovush arab-

fors  tili  ta'sirida  paydo  bo'lgan),  [x],  [ch],  [sh],  [k],  [g’],  [h],  [ng  (tong  so'zidagi  oxirgi 

tovush ikkita harf birikmasi ng bilan yoziladi)].  


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish