62
3.2 Ingliz tili fonetikasi dasturlari, darsliklari va o’quv qo’llanmalarining tahlili
O’zbek auditoriyasi talabalarini ingliz fonetikasiga o’qitish bo’yicha o'quv
dasturlari tahlili quyidagi asosiy masalalarni aniqlashni maqsad qilib oladi:
- namunaviy dasturlarda ingliz tili mashg’ulotlarida talabalarda shakllantirilishi
lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar hajmining belgilanganligi;
- darsliklarga kiritiladigan o'quv materiallarining ( mashqlar , testlar, matnlar
va b. ) talabalarning ingliz fonetikasini to’liq o'zlashtirishga mo'ljallanganligini
aniqlash;
- darsliklarda joy berilgan materiallarda o'rganilayotgan til sohiblarining nutq
alohidaliklarini ( fonetik birliklarni ishlatilishiga doir) ko’rsatib berish;
- o'quv dasturining asosiy ko'rsatmalarining darslik va o'quv qo'llanmalarda
ro'yobga chiqarish holatlarini aniqlash;
Dasturning birinchi qismi talabalarga lisoniy vositalarni qo'llanishda zarur
bo'lgan til birliklarini o'rgatish vaziyatlari , ushbu til vositalarining ularning
ijtimoiy - madaniy va o'quv - ilmiy faoliyatida qanchalik ahamiyatli ekanligini
ko'rsatib bergan.
Dasturning ikkinchi qismida o’zbek auditoriyasi talabalariga ingliz tilini
o'qitishning mazmuniy jihatlari bo'yicha fikr berilib, mazkur dasturda talabalar
o'zlashtirgan lisoniy materialning ularning nutq faoliyatini amalga oshirish
vaziyatlari hamda o'quvchilarda shakllantirilishi kerak bo'lgan bilim va
ko'nikmalar haqida so'z yuritiladi.
Dasturda fonetika bo'yicha o'quv materiallari asosan ijtimoiy - madaniy
mavzu va vaziyatlar inobotga olinib tanlangan so’zlar leksik - mavzuviy guruhlarda
berilgan.
63
Shuni aytib o'tish lozimki , dasturning ushbu qismlarida keltirilgan vazifalar
zamonaviy filologik ta'limning asosiy talablariga rioya qilgan holda ko'rsatib
berilgan. Fonetika bo’yicha dasturning tahlili shuni ko'rsatadiki , uning mazmunida
tilshunoslikning ushbu sathiga oid mahsus atamalarni qo'llashga katta ahamiyat
berilgan. Fonetik materialni o'qitishda mavzuiy lug'atlar tuzish va ularni
darsliklarga kiritish yo'llari ham belgilangan.
Dasturning ijodiy tomonlarning birsi shuki, unda o'qitishning asosiy uslubi
qilib zamonaviy lingvodidaktikada katta ahamiyat berilgan kommunikativ usul tavsiya
etilgan.
Namunaviy dasturning uslubiy tavsiyalariga bag'ishlangan qismida ushbu
predmetning talabalarga hayotidagi barcha faoliyatlarida muloqat madaniyatini
shakllantirish , asosan egallayotgan kasbi bo'yicha nutqiy malakalarini
rivojlantirish omillari ham juda aniq ko'rsatib berilgan.
Namunaviy dasturning yana bir ijobiy tomoni uning zamonaviy tilshunoslik
va horijiy tillar o'qitish metodikasining eng so'ngi yutiqlarini ingliz tiliga
o'rgatishda qo'llash yo'llarining ham nazarda tutilganidadir.
Hozirgi paytda ingliz tilini davlat ta'lim tizimida va xususan filologik oliy
ta'lim muassasalarida darslar o'tilishida quyidagi darsliklardan foydalaniladi: “
English Phonetics” va “ Практический курс английского языка”
O’quv jarayonida darsliklarning tutgan o'rni juda ahamiyatlidir. Ammo
ularning zamon talablariga, tahsil olayotgan yoshlarning yuqori malakali mutaxassis
bo'lib chiqishi kabi zarurliklarga mos kelish darajasi ham yuqori bo'lishi lozim. Shu
asnoda mazkur vazifalarning darsliklarda amalga oshirilishi bo'yicha taxlillar yaxshi
natijalarga olib kelishi kerak. Xususan , “ English Phonetics” va “ Практический
курс английского языка” darsliklari oliy ta'lim muassasalari 1-2-3- bosqich
talabalarini o'qitishga mo'ljallangan .
64
1. « Практический курс английского языка » darsligining asosiy maqsadi
o'quvchilarning ingliz tili bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini ingliz tilidagi
qoidalar asosida hamda maxsus matnlar negizida shakllantirish va rivojlantirish
qilib olingan. Bu darslik uch qismdan iborat bo’lib birinchi va uchinchi qismlarida
fonetikaga doir mashqlar va misollar keltirilgan. Birinchi qismi o’n bitta darslikdan
iborat bo’lib shulardan beshta darsda undosh tovushlarning o’qilish qoidalariga doir
mashqlar keltirilgan. Birinchi darslikda ingliz tili [k, g, t, d, n, s, z, θ, ð, p, b, m]
undoshlarining o’qilish qoidalari va mashqlar berilgan. Ikkinchi darsda ingliz tili [ l, f,
v, j] undosh tovushlarining o’qilish qoidalari va mashqlar keltirilgan. To’rtinchi va
beshinchi darsda ingliz tili [ h,
ʃ, Ʒ] va [ w, ƞ, r] undosh tovushlarining tasnifi va o’qilish
qoidalariga mashqlar berilgan. Oltinchi darsda esa [t
ʃ, dƷ] ingliz tili undosh tovushlariga
doir misollar berilgan [Аракин, 2004, с535].
Darslikda auditoriya mashg’ulotlari uchun mavzular va mustaqil ishlar
bo'yicha topshiriqlar joylashtirilgan. Har bir mavzu bo’yicha nazariy va amaliy
ishlar turlari va lisoniy qoidalar hamda shu qoidalarga asoslangan misollar keltirilgan,
mashqlar, topshiriqlar va savollar kiritilgan. Mavzu so'ngida berilgan topshiriqlar uch
bosqichni ko'zda tutadi. Ularning birinchi bosqichidan topshiriqlar fonetik qoidalar
matni asosida mavzuni mustahkamlashga qaratilgan. Ularda taklif etilayotgan o'quv
materiali bilan dastlabki tanishish va uni o'rganishni chuqurlashtirish uchun
quyidagicha misollar berilgan. Masalan,
1-Mashq. So’zlarni o’qing va eslab qoling.
d
ɪd sɪt sɪtɪ ɪt pɪt - bɪd nɪt – net
d
ɪg nɪt kɪtɪ ɪz pɪn – petɪ penɪ - tedɪ
k
ɪd sɪk tɪkɪt ɪn pen – ben benɪ - penɪ
s
ɪn kɪs gɪdi penɪ - tedɪ
65
misolida ingliz so'zlarini fonetik tomondan taxlil etish talab etiladi. Bu misollar
esa talabaning taklif etilayotgan materialni mantiqiy anglagan holda bajarishiga
yo'naltirilgan [Аракин, 2004, с535].
Topshiriklarni bajarishning ikkinchi bosqichida shu mavzuga doir
materialni bir - biriga bog'lash orqali mashqlar tuzish va hosil qilish ko'nikmalarni
paydo etishga mo'ljallangan. Topshiriklarda bajarishning uchinchi bosqichida esa
talabalarning o'quv materiallarni o'zlashtirishini nazoratiga yo'naltirilgan. Bu erda
shu mavzuga doir savollar berilgan. Natijada shuni aytish mumkinki, taxlil etilgan
darslik o'quv dasturining talablariga to'liq javob beradi va xozirgi paytda ingliz tili
fonetikasi bo'yicha bilim berishni amalga oshirish uchun tegishli qo'llanma bo'la
oladi.
2. “English phonetics” (Iriskulov M. va Shatunova A.) darsligi to’rta bobdan iborat
bo’lib, uning birinchi va ikkinchi boblari tovushlar klassifisatsiyasiga ajratilingan.
Birinchi bob uchta bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda ingliz tili harflarining o’qilish
qoidalari va mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar, savollar va test berilgan. Ikkinchi
bo’limida unli tovushlar klassifikatyasi, o’qilish qoidalari, mavzuni mustahkamlash
uchun mashqlar berilgan. Uchunchi bo’limda undosh tovushlar klassifikatsiyasi o’qilish
qoidalari, va mavzuni mustahkamlash uchun o’n beshta mashqlar, test va savollar
berilgan. Bu bo’limda undosh tovushlar uchun quyidagi mashqlar keltirilgan.
2- Mashq . So’zlarni takrorlang.
[p] [b] [t] [d] [k] [g]
Pay back talk dance kind give
Park buy table date cook gate
Page better tourist disco coffee guess
Purple borrow tidy dollar colour going
66
Postman business tennis different kitchen garden
Mana shu kitobda yana consanant klasterga misollar keltirilgan va bunday mashqlar
talabalarni to’g’ri talaffuzini shakllantirishda yordam beradi. Konsanat klaster ikki yoki
uch undosh fonemalardan tashlik topgan boladi. Masalan, “spell” so’zi ikkita consonant
klaster [sp] bilan boshlanadi, “against” so’zi esa [nst] undosh fonemalari bilan
tugallanadi. Bunday vaziyatga konsonant klaster deyiladi [Iriskulov, 2007, b 221].
Berilgan so’zlardan konsonant klasterlarni toping va tagiga chizing.
1. So’zlarni takrorlang . Tovushlarning talaffuziga etibor qarating konsonant
klasterlarning tagiga chizing.
1. Blue /blu:/ 2. bring /bri
ƞ/ 3. Cloudy/klaʊdɪ/
black /blæk/ bread /bred/ clearly /kliərl
ɪ/
blood /bl
ʌd/ Britain /britn/ clean /kli:n/
blanket /blæ
ƞkit/ bridge /bridƷ/ clock /klɒk/
blouse /bla
ʊz/ brother/brʌðə(r)/ clothes/kləʊðz/
“ English Phonetics” va “ Практический курс английского языка” darsliklari oliy
ta'lim muassasalarining 1-2-3 bosqichlaridagi barcha guruxlari talabalariga dars
berishga tavsiya etilgan. Darslikning maqsadi talabalarning ingliz tilini ijtimoiy-
siyosiy, o'quv-kasbiy va ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-kasbiy va ilmiy faoliyat yuritishga
lozim bo'lgan ko'nikma va malakalarni yuzaga keltirishdir. Darslik uch qismiga
ajratilgan. Uning birinchi qismida matnlarni o'zlashtirish, ikkinchi qismida fonetik
(talaffuzni shakllantirish uchun) material ustida ishlash, uchinchi qismida esa
talabalarning ko’nikmalarining nazorati bo’yicha savol va topshiriqlarga joy berilgan.
Darslikning qulayliligi shundaki, ularda talabalarning fonetika va fonologiyaga oid
bilimlarini chuqurlashtirishi uchun ingliz tilida matnlar, misollar, mashqlar va
topshiriqlar berilganligi va shu orqali chet tilini o'rganishni ancha yengillashtirishi
aniqdir [Iriskulov, 2007, b 221].
67
Tahlilning so’ngi qismi O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti o’zbek
auditoriyasida 1-kurs talabalarining ingliz tili konsonantlarini qay darajada tog’ri talaffuz
qilishini aniqlash uchun 2ta guruhdan kichik ekspriment o’tkazildi va quyidagi natijalarga
erishildi (1-shakl).
1-shakl. O’zbek auditoriyasi 1-kurs talabalarining ingliz tili konsonantlarini to’g’ri
talaffuz qilish darajasi.
Talabalar soni
( 1- kurs)
Keltirilgan so’z-
lar soni
Javoblar soni
To’g’ri javoblar
soni
Noto’gri javob-
lar soni
25
25
625= 100%
380=60.8%
245=39.2%
Eksprementdan shunisi ma’lum bo’ldiki, o’zbek auditoryasida talabalar ingliz tili
konsonantlarini to’g’ri talaffuz qilish darajasi qoniqarli emas. Bu masalani bartaraf
etishda ingliz tili undosh tovushlarining talaffuziga ko’proq etibor berilsa maqsadga
muvofiq bo’lar edi. Yuqorida keltirilgan o’quv qo’llanmalarida ingliz tili
konsonantlarining o’qitish talaffuziga kam ahamiyat berilgan. Ushbu muamoni bartaraf
etish uchun maxsus fonetik mashqlar tizimini yaratish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, predmeti bo'yicha tavsiya etilgan dastur , darslik va o'quv -
uslubiy qo'llanmalari taxlil qilinib, o'rganib chiqildi. Bu dastur, darslik va o'quv -
uslubiy qo'llanmalari tahlili mazkur ta'lim hujjatlarining zamonaviy lingvodidaktika
va tillar o'qitish metodikasi talablariga to’liq javob beradiganligini ko'rsatadi. Bu
dastur , darslik va o'quv - uslubiy qo'llanmalar oliy ta'lim muassasalarida filologiya
yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning ingliz tilini yaxshi o'zlashtirishiga jiddiy
yordam beradi va kelajakda yuqori darajali mutaxassis bo'lishlari uchun
ko'maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |