2.3 O’zbek va ingliz tillari konsonantlar sistemasidagi farqlardan kelib chiquvchi
tovush interferensiyasi
O’zbek va ingliz tillari konsonantlar sistemalarini qiyosiy o’rganish tillaro fonetik
interferensiyaning vujudga kelishini belgilab beradi. Bu yerda hosil bo’ladigan xatolarni
ham aniqlash mumkin.
O’zbek auditoriyasi talabalarining ingliz tilidagi nutqida quyidagi xatolar bo’ldi.
1) Ingliz tili undoshlarining akusstik xususiyatlariga oid.
Ingliz tili konsonantlarining akustik xususiyatlari bo’yicha shuni ta’kidlash
lozimki, ikkala tilda sonor va shovqinli undoshlar oppozitsiyani tashkil etadi. Ammo
sonor tovushlar o’zbek tilida ancha kuchli talaffuz etiladi. Shovqunli undoshlarning
jaranglilik va jarangsizlik bo’yicha ziddiyati esa soni jihatdan farqlanmaydi lekin ingliz
tili jarangsiz undoshlari jaranglilardan kuchliroq talaffuz qilinadi. Tovushlarning mazkur
xususiyati bo’yicha talabalarning ona tilida daraxt , xursand va hakozo so’zlarning
49
talaffuzada oxirgi tovushlari tushib qolishi xodisasini o’quvchilar ingliz tiliga ko’chirishi
(masalan, faint [feint] o’rniga [fein],
twist/twɪst/ o’rniga /twis/,
Twenty /twentɪ/ o’rniga /tweni/ ,
spend /spend/ o’rniga /spen/,
grasp /grɑ:sp/ o’rniga /gras/,
burst/bɜ:st/ o’rniga /bɜ:s/,
brown /braʊn/ o’rniga /braʊ/, fonetik (minus-segmentatsiya), ya’ni so’z ma’nosiga
ta’sir etmaydigan xatoni hosil qiladi.
2) Yumshoq tanglayning ishtirokiga oid.
Yumshoq tanglayning ishtiroki bo’yicha ingliz tilida uchda [m], [n], [l] , o’zbek
tilida ham shuncha tovush mavjud. Ammo o’zbek nutqida burun tovushlari almashish
(reinterferensiya) xolati ko’p uchrashadi (masalan, kuylak o’rniga ko’ynak) va mazkur
xodisa ularning ingliz tilidagi so’zlashuvida ro’y bersa, u talaffuz xatosiga sababichi
bo’ladi. Masalan; donkey [dɒnkɪ]- hachir , monkey [mʌnkɪ]- maymun;
House- uy, mouse-sichqon;
Love- sevgi , move- harakat;
Lost - yoqotmoq, most – ko’p;
Lose – yoqotmoq, nose - burun;
train – poyezd, trail- iz, belgi [Isakov,2013,p670].
Ingliz tilida burun tovushlarining ba’zi xususiyatlari (portlovchi bo’lishi) yonida
joylashgan boshqa undoshlarga o’tish xodisasining (nazalizatsiya) xarakterli ekanligi
50
talabalar talaffuzida fonologik (ma’noga ta’sir etadigan) xatolar bo’lish ehtimolini
kutishga asos bo’ladi.
3) Cho’ziqlik belgisiga oid.
Ingliz tilida cho’ziqlik xususiyati undosh konsanontlarga xos emas. Ammo so’z
tarkibida ikki va undan ortiq bir xil tovushlar kelganda, ular qo’shilib cho’ziq talaffuz
qilinishi mumkin. Bu holatga talabalar ona tilida “jajji, xuddi” kabi so’zlardagi ikkita “jj,
dd” xarflari bilan ifodalangan bitta cho’ziq tovushning mavjudligini misol qilish mumkin.
Shunga ko’ra talabalar nutqida inglizcha
“little/lɪtl/ - kichkina o’rniga /little/ ”,
“ragged /ræg
ɪd/ -eski o’rniga /raggid/”,
apple /æpl/ - olma o’rniga /appl/,
happy /hæp
ɪ/ - xursand o’rniga /happi/,
tipping/ t
ɪpɪƞ/ - egilmoq /tipping/,
pepper /pepə/ - qalampir o’rniga / peppə/,
pretty /pr
ɪtɪ/ - chiroyli o’rniga pritti/,
professor/prəfesə/ - professor o’rniga /professə/ o’xshagan so’zlarda bitta qisqa
tovush talaffuz qilinishi (ortiqcha differensiya) orqali nuqson hosil qilishi ham kutiladi
[Isakov,2013,p670].
4) Hosil bo’lish o’rniga oid.
O’zbek va ingliz konsonanatlari tizimlarini qiyoslash shuni ko’rsatadiki, ularda lab
tovushlarining bir biriga ancha o’xshashligi, ammo lab-lab kichik guruhiga tegishli
tovushlarning bu xodisasi befarq ekanligi kuzatiladi. Ikkala til lab tovushlarining asosiy
xususiyati ularda passiv nutq a’zosi ishtiroki bo’yicha ziddiyatlar mavjud: lab-lab: [p-b-
51
m] va lab- tish: [v-f]. Bu yerda ingliz tilida alohida lab-lab [w] wind, win, one, wonderful
so’zlaridagi /w/ undosh tovushining o’zbek tilida mavjud emasligi talabalarning bu
konsanantlarni ingliz so’zlarida talaffuz qilishida fonologik xatolarga ( ortiqcha
differensiya) olib kelishi mumkin.
Shu tufayli “w” tovushini talaffuz qilish paytida ko’pchilik talabalar ona tilining
“v” tovushi bilan almashtirishadi.
Masalan: work/w
ɜ:k/ –ish o’rniga “vok” , word /wɜ:d/-so’z o’rniga “ vod”, wound
/wu:nd/-jarohat o’rniga “wund” deb talaffuz qilishadi.
Boshqa lab tovushlari bo’yicha ikki til konsonanatlar sistemasida anchagina
o’xshashlik mavjudligi talaffuz xatolarini ro’y bermasligini bildiradi. Til undoshlari
o’zbek va ingliz konsonantlari tizimida o’xshash tasniflanib, ular aktiv a’zo ishtorokiga
ko’ra til oldi, til o’rta va til orqa guruhlarga ajraladi. Ingliz tilida til oldi undoshlari apical
([b,t],[d], [l] va boshqalar) va kalkuminal [p] bo’ladi. Mazkur tovushlar o’zbek tilining til
oldi undoshlari [j, ch, n, l, d, s, z, t, sh] ingliz tilidagi tovushlardan deyarli farqlanmaydi.
Til oldi tovushlari passiv nutq a’zosining qatnashishiga ko’ra tish, alveolar va old
tanglay kichik guruxlariga bo’linadi. Ularga o’zbek tilida [t]-[d]-[n]-[r]-[s]-[z]
tish(dorsal), ingliz tilida ular[t]-[d]-[n]-[s]-[z] alveolyar va [r] post alveolyar qatoriga
ushbu tovushlarning ekvivalentlarini kiritish mumkin. Mazkur tovushlarning ingliz
tilidagi ekvivalentlari talaffuzida jiddiy xatolar shu sababli kuzatilmasligi mumkin.
Bunday nuqsonlar ro’y bergan holda ular fonetik xatolar bo’lib, ular so’zlar ma’nosiga
jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi. Til o’rta undoshlari bo’yicha mazkur tillar fonetik tizimlarida
ozgina farq bor, ya’ni o’zbek tilidagi [y] , ingliz tilidagi [y] tovushlari har xildir. Shu
tufayli inglizcha [j] o’rniga o’zbek talabalari [y] undoshini qo’llab, fonetik xato
(substitutsiya) hosil qilish xatolari kutiladi. Til orqa tovushlariga ingliz tilida [k], [g] , [
ƞ]
va glottal [h] konsonantlari va o’zbek tilida esa [k], [g] hamda [q], [x], [g’](chuqur til
orqa) undoshlari kiradi. Ikkala tilda til orqa bo’g’iz tovushi [h] mavjuddir. Ko’rinib
52
turibdiki, o’zbek auditoryasi talabalarining inglizcha nutqida til orqa tovushlari bo’yicha
fonetik xatolar ( kam differensiatsiya) kuzatilishi tabiiy bo’lib, bu hodisa o’zbek tilidagi
chuqur til orqa [q], [x], [g’] tovushlarini ingliz tili so’zlarini talaffuz qilishda ikkinchi til
tovushlarini ona tili elementlari bilan almashtirishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu
xolatga o’zbek tilining chuqur til orqa [q] tovushining ba’zi undoshlardan oldin kelganida
o’zgarishini (masalan, nuqta [nuxta], taqsimot [taxsimot], saqlamoq[saxlamoq] ko’rsatib
o’tish lozim. Bu yerda [q] tovushining faringal [x] almashinuvi fonologik xatoga olib
kelishi mumkin.
5) Xosil bo’lish usuliga oid.
O’zbek va ingliz tillari undoshlarining og’iz bo’shlig’ida hosil bo’lishida uch usul
ishlatiladi: havo oqimi jipslashgan nutq a’zolaridagi to’siqni birdan yorib o’tsa,
portlovchi tovushlar talaffuz etiladi. Portlash esa yuqori va pastki lablar, til va tishlar ,
til va tanglaylar orasida ro’y berishi mumkin, masalan, o’zbek tilida [p], [b], [g], [k], [t],
[d], [j], [q], tovushlar ingliz tilida ham [p], [b], [g], [k], [t], [d], portlovchilardir lekin
ingliz tilida [
Ʒ] sirg’aluvchi hisoblanadi.
[b], [s], [d], [h], [k], [t], [g] undosh tovushlari ba’zi so’zlarda o’qilmaydi, masalan:
climb
/cla
ɪm/- yuqorilamaq, wednesday/wenzdɪ/ - chorshanba, gnat /næt/ chivin ,
heir/eə(r)/ - merosxor , knee /ni:/ - tizza , autumn
/
ɔ:təm/ - kuz,
island /a
ɪlənd/ -
orolcha, fasten /fα:sn/- berkitmoq , bu esa o’zbek tili talabalari uchun qiyinchilik
tug’diradi va talaffuzda xatolillar vujudga keladi.
Sirg’aluvchi undoshlar havo oqimining nutq a’zolari orasidan o’tishi natijasida
hosil bo’ladi. Ular qatoriga o’zbek tilining [f], [v], [s], [z], [sh], [j], [h] va boshqa ingliz
tilining [f], [v],[sh], [
Ʒ], [ð], [θ], [h] kabi tovushlari yotadi. O’zbek talabalari ona tilida
[ð] va [θ] tovushining mavjud emasligi tufayli ingliz tilining ushbu tovush uchrashadigan
“this, “thing” “their”, “them”, “theater” va boshqa so’zlarida bu konsonantlar o’rniga ona
53
tilidagi tovushni ishlatib, fonologik xato (ortiqcha differensiya) hosil qilishi kuzatiladi.
O’zbek auditoryasida ko’pchilik talabalar [θ] va [ð] ingliz fonemasini o’zbek tiliga
moslab [s] va [z] ga moslab talaffuz qilishadi.
Masalan; : theme [θi:m]- mavzu o’rniga ‘sim’, this[ðis]- ‘bu’ o’rniga ’zis’,
them [ðem]-‘ ularni’ o’rniga ’zem’ va boshqalar.
O’zbek va ingliz tillaridagi affrikatlar( [ch], [j]- o’zbek tilida, [t
ʃ], [dƷ] –ingliz
tilida ) va titroq [r] tovushlari ancha o’xshash talaffuz qilinadi. Bu esa mazkur tovushlarni
hosil qilishda o’zbek auditoryasi talabalarini qiyinchilikka uchraydi degani emas. Bunga
misol qilib, akustik jihatdan titroq tovush hisoblanadigan ingliz tilining [r] va uning
o’zbek tilidagi salgina o’xshash [r] tovushlarini keltirsa bo’ladi, chunki mazkur tovush
o’zbek tilida ancha yengilroq talaffuz qilinadi.
Shunday qilib, o’zbek va ingliz tillari konsonantlar sistemalaridagi interferensiya
xodisasining mavjudligi o’zbek auditoryasi talabalarining ikkinchi til nutqidagi xatolarga
sabab bo’lishini to’liq ta’kidlash mumkin. Ushbu talaffuz xatolarni oldindan bilish va ular
sabablarini aniqlash ingliz tili konsonantlarini o’rgatishga mo’ljallangan mashqlar
tizimini yaratishga aniq zamin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |