Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o'rganadigan
soxasi ham tushuniladi. Fonetika grekcha phonetics - “tovushga, ovozga hos” ma'nosini
anglatadi va tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o'rganish manbaining funksional
tomoninigina emas, balki nutq tovushini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek,
ularning akustik hossasini va til sohiblari tomonidan qabul qilinishini ham tadqiq etadi.
Mazkur sath nutqdagi tovush o'zgarishlari va almashinishini, urg’u, nutq ohangi va
34
Fonologiya (grekcha phone - «tovush», logos - «ta'limot») atamasi tilshunoslikda
XIX asr ohirida nutq tovushining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funksional
(lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo'ldi. Fonologiya til tovush
qurilishining strukturaviy va funkcional qonuniyatini o'rganuvchi soha bo'lib, semiotik
(ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyasion jihatda o'rganishi bilan fonetikadan
farqlanadi. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitiladigan eng kichik
va boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so’z va uning
ma'noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga hoslangan, ketma-
ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir.
Fonemalar ikki va undan ortiq ma'noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.
Ular so’zlarning tarkibida muayyan tartibda keladi va ularni moddiy tomondan
shakllantiradi. Fonema tildagi o'zidan yuqori bo'lgan birliklarni, ya'ni so'z, so'z shakllari
va morfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlashga hizmat qiluvchi tilning eng kichik
birligidir. Har bir fonema kishi ongida umumiy farqlovchi xususiyati asosida vujudga
kelgan maxsus «akustik portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi
belgi tovushning artikulyasion va akustik belgisi asosida vujudga keladi va
barqarorlashadi.
Hozirgi kunga kelib tilshunoslikda tillar tovush sistemalarini o’rganuvchi ikki ilm -
fonetika va fonologiyaning harakatda bo’lishi yangi tadqiqot va nazariyalarning vujudga
kelishiga sababchi bo’ldi va, eng muhimi, tillarga o’qitishning metod va uslublarini
boyitdi.
Ingliz tilida 24ta konsonant mavjuddir va ularga [b], [ p], [t], [s], [k], [g], [n], [ƞ], [l],
[m], [h], [v], [d], [z], [ ʃ], [Ʒ], [tʃ], [dƷ], [w], [r], [j], [θ], [ð], [f] tovushlari kiradi. Bu
undosh tovushlar hosil bo’lish o’rni va uslubi, ovoz paydo bo'lishi yoki uning to'siqqa
uchrashi hamda yumshoq tanglayning ishtiroki bo’yicha tasniflanadi. Ingliz tili
35
konsonantlari yozuvda har xil shaklda ifodalanadiganligi tufayli, ularning o’qilish
qoidalari
alohida
beriladi.
O’zbek adabiy tili konsonantlar sistemasida esa 25 tovush bo’lib, ular tovush
paychalarining harakati va holati, nutq organlari ishtiroki va paydo bo'lish usuliga ko'ra
guruhlarga ajratiladi. O’zbek tili konsonantlari yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi va
ularning o’qilish qoidalari murakkab emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: