68
3.3 O’zbek guruhlari talabalariga ingliz tili konsonantlarini o’rgatishdagi
mashqlar sistemasi
Har bir o’quv predmeti bo’yicha ta'lim jarayonini belgili tamoyillar asosida tashkil
etish lozimdir.O'qitish tamoyillari - u o'qituvchi mashg’ulot jarayonida qo'llashi lozim
bo’lgan qonun-qoidalardir. Chet tili o'qitish metodikasi eng avvalo didaktika tomonidan
ishlab chiqilgan quyidagi umumdidaktik tamoyillariga tayanadi:
1) ta'limning tarbiyalovchi tamoyillari,
2) ilmiylik,
3) onglilik,
4) faollik,
5) tizimlilik
6) tushunarlilik,
7) o’quvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olish.
Mashqlarni tizimi til o’rganish konsepsiyasiga asoslangan. Bu borada tavsiya
qiladigan mashq teoriyalar quyidagi o’rganish teoriyalarida tuziladi. Fonetika va
fonologiyada konsanantizmni o’rganish nazaryasi kabi [ Джусупов, 1991, с. 196-199].
Bu tamoyillardan o'qitish jarayonida bir paytning o’zida foydalanib bo’lmaydi. Masalan,
tarbiyalovchi ta'lim, ilmiylik, o’quvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olish
kabi tamoyillar talabalarning bilim olishga qiziqishlari uchun shart-sharoit yaratish,
insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish uchun xizmat
qilsa, ayni paytda talabalarning individual hususiyatlarini hisobga olish tamoyili
pedagogik jarayonni boshqarish orqali, har bir talabaning tayyorgarlik darajasini hisobga
olgan holda ta'lim jarayonini tashkil qilishni taqozo qiladi.
Keyingi yillarda faqat xorijiy til o'qitishga xos bo’lgan kommunikativlik,
ta’limning og’zaki nutqqa asoslanishi, differensiyalashtirib o'qitish, til materialini
69
majmuiy tashkil qilish kabi tamoyillar yuzaga keldi. Ayni paytda didaktika tomonidan
ilgari surilgan onglilik, faollilik, ko’rgazmalilik, ta'lim jarayonini motivlashtirish kabi
tamoyillar chet tili o'qitishda ham muhim ro’l o’ynaydi, chunki har qanday aqliy
harakatni amalga oshirish fikrlashdan amaliyotga o’tish orqali vujudga keladi. Shuning
uchun hozirgi zamon chet tili bo’yicha o'quv dasturlari va o'quv qo’llanmalarida
talabalarning aqliy faoliyatini shakllantirishga muhim ahamiyat berilayapti. O’qu'v
materialini ongli ravishda o’zlashtirishda tillararo interferensiya hodisasining ta'sirini
ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
O’qitishning faollik, onglilik tamoyillari nazariya bilan amaliyot birligini amalga
oshishi bilan bog’liq, chet tili o'qitishda boshlang’ich bosqichda amaliyotdan nazariyaga,
ya'ni og’zaki nutqni o’zlashtirib, keyin qoidani o’rgatish, o’rta va yuqori bosqichda avval
qoida, keyin nutqni shakllantirish ko'zda tutiladi.
Problemali o'qitish tamoyili chet tilidan berilgan leksik, grammatik, fonetik
topshiriqlarni mustaqil bajarish yo’llarini qidirtiradigan, ilmiy fikrlashga, izlanishga
majbur qiluvchi o'qitish usulidir.
Talabalarni mustaqil fikrlab, topshiriqlarni bajarishga o'rgatish topshiriq orqali
problemali vaziyat yaratishdan boshlanadi. Lekin bu topshiriq talabani avval o’rgangan
materialini hotiralashga, shu asosda fikrlashga majbur qiladi.
Problemali o'qitish faollik tamoyili bilan chambarchas bog’liq, chunki talabalarning
hotirasi, fikrlashi qanchalik yaxshi rivojlangan bo’lsa, ular materialini uzlashtirishda
shunchalik faollik ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilarning dars jarayonida bajaradigan
mustaqil ishlari o'quv materialini o’zlashtirish, mustahkamlash bo’yicha yozma va
og’zaki tashkil qilinadigan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. O'quv materiali bo’yicha yozma va og’zaki mashqlar bajarish;
2. O'quv materiali yuzasidan savol - javob o'tkazish;
3. O'quv materiali bo’yicha tuzilgan kartochkalar orqali juft bo'lib ishlashni tashkil etish;
70
4. O'quv materiali asosida test topshiriq bajartirish;
5. O'quv materiali bo’yicha problemali topshiriqlarni bajartirish;
6. Texnika vositalari, ko’rgazmali qurollar yordamida o'quv materialini o’zlashtirishga
o'rgatish.
Tabiiyki, talabalarning mustaqil ishlari maqsadi fonetik, leksik, grammatik malaka
va ko'nikmalarini shakllantirish va shu jarayonda tushunishga, gapirishga, o'qish va
yozishga o'rgatishdir.
Chet tili o'qitishning asosiy maqsadi ikkinchi tilda gapirishga, eshitib tushunishga,
o'qish va yozishga o'rgatish bo’lganligi uchun uning o'qitish metodikasi boshqa
fanlarning o'qitish metodikasidan ayrim tamoyillari bilan farq qiladi. Jumladan, quyidagi
tamoyillar faqat chet til o’qitishga hos metodik tamoyillar hisoblanadi:
a) kommunikativlik tamoyili,
b) ta'limning og’zaki nutqni ustirishga asoslanganligi tamoyili,
v) ta'limni differensiyalashtirib tashkil qilish tamoyili,
g) o’quv jarayonini kompleks tashkil qilish tamoyili,
d) o’quvchilarning o'quv faoliyatini intensivlashtirish tamoyili [Хошимов, 2003, б.25].
Chet tili o'qitishning asosini kommunikativlikka o'rgatish tashkil qilib, bu jarayon
chet tilida nutq faoliyatini shakllantirishga, gapirishga, eshitib tushunishga, o'qishga,
fikrni yozma bayon qilishga o'rgatish va talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishni
va rivojlantirishni ko'zda tutadi.
Chet tilida muloqotga o'rgatish kommunikativ vaziyatlar oraqali amalga oshiriladi.
Bu o’rinda talaba hayotida yuz berishi mumkin bo’lgan kommunikativ vaziyatlarga
alohida e'tibor beriladi. Talaba til qoidasini yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lsa-da, unga u
tilda gapirish, o’z fikrini suhbatdoshi e'tiboriga xavola qilish malakasi etishmasligi
mumkin. Bu o’rinda talabalarning fakat lisoniy kompetensiyasini (salohiyatini)
shakllantirishga emas, balki kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga alohida
71
e'tibor beriladi. Talaba o'quv materialida berilgan axborotga munosabat yoki fikr
bildirishni turli tabiiy va sun'iy kommunikativ vaziyatlarda o'rganib oladi. Shu jihatlari
bilan kommunikativlik tamoyili funksional yondashuv metodiga yoki ta'lim jarayonida
og’zaki nutqni o’stirish tamoyiliga uyg’unlashib ketadi.
Hozirgi zamon chet tili o'qitish metodikasiga oid ilmiy adabiyotlarda problemali
ta'lim tamoyili proektlab o'qitish kabi yangi o'qitish tehnologiyasining vujudga kelishiga
sabab bo'ldi. Jumladan, proektlab o'qitish talabalarni guruhlarga bo’linib, umumiy bir
loyihaning ma'lum bir qismini birgalashib echishga qaratiladi.
O'qitishni kommunikativ yo’nalishda olib borish o’z navbatida talabalarning faolligiga,
o'quv materialining motivlashtirilishiga ham bog’liq. Faollilik va motivlashtirish,
yuqorida qayd qilinganidek, o’qitish metodlaridan samarali foydalanish va
mashg’ulotdan tashqari ishlarni to'g’ri tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Differensiyalashtirib o'qitish deganda gapirishga, eshitib tushunishga, o'qish va
yozishga o'rgatishdagi metod va usullardan farqlab foydalanish tushuniladi. Masalan,
gapirishga o'rgatishda monologik va dialogik nutq, o'qishda analitik va sintetik o'qish,
tilning yozma shakli bo’lgan grafika va orfografiyaga o'rgatishda nutq faoliyatining
barcha turlariga o'rgatish uchun turli ko'nikma va malakalarni shakllantirishga to'g’ri
keladi. O’z navbatida turli malaka va ko'nikmalarni shakllantirish uchun har hil metod,
usul va vositalaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
Ta'limning og’zaki nutqni o’stirishga asoslangan tamoyili o'quv materialini og’zaki
nutq orqali o’zlashtirilishini ko'zda tutadi. O'qish va yozishga o'rgatish esa o’zlashtirilgan
og’zaki material asosida tashkil qilinadi. Ta'limning bunday tashkil qilinishiga faqat
eshitish idroki ishtirok etishligi tufayli ayrim olimlar bu tamoyilga qarshi chiqadilar.
Ammo differensiyalashtirib o'qitish tamoyili hamma yoshdagi talabalar uchun bir
xil asosda nutq orqali o'rgatishni inkor qiladi. O'quv materiali qanchalik qiyin bo’lsa, uni
72
og’zaki asosda o'rgatish imkoniyati shunchalik cheklangan bo'ladi, chunki eshitib idrok
qilish ko’rib idrok qilishga nisbatan qiyinroq kechadi.
O'quv jarayonini majmuiy tashkil qilish tamoyili fonetik, leksik, grammatik
materialni o’zaro bog’lagan holda nutq faoliyatini turli shakllarda uyushtirishni ko'zda
tutadi.O'quv jarayonini majmuiy tashkil qilish ta'lim maqsadlarini (amaliy, tarbiyaviy,
ta'limiy, rivojlantiruvchi) ham birgalikda amalga oshirishni talab qiladi.
Talabalarning o'quv faoliyatini intensivlashtirish (tezlashtirish) tamoyili faollilik,
motivlashtirilgan ta'lim tamoyillari bilan chambarchas bog’liqdir. Talabalarning o'quv
faoliyatini intensivlashtirish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- mashg’ulot vaqtidan samarali foydalanish;
- mashg’ulot jarayonida samarali metod va usullar ishlatish;
- metod va usullardan foydalanishda talabalarning yosh xususiyatlarini, xotira, diqqat,
tafakkur va uzlashtirish qobiliyatlarini hisobga olish va boshqalar.
Ma'lumki, har qanday xorijiy tilni o'rgatish shu tildagi tovushlarni, so’zlarni,
jumlalarni to'g’ri talaffuz qilish (fonetik va orfoepik) qoidalarini o'rgatishdan boshlanadi.
Chunki talaffuzni o’rganmasdan biron bir horijiy tilda gaplashish, eshitib tushunish,
o'qish va yozishga o'rganish juda qiyin.
Talaffuzga o'rgatishning ma'lum qonun-qoidalari mavjud. Ular quyidagilar iborat:
- talaffuzga o'rgatishda ona tilida shakllangan talaffuz malakalaridan samarali
foydalanish. Metodik adabiyotlarda bu hodisa «malakalarni ko’chirish» deb ataladi;
- talaffuzga o'rgatishda barcha sezgi organlarni majmuiy ishlatilishini ta'minlash. Bu
tamoyil talabadan tovushni eshitishni, uning yozuvda ifodalanishini ko’rishni, o’z nutq
organlarining holatini sezgan holda muayyan tovushni, so’zni, jumlani o’zlashtirishni
ko'zda tutadi;
- o’rganiladigan fonetik materialning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib,
o'rgatishning eng foydali usullarini tanlash. Bu o’rinda talaba faoliyatini samarali tashkil
73
qilish imkonini beradigan taqlidiy-tahminiy va differensiyalashtiruvchi mashqlardan
foydalanish lozim bo'ladi;
- talaffuzga o'rgatishda ta'limning texnik vositalaridan, ko’rgazmali qurollardan keng
foydalanish. Bunda lingofon xonalarining o’rnini alohida ta'kidlash lozim. Talaba o’z
talaffuzidagi xatoni o’zi eshitib topsagina, bunday nuqson tezrok bartaraf qilinadi. Shu
maqsadda pauzali mashqlardan tashkil qilingan fonogrammalar, videomateriallar va
Internet vositalaridan foydalanish talaffuz malakalarini shakllantirishga ijobiy ta'sir
qiladi. Tovushlar taqdimotida esa jadvallardan, rasmlardan, kartochkalardan, ko'zgilardan
foydalanish yaxshi natija beradi.
Aslida talaffuzga o'rgatish uch yo’nalishda amalga oshiriladi:
- artikulyativ yondoshuv;
- akustik yondoshuv;
- differensial yondoshuv.
Talaffuzga o'rgatishga artikulyativ yondoshuv tarafdorlari (I. A. Gruzinskaya, K.
M. Kolosov, O. A. Nark, A. N. Rabinovich) har bir tovush bo’yicha talaffuz malakalarini
shakllantirishni, bunda har bir tovush talaffuzidagi nutq organlari holatini yaxshi
bilishlikni, eshitish malakalarini talaffuz malakalaridan ajratib shakllantirishni taklif
qiladilar. Tabiiyki, talaffuzga o'rgatishda bu yondoshuv oliy o'quv muassasalari dasturiga
mos keladi.
Talaffuzga o'rgatishga akustik yondashuv tarafdorlari talaffuz malakalarini faqat
og’zaki nutq jarayonida shakllantirishni, bunda asosiy e'tiborni eshitish sezgilarini
rivojlantiruvchi taqlidiy mashqlardan foydalanishni taklif qiladilar. Bu o’rinda gapirishga
hamda nutq malakalarini egallashga ko’prok e'tibor beriladi.
Differensial yondashuv orqali o’quvchilar talaffuz malakalarini shakllantirishda quyidagi
talablarga rioya qilish hojat:
74
- o’zlashtirilishi qiyin fonetik hodisalarni hamma analizatorlarni ishga tushirilgan holda
induvidual o’zlashtirishni tashkil qilish;
- tovushlarni nutq jarayonida eshitib tushunish va talaffuzga o'rgatishga ko’proq e'tibor
berish;
- har bir mashg’ulotda fonetik zaryadka uyushtirish;
- laboratoriya ishlarini tashkil qilish.
O’zlashtirishi qiyin, tillararo interferensiyaga oid tovushlar akustik va artikulyativ
yondashuv qoidalariga binoan tushintiriladi va ularni o’zlashtirish tashkil qilinadi. Bunda
talabalarning o’zlashtirish darajasi, qiziqishi, individual hususiyatlari hisobga olinib,
mahsus mashqlar bajartiriladi.
Fonetik zaryadka uyushtirishdan asosiy maqsad o’zlashtirilgan tovushlar, so’zlar,
jumlalarni darsning boshlanishida takrorlatish, bu orqali fonetik, leksik, grammatik
qoidalarni yana bir bor talaba hotirasida tiklash, talabalarni chet tili darsiga hozirlashdir.
Laboratoriya mashqlari mahsus jihozlangan lingafon kabinetida ta'limning barcha
tehnik vositalaridan foydalangan holda fonogramma, videogrammalar yordamida tashkil
qilinadi va bu mashqlar talabalar tomonidan individual ravishda bajariladi.
Talabalarning talaffuz malakalarini shakllantirishga mo’ljallangan leksik va
grammatik malakalar bilan majmuiy ravishda darsda va laboratoriya mashg’ulotlari
jarayonida bajartiriladigan mashqlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
- darsni xorijiy tilda olib borish, yangi jumlalar miqdorini har darsda ko’paytirib borish;
- har bir dars boshida avval o’rganilmagan talaffuz materiali yuzasidan fonetik zaryadka
uyushtirish;
- o’qituvchi tovushni talaffuz qiladi, talabalar shu tovushni ifodalaydigan harf birikmalari
yozilgan kartochkalarni ko’rsatadilar;
- o’qituvchi harf birikmalari yozilgan kartochkani ko’rsatadi, talabalar esa bu harflar
ifodalavchi tovushni kursatadilar yoki ho’r bo'lib takrorlaydilar;
75
- o’quvchilar so’zlarni eshitadi va ko’rsatilgan tovushni eshitib, qo’l ko’taradilar;
- o’quvchilar eshitadi va ko’rsatilgan tovush necha marta ishlatilganini aniqlaydilar;
- o’quvchilar so’zlar ichidan ko’rsatilgan tovushlarni, jumlalarni alohida ajratib
yozadilar;
- berilgan so’zlardagi tovushlarni talaffuz qiladilar va hakoza.
Shunday qilib, o’zbek auditoriyasi talabalarini ingliz tili konsonantlari tizimiga
o’rgatishda asosan og’zaki nutqqa va to’g’ri talaffuz qilishni shakllantiradigan metodik
usul va qoidalar rioya qilinishi lozim va bu tadbirlar yuqorida kursatilgan talablarni
bajarishga yo’naltirilishi shart. Mazkur talablarni bajarish uchun tuziladigan mashqlarda
quyidagi topshiriqlar beriladi:
1. Tovushlar farqini aniqlab, talaffuz qilishga o'rgatuvchi differensial mashqlarni
bajarish va bu jarayonda nutq organlari holatiga e'tibor berish;
2. Diktordan, videomaterialdan, o’qituvchidan eshitgan tovushni, jumlani taqlid qilib
takrorlash va nutq organlari holatini ko'zatish;
3. Diktordan, videomaterialdan, o’qituvchidan eshitgan jumla talaffuzini takrorlash;
4. Eshitilgan jumlani namunaga qaramasdan takrorlash;
5. Eshitilgan jumlaning ohangini aniqlash (tasdiq, so’roq, inkor);
6. So’roq gap ohangiga taqlid qilish;
7. Tasdiq, inkor gap ohangiga taqlid qilish;
8. Matndagi so’z, jumlalar ichidan o’qituvchi talaffuz qilgan so’z yoki jumlani topib,
qo’l ko’tarish va o’qish;
9. Eshitilgan so’z va jumlalarni transkripsiya qilish;
10. Ingliz undoshlarini ona tilidagi tovushlar bilan qiyoslash;
11. Namuna dialogni eshitish va uni taqlid qilib takrorlash;
12. Namuna dialog matnini eshitmasdan o’qish;
13. Namuna dialogiga qarab o’z dialogini tuzish;
76
14. Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish va mustahkamlashda she'rlar va tez
aytishlardan foydalanish, ularni yod oldirish va boshqalar.
Talaffuzga o'rgatuvchi mashqlar taqlidiy va tahliliy bo’lishi mumkin. Fonetik,
yoki leksik birliklarning mazmunini tushunmasdan, biror bir namunaga qarab o’rganish
taqlidiy o’zlashtirish deyiladi. Taxliliy usul aksincha, ongli ravishda mantiqiy fikr
yuritishni talab qiladi. Taqlidiy usul tahliliy usulsiz qo’llanilsa, o'quv materiali ongsiz,
tushunilmasdan o’zlashtiriladi. Taqdiddan so’ng o’rganilgan tovushning yozuvda
ifodalanishi tahlil qilib o’zlashtirilsa, bunday malaka mustaham bo'ladi. Talabalarning
talaffuz malakalarini shakllantirishda faqat o’qituvchi talaffuzi etalon bo'lib qolmasligi
uchun talaffuzga o'rgatishda diktor yoki xorijlik kishi ijrosidagi fonogramma va
videogrammalardan keng foydalanish zarur.
Shunday qilib, o’zbek talabalarini ingliz tili konsonantlariga o’rgatishda talaffuz
meyorlarini to'g’ri qo'yish katta ahamiyatga egadir. Nutqni tushuna olmaslik nafaqat
og’zaki nutq shaklini o'stirishga noto'g’ri ta'sir qiladi, balki yozma nutqni, ya'ni fikrni
yozma bayon qilishga hamda o'qigan matn mazmunini to'g’ri tushunishga salbiy ta'sir
qiladi.
Talaffuz materiallarini o'rgatishda uchta metod qo'llaniladi:
1. Imitasiya yoki tinglab taqlid qilish metodi. Bunda o'rganilayotgan tovush yoki ohang
namunasi nutq namunasida o'qituvchi tomonidan bir-necha marotaba talaffuz qilib
ko'rsatiladi, keyin birgalikda talaffuz qilinadi, keyin esa tovushlar so'zlarda va nutq
namunalarida o'quvchilar tomonidan talaffuz qilinadi.
2. Tushuntirish metodi tovushni talaffuz qilishdan oldin qo'llanilishi ham mumkin, ya'ni
tovushni talaffuz qilish tushuntirilganidan so’ng taqlid qilish metodiga o'tiladi
3. Tahlil qilish metodi. Bu metod ko'proq ona tilida yo'q tovushlarni o'rgatishda
qo'llaniladi, ya'ni yangi tovushning artikulyasion bazasi tahlil qilib tushuntiriladi.
77
O'quvchilar tomonidan tovushni talaffuz qilishda yakka-yakka talaffuz qildirish
maqsadga muvofiqdir.
Talaffuzni o'rgatish mashqlari ikki xil bo'ladi: tinglash mashqlari va tinglab,
qaytarish mashqlari.
Fonetik mashg’ulot (Phone Drill) ko'pincha ikki ustun so'zlardan iborat bo'lib,
ikki xil tovushlarni to'g’ri talaffuz qilishga qaratilgan bo'ladi. Bu ishni bajarishda yaxshi
o'quvchi so'zlarni to'gri talaffuz bilan o'qiydi, qolgan o'quvchilar qaytaradilar.
Ingliz tilida undosh tovushlarni o’qitish bo’yicha mashqlarda quyidagi
topshiriqlar berish mumkin. Ma’lumki ingliz tilini o’rganishda ovoz chiqarib o’qish va
so’zlarni transkripsiyasini yozish k’op jihatdan foydali mashqlar sifatida tavsiya qilinadi.
Ovoz chiqarib o’qish talabaning talaffuzi va matnni ifodali o’qish kabi ko’nikmalarni
rivojlantiradi.
1- Mashq. So’zlarni o’qing va takrorlang.
[p] [b] [t] [d] [k] [g]
Pay back talk dance kind give
Park buy table date cook gate
Page better tourist disco coffee guess
Purple borrow tidy dollar colour going
Postman business tennis different kitchen garden
2- Mashq. So’zlarni takrorlang va esda saqlab qoling.
[s] [z] [f] [v] [θ] [ð]
Same Zoo five voice thanks this
Sit zebra phone very thought that
Sister ea
s
y family village thief those
Single amuse photograph visitor Thursday they
78
3- Mashq. So’zlarni takrorlang va esda saqlab qoling.
[
ʃ] [tʃ] [Ʒ] [dƷ]
Short chair decision January
Should cheap television June
Shout check garage jump
Shower choose pleasure jacket
Shopping cheerful usually general
4- Mashq. Sh va ch fonemalariga misollar. O’qing va eslab qoling.
[
ʃ] [tʃ]
Information special
Furniture commercial
Education temperature
Insurance examination
Suggestion picture
Profession delicious
Question station
5- Mashq. So’zlarni talaffuziga etibor bering va yodlang.
[w] [v] [j] [l]
week very yes last
west five year less
79
would river young learn
wallet vacation yours listen
white verb yellow language
6- Mashq. Berilgan so’zlardan konsonant klasterlarni toping va tagiga chizing.
Undosh
fononem-
larning soni
Undosh
tovush-
larining soni
Undosh
fononema-
larning soni
Undosh
tovush-
larining
soni
1. Blood
2. Jump
3. Ticket
4. Tablet
5. Dollar
6. Chair
7. light
8. next
9. there
10.report
11. film
12.street
7-
mashq. So’zlarni takrorlang . Tovushlarning talaffuziga etibor qarating konsonant
klasterlarning tagiga chizing.
1. Blue /blu:/ 2. bring /bri
ƞ/ 3. Cloudy/klaʊdɪ/
black /blæk/ bread /bred/ clearly /kliərl
ɪ/
blood /bl
ʌd/ Britain /britn/ clean /kli:n/
blanket /blæ
ƞkit/ bridge /bridƷ/ clock /klɒk/
blouse /bla
ʊz/ brother/brʌðə(r)/ clothes/kləʊðz/
8 – mashq. Mute consonants (hira yani past o’qiladigan undoshlar) toping va belgilang.
Climb /cla
ɪm/
corpuscle/k
ɔ:pʌs.l/ Wednesday /wenzdɪ/
Comb /kə
ʊm/
muscle/m
ʌsl/ handkerchief/hæƞgətʃ
80
gnu /nu:/ hour/a
ʊə(r)/
knob /n
ɒb/
design /d
ɪ’zaɪn/ ghost /gəʊst/ know /nəʊ/
could /kəd/
autumn /
ɔ:təm/ island /aɪlənd/
should /
ʃəd/ column /kɒləm/ isle /aɪl/
whistle /w
ɪsl/ sword /sɔ:d/
wrestle /resl/ whole /hə
ʊl/
Christmas /kr
ɪsməs/ two /tu:/
Do'stlaringiz bilan baham: |