Zamonaviy metodika fani lingvodidaktika bilan til o'qitish metodikasidan tashkil
topadi va til o'zlashtirish qonuniyatlarini tadqiq etadi. Ammo lingvodidaktika va
metodika tushunchalariga olimlar har xil munosabat bildirishgan bo’lsada, ular til
ta'limi tizimiga mustaqil fanlar bo'lib kirganligi keyinchalik tan olingan va o’zbek
auditoriyasi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda lingvodidaktika va metodikaning
qo’llanmalarining ingliz tili undosh tovushlarini o’zbek auditoriyasi talabalariga
o’qitishda qo’llanilayotgan ushbu o’quv qo’llanmalarini tahlil etish mashqlar tizimini
85
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 3-ingliz tili fakulteti fonetika va
fonologiya kafedrasida o'tiladigan ingliz tili fonetikasi predmetining namunaviy
dasturida o'qitishning asosiy uslubi qilib zamonaviy lingvodidaktikada ahamiyat
berilgan kommunikativ usul tavsiya etilgan. O’quv jarayonida “ English Phonetics”
va “ Практический курс английского языка” darsliklaridan foydalaniladi. Ularda
auditoriya mashg'ulotlari uchun mavzular, mustaqil ishlar bo'yicha topshiriqlar,
qoidalar hamda shu qoidalarga asoslangan misollar o’rin olgan turli mashqlar
kiritilgan. Tillararo interferensiyaga oid tovushlar akustik va artikulyativ yondashuv
qoidalariga binoan tushintirilishi tavsiya etilgan. Fonetik zaryadkada qatnashish va
laboratoriya mashqlari talabalar tomonidan individual ravishda bajarilishi ko’zda tutilgan.
O’zbek auditoriyasi talabalarini ingliz tili konsonantlar sistemasiga o’qitishga va
ularning talaffuz malakalarini shakllantirishga mo'ljallangan mashqlar quyidagi usullar
bilan amalga oshiriladi: har bir dars boshida fonetik zaryadka uyushtirish; o'qituvchi
tovushni talaffuz qiladi, talabalar harf birikmalari yozilgan kartochkalarni ko'rsatadilar;
o'quvchilar so'zlarni eshitadi va ko'rsatilgan tovushni eshitib, qo'l ko'taradilar va hakoza.
Tuzilgan mashqlarda quyidagi topshiriqlar beriladi: tovushlar farqini aniqlab, talaffuz
qilishga o'rgatuvchi differensial mashqlarni bajarish; diktordan, videomaterialdan,
o'qituvchidan eshitgan tovushni, jumlani taqlid qilib takrorlash; diktordan,
videomaterialdan, o'qituvchidan eshitgan jumlani takrorlash; eshitilgan so'z va jumlalarni
transkripsiya qilish; namuna dialogni eshitish va uni taqlid qilib takrorlash; tovushlar
talaffuzini shakllantirish va mustahkamlashda she'rlar va tez aytishlardan foydalanish,
ularni yod oldirish va boshqalar.
Shunday qilib, o'zbek auditoriyasi talabalarini ingliz tili konsonantlari tizimiga
o'rgatishda og'zaki nutqqa va to'g'ri talaffuz qilishni shakllantiradigan usullar ham
qoidalar rioya qilinishi va bu tadbirlar yuqorida ko’rsatilgan talablarni bajarishga
yo'naltirilishi shart.