ikkilamchi to‘qimalar hosil bo‘lib, poya ikkilamchi tuzilishga o‘tadi.
Poya yo‘g‘onlashib borgan sari epiderma va birlamchi po‘stloq
hujayralari o‘lib, o‘rniga periderma paydo bo‘ladi.
Poyada birlamchi to‘qimalarning joylanishi.
Birlamchi tuzilishga
ega bo‘lgan poyada markaziy silindir va birlamchi po‘stloq
mavjud
bo‘lib, ildizdan birlamchi po‘stloqni ustki tomonidan og‘izchalarga
ega bo‘lgan, epiderma bilan qoplanishidan farq qiladi. Poyada
to‘qimalarning joylanishi turlicha bo‘ladi (55-rasm). Birlamchi
po‘stloq tarkibiga: xlorenxima, mexanik to‘qima,
parenxima,
ajratuvchi to‘qima va boshqa bir qancha to‘qimalar kirishi mumkin.
Xlorenxima fotosintezga qulay bo‘lishi uchun epiderma tagida
joylashib, kollenxima yoki sklerenxima bilan navbatlashib kelishi
mumkin (85-86-rasmlar).
Poyaning markaziy silindri ancha murakkab tuzilishga ega.
Birlamchi
o‘tkazuvchi to‘qimalar
, o‘tkazuvchi naylar boylamini
hosil qiladi. Boylamlar parenxima bilan bir – birlaridan ajralib turadi.
FT
F
KL
86-rasm. Poyaning birlamchi tuzilishi:
A - poyaning kо‘ndalang kesigi, B – О‘tkazuvchi bog‘lam. Shartli belgilar:
INK – ikkilamchi nay ksilmasi, D – druz, YOT – yog‘ochlashgan tolalar,
K – kambiy, KL –kollenxima, KN – kraxmal saqlovchi nov,
MK – metaksilema, PK - protoksilema, PP – pо‘stloq parenximasi,
F – floema, FT –floema tolasi, E – epiderma, О‘ – о‘zak,
О‘B – о‘tkazuvchi bog‘lam.
А
B
К
INK
MK
PK
YOT
KN
E
PP
О‘B
D
О‘
100 mkm
163
Birlamchi ksilema o‘zak
yaqinida, birlamchi floema esa ksilemadan
tashqarida po‘stloq yaqinida joylashadi. Ba’zida poyada ichki floema
ham paydo bo‘lib, ksilema bilan o‘zak oralig‘ida joylashadi. Ichki
floema boylam tarkibiga ham kirishi (qovoq poyasi) yoki ayrim
boylam
hosil qilishi ham mumkin, ba’zida tutash xalqa hosil qilishi
mumkin. Ba’zi o‘simliklarda tashqi floemaning o‘tkazuvchi
elementlari bilan po‘stloq oralig‘ida tolalar paydo bo‘ladi. Tolalar
tutash halqa tarzida yoki guruh-guruh bo‘lib boylamlar yaqinida
shakllanadi va tolali nay to‘dalaridan tashkil topgan boylam deyiladi.
Tolalar birlamchi floemalardan paydo bo‘ladi. O‘tkazuvchi
to‘qimalardan ichkarida parenxima hujayralaridan
tashkil topgan
o‘zak yotadi. Ba’zida o‘zak hujayralarida oziqa moddalar to‘planadi
yoki hujayralar oralig‘ida idioblastlar joylashgan bo‘lib tanin,
shilimshiq va boshqa moddalarni saqlaydi, ba’zida havo bo‘shliqlari
paydo bo‘ladi. Barglarning o‘tkazuvchi to‘qimalari poyalarga o‘tib
davom etadi. Novdaning umumiy o‘tkazuvchi to‘qimalar tizimi
apeksida – metamerlar (barg, bo‘g‘im, kurtak) shakllangan vaqtidan
boshlab paydo bo‘ladi. Rivojlanayotgan
bargning prokambiy
boylamlari poya bo‘g‘imi orqali o‘tib, markaziy silindirdagi boylamlar
bilan qo‘shiladi va sintetik boylamlarni hosil qiladi. Bo‘g‘imlarning
anatomik tuzilishini turlicha bo‘lishi barglardagi prokambiy
bog‘lamlar soniga va bo‘g‘imda ularning qo‘shilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Poyada markaziy silindriga kirgan barcha barglarning boylamlari barg
izlari deb ataladi. Barg izlarini uzunligi barg asosidan poyaga
kirgangacha bo‘lgan masofa bilan o‘lchanadi. Ba’zida barg izlari tez
poyaga kiradi, ba’zida bir necha bo‘g‘imlargacha tushib keyin
o‘tkazuvchi to‘qimalari bilan birlashadi. Barg izlari 1-2-3 yoki ko‘p
boylamli bo‘lishi mumkin. Boylamlar poya o‘qiga, bo‘g‘im
parenximasi orqali kiradi va barg lakuni deb ataladi. Lakunlarni
soniga qarab bo‘g‘imdagi barg izlari 1-2-3 va boshqa lakunli bo‘lishi
mumkin. Barg va poyalardagi o‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘zaro
aloqasi bir qancha sabablarga bog‘liq:
barglarning poyada
joylashishiga; barglarning katta kichikligiga; tomirlanish tiplariga
bog‘liq va nodal anatomiyasi deb ataladi. Nodal anatomiya
o‘simliklarning oila turkumi uchun mustahkam belgi bo‘lib o‘zaro
qarindoshliklarini aniqlashga yordam beradi. O‘tkazuvchi
naylar
(birlamchi floema) – barg izlari poyaning yuqori qismida halqa
shaklida joylashadi. Sintetik boylamlarda kambiy jadal ishlaydi.
164