19-§ Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi
Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi poyaning qalinlashishida birin-
ketin paydo bo‘ladigan ikki fazani - birlamchi va ikkilamchi
yо‘g‘onlashishi kuzatish mumkin. Bu qalinlashishlarning orasida
chegara aniq ko‘rinmaydi. Poyaning birlamchi qalinlashishi eniga
o‘sishi, o‘sish konusi yaqinidagi apikal meristema hujayralarini va
undan paydo bo‘lgan to‘qimalarning bo‘linishi va cho‘zilishi
natijasida sodir bo‘ladi. Keyinchalik kambiydan paydo bo‘lgan
to‘qimalar hisobiga ikkilamchi qalinlashish vujudga keladi. Birlamchi
qalinlashishda kambiy qatnashmasdan birlamchi po‘stloq kuchli
rivojlansa – bunday qalinlashishga kortikal (lot. cortex - po‘stloq)
qalinlashish deyiladi (kaktuslarda). Agar birlamchi qalinlashishda
o‘zak kuchli rivojlansa medullyar (lot. medulla-o‘zak) qalinlashish
deyiladi (kartoshkada). Ba’zida po‘stloq va o‘zak bir xilda rivojlanadi.
Poyaning uzinasiga o‘sishi bilan birlamchi qalinlashishi o‘zgarib
boradi. Maysalarda apikal meristema poyani hosil qilgani uchun hajmi
uncha katta bo‘lmaydi. Keyinchalik bo‘g‘imdan bo‘g‘imga o‘tgan sari
apeksning hajmi kattalasha boradi, o‘sish davom etadi, birlamchi
qalinlashish kuchaya boradi, natijada poyaning uchki tomoni
ingichkalashib, pastki tomonidan ikkilamchi to‘qimalar paydo bo‘ladi.
Birlamchi to‘qimalar sezilmay qoladi, gul hosil bo‘ladi - poyaning
yuqoridagi qismida poya konus shaklida bo‘ladi.
Birlamchi yо‘g‘onlashishning evolyutsiyasi.
XIX – asrning 70-
yillarida fan Mol De Barii va De Sak tadqiqotlariga ko‘ra poya uch
tipdagi to‘qimalardan tashkil topgan degan fikrlar paydo bo‘lgan: ular
epiderma asosiy parenxima va o‘tkazuvchi to‘qimalar evolyutsiya
davomida poyaning tuzilishi murakkablashib yana bir qancha
to‘qimalar paydo bo‘lib, turli tipdagi poyalarning tuzilishi vujudga
kelgan. Murakkab tuzilgan poyalarni o‘rganish uchun fransuz botanigi
Van Tigem tomonidan Stelyar nazariyasi ishlab chiqilgan. Van
Tigemning avvalgi tushunchasicha ildizning markaziy silindirini
birlamchi o‘tkazuvchi to‘qimalarini peritsikl o‘rab turadi deyilgan,
keyinchalik bu tushunchani poyalarning tuzilishini o‘rganishda
foydalangan (87-rasm).
1) Poyaning qadimgi sodda tipi-gaplostel (yunon. gaplos - sodda)
yoki protostel - gaplostel markazda ksilema joylashib, floema bilan
o‘ralgan (riniofit va boshqa sodda tuzilgan o‘simliklar poyasida va
hozirgi ba’zi sporali yuksak o‘simliklarda ham uchraydi).
165
2) Gaplosteldan – aktinostel (yunon. aktinos – nur) ya’ni ksilema
ko‘ndalang kesimda yulduzsimon ko‘rinishda. Protoksilema
nurlarning oxirida paydo bo‘ladi (ekzarx) keyin markazga qarab
intiladi (plaun, o‘lgan qirqbo‘g‘imsimonlarning poyasida uchraydi).
Gaplostellardan aktinostellarning paydo bo‘lishi sabablari: yon
organlarga boradigan o‘tkazuvchi naylarning paydo bo‘lishi;
aktinostelda ksilema va floemaning hajmi kengayib, atrofdagi tirik
to‘qimalar bilan aloqasi kuchayadi, o‘tkazuvchanlik xususiyati oshadi.
3) Sifonostel (yunon. sifon - nay) bu vaqtda poyada o‘zak paydo
bo‘ladi. Poyada ksilema naylari o‘zakdan uzoqlashib poyaning
mustahkamligini ta’minlaydi.
O‘zakning parenximadan tashkil topganligi poyaning moddalar
to‘plash xususyatini yengillashtiradi. Keyinchalik poyaning
evolyutsiyasi natijasida murakkablasha borishi, yirik barg va yon
novdalarning rivojlanishi va yirik parenximadan tashkil topgan
lakunlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada o‘zakdan
po‘stloqqa radial markazdagi to‘qimalarni bo‘laklarga bo‘lgan keng
yo‘llar – birlamchi o‘zak nurlari paydo bo‘ladi.
4) Shu tariqa diktiostel (yunon. diktion - to‘r) va 5) Eustel (gr. eu -
yaxshi, haqiqiy) tuzilishlariga ega bo‘lgan poyalar paydo bo‘ladi.
Eustel - urug‘li o‘simliklarga xos bo‘lib – endarx rivojlanadigan
ksilemaga ega bo‘lgan ochiq kollateral boylamlarni hosil qiladi.
6) Poya evolyutsiyasining oxirida ataktostel (yunon. a – teskari,
taktos – tartib bilan joylashish) tuzilishiga ega bo‘lgan poyalar paydo
bo‘lib, bir pallali o‘simlikka xosdir. Bu tip eustildan kambiy
to‘qimasini yo‘qligi bilan farq qiladi. Boylamlar murakkab joylashadi,
ba’zi boylamlar – barg izlari avval markazga qarab qiyshayib, so‘ngra
tashqariga qarab yo‘naladi. Shuning uchun poyaning barcha yuzasida
boylamlar mavjud bo‘ladi. Ildiz asosan gaplosteldan paydo bo‘lgan
bo‘lib tuzilishi tuproqdan oziqlanishiga moslashgan.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |