Yuksak о‘simliklarning (daraxt va butalarning) sellyuloza
mikrofibrillalari qatorida lignin joylashgan. Hujayra pо‘sti
yog‘ochlanganda uning devori atrofida tо‘planadi. Yog‘ochlanish
natijasida uning qattiqligi, zichligi va nur sindirishi ortadi. Ba’zi
hujayralarning (epiderma, endoderma, pо‘kak) iо‘stlarida mum, kutin,
suberin (lot. suber –pо‘kak) tо‘planib,
ikkilamchi, qalinlashgan
hujayra pо‘stida alohida qaglam hosil qiladi. Kutin va suberin
kimyoviy jihatidan bir-biriga yaqin modda bо‘lib, fellon, gliserin
kislotalaridan tashkil topgan. Bu moddalar amorf shaklda bо‘lib
erituvchi moddalarda erimaydi.
Mum – yog‘ va spirtlarning monolari bulib,
erituvchi organik
moddalar yordamida ajratib olinadi va shu zahoti kristall ga aylanadi.
Kutin mum bilan birlashib barg, novda iо‘stlarining ustida maxsus
qatlam kutikula (lot. kutikula – pо‘st, qobiq) hosil qiladi. Bu qatlam
qurg‘oqchilik sharoitida о‘simlikning о‘zidan suvni kam
bug‘lantirishiga sababchi bо‘ladi. Suberin hujayraning ikkilamchi
pо‘sti ichida tо‘planib pо‘kak xrsil qiladi. Pо‘kaklashgan pо‘st о‘zidan
suvni ham, gazni ham о‘tkazmaydi. Keyinchalik bunday pо‘stli
hujayra hayotchanligini yо‘qotadi.
О‘simliklarning maxsus ixtisoslashgan
hujayralari bahorda
tanasidan shirali modsa va yelim ajratadi (shaftoli, olcha, gilos va
boshqalar). Bu moddalar asosan Goldji apparagida sintezlanadi,
keyinchalik protoplastnn yorib ikkilamchi va birlamchi pо‘st
qavatlarini teshib, hujayradan tashqariga chiqariladi.
Kimyoviy jihatdan har ikkala modda bir-biriga juda yaqin bо‘lib,
pektinlardan tashkil topgan. Shira suvda eriydi, yelim esa uzun ipga
о‘xshab chо‘ziladi. Bu moddalarning hosil bо‘lishi vaqtida protoplast
asta-sekinlnk
bilan burishib, hajmi kichrayib, hulayra markazida
tо‘planadi. О‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan moddalar har xil
vazifani bajaradi. Masalan, ildiz qini tomonidan ajratiladigan
shilimshiq modda ildizni tuproqqa mustahkam о‘rnashishi uchun
xizmat qiladi.
Qumli chо‘llarda juzg‘un degan о‘simlik о‘sadi. Uning yon ildizlari
20–30 m uzunlikda bо‘ladi. Ildiz tomonidan chiqarilgan shirali modda
qum zarrachalarini
bir-biriga yopishtirib, ildiz ustini qinga о‘xshab
mahkam о‘raydi. Kuchli shamollar qumni uchirib ketgan vaqgda ham
ildiz hayotchanligini saqlab qoladi.
47
Sharqiy Osiyo о‘rmonlarida о‘suvchi nepentes о‘simligining
barglari shaklini о‘zgartirib, kо‘zachasimon bо‘lib о‘zidan shira
chiqaradi. Bu shira hasharotlarni о‘ziga jalb etadi va ular bilan
oziqlanadi. Shuning uchun ham bu о‘simlik hasharotxо‘r deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: