G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-rasm. Hujayradagi plazmoliz jarayonining bosqichlari



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

14-rasm. Hujayradagi plazmoliz jarayonining bosqichlari: 
1 – turgor hujayra; 2 – hujayraning umumiy qisqarishi; 3 – burchakli 
plazmoliz; 4 – botiq plazmoliz; 5 – qavariq plazmoliz. 
 
43


Kо‘pchilik suv o‘tlari va zamburug‘larning zoosporalarida pо‘st 
bо‘lmaydi. Ularning protoplasti yupqa elastik qatlam plazmalema 
bilan qoplangan. Hujayra pо‘stining rivojlanishi Goldji apparati va 
plazmalemma faoliyatiga bog‘liq. Ularning tarkibida maxsus 
fermentlar bо‘lib ular, polisaxaridlarni sintez qilishda qatnashadi. 
Hosil bо‘lgan polisaxaridlardan sellyuloza va xitin mikrofibrillari, 
Goldji apparati yordamida plazmalemmaga tashiladi. Bunda ular bir-
biri bilan zich joylashib pо‘stni hosil qiladi
Hujayra pо‘sti ilk bor murtak (embrional) va meristema 
(о‘simliklarning hosil qiluvchi tо‘qimasi) hujayralarida plastinka 
shaklida hosil bо‘ladi. Plastinka pektin modsasidan tashkil topgan 
bо‘lib, yarim suyuqlik holida uchraydi, lekin uning tarkibida 
sellyuloza bо‘lmaydi. Yosh hujayralar sitokinez bо‘linib kо‘payadi. 
Hosil bо‘lgan har qaysi yosh hujayra о‘zining maxsus pо‘stiga ega; 
qо‘shni hujayralar bir-biridan yupqa oraliqparda plastinka bilan 
ajralgan. Binobarin, har qaysi qо‘shni hujayralar bir-biridan ikki qavat 
“devor” bilan ajraladi. Shu sababdan ba’zi adabiyotlarda hujayra 
pо‘stini hujayra “devori” yoki pardasi, aniqrog‘i hujayra pо‘stining 
ichki devori deb aytish mumkin. 
Odatda, hujayra pо‘sti tiniq, rangsiz, osonlik bilan quyosh nurini 
о‘zidan о‘tkazish xususiyatiga ega. Pо‘st orqali suv va suvda erigan 
moddalar о‘tkaziladi. Hujayra pо‘sti о‘sish xususiyatiga ega, uning 
о‘sishi chо‘zilish vositasida sodir bо‘ladi. Hujayra pо‘stining qalinligi 
hujayraning yoshiga va joylashgan о‘rniga qarab о‘zgarib boradi. 
Elektron mikroskop, yorug‘lik hamda rentgen nurlar yordamida 
о‘simliklarning somatik hujayra pо‘sti . Hujayra pо‘stining chо‘zilish 
davrida yosh hujayralar hamma vaqt bir xil tekislikda о‘smaydi. 
Hujayra pо‘stining yadroga tegib joyi boshqa joyga qaraganda tezroq 
yiriklashadi. Odatda, hujayra pо‘sti ichkarisidan qalinlashadi. 
Chо‘zilib о‘sgan pо‘stning hujayrasi birlamchi bо‘lib, uning tarkibida 
60–90% suv bо‘ladi. Birlamchi pо‘stning qalinligi 0,1–0,5 nmk.
Ikkipallali о‘simliklarning birlamchi pо‘st hujayralarida pektin va 
gemisellyuloza teng miqsorda bо‘ladi. Birpallalilarda asosan, 
gemisellyuloza uchraydi. Birlamchi pо‘stda sellyuloza 30% oqsillar 
10% ni tashkil etadi. Lignin moddasi umuman bо‘lmaydi. Kо‘pchilik 
о‘simliklarda hujayraning о‘sishi tо‘xtashi bilan birlamchi pо‘st ham 
о‘sishdan tо‘xtaydi. Bunday hujayralar yupqa pо‘st bilan qoplangan 
bо‘lib, о‘simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. Ba’zi 
44


о‘simliklarda hujayra pо‘stining о‘sishi ichki tomondan davom 
etaveradi va natijada ikkilamchi qalinlashish hosil bо‘ladi. 
Natijada ayrim hujayralar (masalan, tolalar, traxeidlar, bо‘g‘inli 
tolalar)ning protoplasta nobud bо‘ladi. Ammo, ba’zi о‘simliklarda 
(qarag‘ay) parenxima hujayralari va floemasi hayotchanligini saqlab 
qoladi. Umuman pо‘stning ikkilamchi qalinlashishi asosan, mexanik 
ahamiyatga ega bо‘lib, о‘simlik tanasining mustahkamlanishiga sabab 
bо‘ladi. 
Ba’zi bir urug‘larning juda qalin pо‘stida oziq moddalar tо‘planadi. 
Shunga binoan, ikkilamchi qalinlashgan pо‘st tarkibida suvning 
miqdori oz, sellyuloza mikrofibrillari kо‘p bо‘ladi. Jumladan paxta 
tolasining tarkibida 95% sellyuloza uchraydi. Ignabargli daraxtlar va 
yopiqurug‘li о‘simliklarning ikkilamchi qatlami orasida uchlamchi 
qatlam hosil bо‘ladi. Uchlamchi qatlamning qalinligi 1–10 mmk 
gacha bо‘lib, sellyulozaga juda ham boy. Pо‘st vaqt ham atrofida bir 
tekisda qalinlashmaydi, shu sababli bya’zi joylari juda ham ingichka 
teshikchalar shaklida qoladi. Bu teshikchalar pora yoki apertura (lot. a 
pyertus – ochiq) deb ataladi Tuzilishi jihatidan poralar ikki xil: oddiy 
va hoshiyali bо‘lishi mumkin. Oddiy poralarning diametri bir xil, ichi 
silindrsimon, ba’zan egilgan bо‘ladi. Bu xildagi poralar parenximatik 
hujayralarda, lub tolalarida (sklerenxima), yog‘ochlangan tolalarda 
kо‘proq uchraydi. Toshsimon hujayralarda (behi, nok, nashvoti) 
poralar tarmoqlangan. Yondosh hujayralar devoridagi poralar bir-
biriga qarama-qarshi joylashadi. Hoshiyali poralar teshik kamerasi 
bilan teshik kanadsan tashkil topgan. Bu xildagi poralar kо‘pincha suv 
о‘tkazuvchi yog‘ochlangan hujayralarda kо‘proq uchraydi. Eng oddiy 
tuzilgan hoshiyali pora yuqoridan qaralsa ikkita aylanaga о‘xshab 
kо‘rinadi. Aylananing kattasi tutashtiruvchi parda bilan о‘ralgan.
Ninabargli о‘simliklarda murakkab tuzilishdagi hoshiyali poralar 
uchraydi. Ularda pardaning о‘rta qismi yо‘g‘onlashgan bо‘lib, torus 
(lot. torus – yotoq joy) deb ataladi. Torus о‘rta plastinkasining qoldig‘i 
bо‘lib, ikki tomondan boshlang‘ich pо‘st bilan о‘ralgan. Poralar 
hujayralararo suv va suvda erigan moddalarning о‘tishini ta’minlaydi. 
Hujayra pо‘stida poralardan tashqari, plazmodesmalar (yunon. 
desmos – bog‘lama) deb ataladigan tuzilmalar bо‘ladi. 
Plazmodesmalar faqat о‘simlik hujayrasiga xos bо‘lib, protoplast 
payvandi, ya’ni qо‘shni hujayralarni bir-biri bilan bog‘lovchi nozik 
sitoplazmatik iplardan tashkil topgan. Ular hujayra poralari ichidan 
45


о‘tadi. Hamma yuksak о‘simliklarning kо‘phujayrali suvо‘tlari 
hujayrasida plazmodesmalar borligi, yorug‘lik mikroskopi yordamida 
aniqlangan. Odatda ular tо‘p-tо‘p bо‘lib, ayrim vaqgda yakka holda 
joylashadi. Tuzilishi elektron mikroskopda о‘rganilgan.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish