I-mavzu. 1918-1939 yillarda angliya reja; 1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya



Download 364,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.07.2022
Hajmi364,72 Kb.
#818672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu



I-Mavzu. 1918-1939 YILLARDA ANGLIYA
REJA; 
1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya 
2-
§
. Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida Angliya
3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Angliya 
4-
§
. Ikkinchi jaxon urushi arafasida Angliya 
1-savol bayoni;
I jahon urushi yillarida ishlab chiqarish va kapital konsentatsiyasi o‘sdi. 
Sanoatning notekis rivojlanishi kuchaydi. Toshko‘mir va kemasozlik sanoatlarida maxsulot ishlab 
chiqarish kamaysada, sanoatning avtomobil, kimyo, aviatsiya va qurolsozlik tarmoqlari tez o‘sdi, 
natijada urush davrida Angliya monopoliyalarining foydasi 4 milliard funt sterling hajmida 
ko‘paydi. Urush ingliz monopoliyalari uchun ulkan foyda manbaiga aylandi. U ingliz 
iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo etdi. Bu esa o‘z navbatida sanoatning va 
kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va o‘rta korxonalarning majburiy kooperativlashtirilishi 
hamda banklarning birlashuvi ro‘y berdi. Ayni shu jarayonda yirik London banklari - “Lloyd”, 
“Barklay”, “Midlend”, “Vestminister” va Ingliz bankidan iborat “katta beshlik” vujudga keldi. 
Ularning tasarrufida Angliya pul resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita yirik 
monopoliya paydo bo‘ldi. Bular “Royyal Datch shell” (neft), “Ingliz-Eron neft kompaniyasi” 
(neft), “Yunilever” (keng iste’mol mahsulotlari), “Imperial kemikl indastriz” (kimyo sanoati), 
“Danlop rabbers” (kauchek, rezina) va “Vikkers” (qurol-yarog‘) edi. Mazkur olti yirik monopoliya 
amalda ishlab chiqarishning barcha sohalarida hukmron edi. Beshta eng yirik bank bilan birgalikda 
ular Angliya ichki va tashqi siyosatining yo‘nalishlarini ham belgilardilar.
Urush yillarida Angliya mehnatkashlari va mustamlaka xalqlari yanada ko‘proq talandi. 
Ishchilar ahvoli jiddiy ravishda yomonlashdi. Urush mobaynida aholining turmush darajasi ancha 
pasaydi. Ish haqining real darajasi ham pasayib bordi. Deyarli cheklanmagan ish kuni, favqulodda 
tezkor ish sur’ati, oz ish haqi, yomon uy-joy va maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori 
narxlari o‘lim va kasb kasalliklarining yuksak darajada bo‘lishiga olib keldi.
Ayni paytda bo‘lib o‘tgan urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining yuksalishida katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 1916 yilda Irlandiya milliy ozodlik harakati ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘olon 
hukumat tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi. 
Siyosiy vaziyat keskinlashgan vaqtda, 1916 yil oxirida liberallar partiyasining rahbari 
Lloyd Jorj (1863-1945 yy) boshchiligida liberallar, konservatorlar va o‘ng leyboristlardan iborat 
1-chi koalitsion hukumat tuzildi. Lloyd Jorj hukumati Germaniya ustidan g‘alaba qozonish 
munosabati bilan shovinistik kayfiyatni avj oldirdi. Hukumat Angliyaning harbiy qudrati va 
xalqaro roli oshib borayotganidan foydalanib o‘sha vaqtda tashkil topgan xalqaro tashkilot-
Millatlar Ittifoqi orqali mustamlakachilik hukmronligini saqlab qolish uchun alohida rejim bo‘lgan 
mandat sistemasini joriy qildi. Buning natijasida Germaniya mustamlakalari (Afrikada-Tanganika, 
bundan tashqari Fransiya bilan bo‘lishib olish asosida Togo va Kamerunning katta qismi) va 
Turkiya imperiyasi xududlari (Falastin, Transiordaniya va Iroq) hisobiga Angliyaning mustamlaka 
yerlari kengaydi.
Biroq, Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan g‘alaba ko‘p zararlar evaziga 
bo‘ldi. Angliya jahonda moliya ustunligidan mahrum bo‘ldi. Urush xarajatlari 11 milliard funt 
sterlingni tashkil etdi. Davlat qarzi 1913 yilda 645 million funt sterling bo‘lsa, 1919 yilda qariyib 
7 milliard 800 million funt sterlingga yetdi. Urushdan oldin ko‘pgina mamlakatlarga hatto 
AQShga ham qarz berib kelgan Angliyaning o‘zi AQShdan(1919 yilda 850 million funt 
sterlingdan ortiq) qarzdor bo‘lib qoldi. Urushda Angliya tomonidan 747,7 ming kishi halok bo‘ldi, 
1 million 693 ming kishi yarador bo‘ldi. U savdo flotining 70 % idan ajraldi. Jahon bozorida 
Angliyaning pozitsiyasi sezilarli darajada bo‘shashib qoldi. AQSH harbiy floti tez rivojlanib 
ketganligidan Angliya harbiy-dengiz flotining jahon flotidagi salmog‘i kamaydi.
Urushdan so‘ng Angliyaning iqtisodiyoti ancha zaiflashib, keyinchalik uzoq vaqtgacha 
deyarli turg‘unlik holatida bo‘ldi. Sanoat mahsulotining xajmi 1913 yildagiga nisbatan 1920 yilda 
61%, 1921 yilda 62%, 1924 yilda 88%, 1929 yilda 99,1% ni tashkil qildi.


1918 yil dekabrida Liberal partiya yetakchisi Lloyd Jorj boshchiligida tezkor saylovlar 
o‘tkazildi. U xalqqa tinchlik, ijtimoiy islohotlar, urush aybdorlarini jazolash va’dalarini berdi. 
Saylovda Lloyd Jorj g‘alaba qozondi.
1919 yil yanvarida L.Jorj boshchiligida konservatorlar va liberallardan iborat ikkinchi 
koalitsion hukumat tuzildi. Mazkur hukumat mamlakatni 1922 yil kuzigacha boshqardi. 
Konservatorlar hukumat tepasida epchil liberal L.Jorjning bo‘lishini afzal ko‘rdilar, asosiy 
ministrliklar esa o‘z qo‘llarida bo‘ldi. Konservatorlar partiyasining vakillari Kerzon tashqi ishlar 
ministri qilib, Cherchel harbiy ministr qilib tayinlandi.
Angliya mustamlaka va dominionlarida milliy ozodlik harakatlari ko‘tarildi va rivojlandi. 
1918 yilgi saylovlarda “Shinn feyn” ingliz parlamentining irlandiyaliklar uchun ajratilgan barcha 
o‘rinlarini egallab oldilar va Angliya parlamentida qatnashishdan bosh tortdilar.
1919 yil 21 yanvarda Angliya parlamentining Irlandiya deputatlari Dublinda yig‘ilishib, 
mustaqil Irlandiya parlamentini tuzdilar: Irlandiya respublika deb e’lon qilindi. Muvaqqat 
hukumat va armiya tuzildi. Edmon de Varle Irlandiya respublikasi birinchi prezidenti qilib 
saylandi.
Irlandiya va Angliya qo‘shinlari o‘rtasida jiddiy harbiy to‘qnashuvlar bo‘ldi va janglar 
boshlanib ketdi. Milliy ozodlik kurashiga rahbarlik milliy burjua kuchlari-shinfeynerlar (“yolg‘iz 
o‘zimiz”) qo‘lida bo‘ldi. 1921 yil dekabrida ingliz hukumati o‘ng shinfeynerlar, ya’ni milliy 
burjuaziya kuchlari bilan Angliya-Irlandiya bitimini imzoladi. Bitimga ko‘ra, Irlandiya ikkiga 
bo‘lib yuborildi: Shimoliy Irlandiya Angliya tarkibida qolaverdi va Angliya shundan boshlab 
“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi” nomini oldi. Janubiy Irlandiya “Ozod 
Irlandiya davlati” deb e’lon qilindi va dominion huquqini oldi.
Lloyd Jorj hukumati (1918-1922 yy) Angliyaning xalqaro mavqeini saqlab qolishga intildi. 
U Rossiyaning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashdi. Ingliz qo‘shinlari Murmansk va 
Arxangelsk shaharlariga kiritildi, mahalliy hokimiyat ag‘darildi. 1918 yil yozida ingliz qo‘shinlari 
Ashxobod va Boku shaharlarini egalladilar va Kaspiy dengizida o‘z flotiliyalarini yaratib, 
dengizdagi barcha qatnovni nazorat ostiga oldilar. Shuningdek, ular Boku-Batumi temir yo‘li 
ustidan nazorat o‘rnatdilar, Gruziya, Ozarbayjon va Armanistonda mustaqil hukumatlar tuzilishiga 
ko‘maklashdilar. Angliyaning maqsadi Rossiyani bo‘lib yuborish, 1916 yilda Fransiya bilan 
bitimda qayd etilgan va 1918 yil 13 noyabrda tasdiqlangan hududlar ustidan o‘z hukmronligini 
o‘rnatish edi. Angliyaning o‘zida Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar xalqning keskin noroziligi va 
namoyishlariga sabab bo‘ldi. Ingliz hukumati qurolli yo‘l bilan Rossiya hukumatini yo‘q qilishga 
urinishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Bu esa Lloyd Jorj hukumatiga berilgan og‘ir zarba edi.
Hindistonda ingliz mustamlakachilariga qarshi ozodlik xarakati yuksaldi. Amritsar 
shahrida qonli voqea (1919 yil 13 aprel) Panjob viloyatida qo‘zg‘olon (1919 yil aprel-may) va 
Hindistonning boshqa joylarida kuchli ommaviy chiqishlar yuz berdi. Ingliz hukumati o‘z 
mustamlakachilik rejimini saqlab qolish maqsadida yon berishlarga, konstitutsion reforma 
o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Hindiston milliy burjuaziyasining yuqori tabaqasi va pomeshchiklar 
mamlakatning siyosiy hayotida qatnashadigan bo‘ldilar.
1919 yilda Afg‘oniston xalqi o‘z mamlakatiga bostirib kirgan ingliz bosqinchilariga qarshi 
qurolli kurashga otlandi va uchinchi Angliya-Afg‘oniston urushida o‘z mustaqilligi uchun 
mardonavor kurashib g‘alaba qildi. Angliya Afg‘onistonning mustaqilligini tanishga majbur 
bo‘ldi.
1919 va 1921 yillarda Misrda ingliz mustamlakachilariga qarshi katta namoyishlar, ish 
tashlashlar, politsiya bilan to‘qnashuvlar va qurolli qo‘zg‘olonlar bo‘ldi. Shahar va qishloq 
mehnatkashlari bu kurash va qo‘zg‘olonlarning asosiy kuchlari edi. 1922 yil fevralida Angliya yon 
berishga majbur bo‘lib, Misr ustidan bo‘lgan o‘z protektoratini bekor qilajagini bildirdi. Misr 
rasman mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Lekin ingliz qo‘shinlari ilgargidek Misrda qola berdi.
Angliya strategik jihatdan muhim bo‘lgan O‘rta Yer dengizi hududida tayanch nuqtasiga 
ega bo‘lishni istar edi. Kipr Angliya tasarrufida bo‘lib, Gretsiyani ham o‘z ta’sir doirasiga oladigan 
bo‘lsa, O‘rta Yer dengizi mintaqasida Angliyaning rolini oshirib yuborar edi.


Angliyaning bu rejalarini Turkiya buzib yubordi. 1920 yilda Izmirning greklar tomonidan 
bosib olinishi bilan boshlangan grek-turk urushi 1922 yilgacha davom etdi. Angliya Egey 
dengizining har ikki tomonida Buyuk Gretsiya davlatini yaratish niyatida bo‘lgan greklarning 
da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Ingliz siyosatining mohiyatini yaxshi tushungan Fransiya va Italiya 
esa Gretsiyaning kuchayishiga qarshi chiqdilar. Angliya birinchi jahon urushidan keyin birinchi 
marta yakkalanib qoldi.
1922 yil 9 sentabrda Muddaniya yaqinidagi jangda grek qo‘shinlari tor-mor etildi va turk 
qo‘shinlari Izmirga kirdi. Angliyaning Turkiyaga qarshi urushda yordam so‘rab Yugoslaviya va 
Ruminiyaga qilgan murojaatlaridan natija chiqmadi. U o‘ziga qaram davlatlardan ham rad javobini 
oldi. Birinchi jahon urushida g‘alaba qozongan Angliya turk milliy-ozodlik harakati bilan urushda 
mag‘lub bo‘ldi.
Grek-turk urushidagi bu mag‘lubiyat Lloyd Jorj hukumatining ham mag‘lubiyati edi. Lloyd 
Jorjga qarshi matbuotda ayovsiz kompaniya boshlandi.
1919-1922 yillarda Turkiya va Eronda milliy ozodlik harakati, revolyutsion-demokratik 
kurashning yuksalishi natijasida Angliyaning bu mamlakatlardagi siyosati mag‘lubiyatga uchradi. 
Ingliz mustamlakachilari va Gretsiya bosqinchilarining Turkiyadagi intervensiyasi tor-mor qilindi. 
Imperialistlarning Turkiyada zo‘rlik bilan o‘rnatgan taslimchilik rejimi tugatildi. 1919 yilda 
Angliyaning Eron bilan imzolagan og‘ir shartli shartnomasi ham 1921 yil fevralida bekor qilindi. 
Angliya Afg‘onistondan tashqari, Turkiya bilan Eronning mustaqilligini ham e’tirof qilishga 
majbur bo‘ldi.
Lloyd Jorj hukumatining ichki va tashqi siyosati, xususan Irlandiyadagi voqealar 
mamlakatda norozilikni kuchaytirdi. tashqi siyosatning muvaffaqiyatsizliklari va mustamlaka 
masalalarida boshqa davlatlarga yon berish 1922 yil oktabrida konservatorlarni L.Jorj 
boshchiligidagi liberallar bilan aloqani uzishga majbur etdi, hamda 1922 yil oktabrida Bonar Lou 
boshchiligida va 1923 yil mayida Stenli Bolduin boshchiligida konservator hukumatlarining 
tuzilishiga olib keldi.
Angliya 1919-1920 yillarda vujudga kelgan imperialistik Versal sistemasining asosiy 
tashkilotchilaridan biri bo‘ldi. Angliya Parij sulh konferensiyasining tor doiradagi kengashlarida 
(masalan To‘rtlar kengashida) aktiv qatnashdi.
Angliya 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan Millatlar Ittifoqining 
boshliqlaridan biri bo‘lib qoldi.
Osiyo va Janubiy Amerika bazalari uchun, jahonda hukumronlik qilish uchun Angliya 
bilan AQSH o‘rtasidagi ziddiyat, Tinch okean zonasi va Uzoq sharqda Angliya bilan Yaponiya 
o‘rtasidagi ziddiyat, Yevropada va Yaqin Sharqda gegemonlik qilish uchun Angliya bilan Fransiya 
o‘rtasidagi kurash keskinlashdi. Angliya, ayniqsa, urushdan keyingi yillarda Yevropaning Sharqi 
va 
Janubi-Sharqida 
Fransiya 
pozitsiyasining 
kuchayishiga, 
Fransiya 
boshchiligida 
Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyadan iborat Kichik Antantaning tuzilishiga e’tiborsiz 
qaray olmas edi, albatta.
AQShdan olingan qarzlar masalasida ham Angliya bilan AQSH o‘rtasidagi munosabatlar 
jiddiy tus oldi. AQSH qarzlarning Angliya uchun ancha og‘ir bo‘lgan shartlarda to‘lashini talab 
qildi. Nihoyat, 1923 yil fevralida ikki o‘rtada bitim tuzilib, Angliyaning AQShdan olgan qarzlari 
30% kamaytirildi va Angliya qarzlarning qolgan qismini 62 yil mobaynida to‘lash majburiyatini 
oldi.

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish