qo‘lida to‘plandi. 1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati
boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning
lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini
o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok”
va “so‘l blok”lar tuzildi. “Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda
tashkil topdi. Eng reaksion burjua partiyalari
Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-
demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta
ketgan reaksioner Puankare va Milyeran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga
radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy
harakatni bostirish, Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq foydalanib,
Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish, mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni
talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va
shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi
Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo‘ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga
va deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 1920 yil
yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati (Milyeran, Ley, Brian,
Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran prezidentlik lavozimini egalladi.
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya,
Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-1920 yillarda Fransiyada
Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu
shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi.
Fransiya Angliya bilan birgalikda 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro
tashkilot Millatlar ittifoqida yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan
Versal sulh shartnomasini
tuzishda Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha
zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH bunga yo‘l
qo‘ymadi. Shunga qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olishdan
tashqari, Germaniya va Turkiya mustamlakalari hisobiga o‘z mustamlakalarini kengaytirdi, yaqin
Sharqda Turkiya mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi
sohilidagi Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator rayonlarni bosib oldi.
Fransuz harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari bilan birga Istambul yonida,
Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini
kengaytirishni mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919
yildayoq Klikiyada turk partizanlari fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk
qo‘shinlarining ingliz-grek bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi
Fransuz agressorlarini
shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi
tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga
kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin
chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi
bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va
Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat
bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning
tuzilishi
avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning
Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya
1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma
tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday
qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni
buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan joyda
imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini
mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda gegemonlik qilish uchun
urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham
kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya
bilan AQSH va Angliya
o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim
voqealar bo‘lib o‘tdi.
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda
Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga
javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z
qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir
qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga
oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri
butunlay bormay qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi
tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar
bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi
AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan
edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida
taslim bo‘lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi.
AQSH qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi.
Fransiyaning imperialistik
agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: