Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
yetding», deb duo qildilar. Payg‘ambarimiz ko‘rdilarkim, Ibrohim Halilulloh osmon 
farishtalarining Ka’basi — «Baytul Ma’mur»ga suyanib o‘tiribdilar. Baytul Ma’mur binosi 
Ka’ba to‘g‘risidagi bir uydirkim, uning haqiqatini Alloh bilur. Yer ustida Ka’bani hojilar 
tavof qilganlaridek osmonda farishtalar ani tavof qilurlar. Ul uy yaratilgandin beri, 
Payg‘ambarimizning aytishlaricha, har kuni yetmish ming farishta tavof qilib ketgaylar. 
Alarning ko‘pligidin, bir qatim tavob qilganlari ikkinchi kelishiga qiyomatgacha navbat 
topa olmaydilar. Mana bu joydin ham o‘tib, muborak qadamlari «Sidratul muntaho»ga 
yetdi. Payg‘ambarimiz aytishlaricha, bu narsa Allohning azamatlik qudratiga nishona 
bo‘lg‘udek, yemishlik ulug‘ bir daraxt ekandur. Payg‘ambarimiz shu daraxt ostiga 
kelganlarida, Alloh taolo o‘z habibini hurmatlash uchun ul daraxtga: «Bezangin», deb 
buyruq berdi. Shu holda shundoq husni-jamolga kirib, zebu ziynatlik bo‘ldikim, aning 
vasfini Allohdin o‘zga hech kimsa qila olmag‘ay. Jabroil alayhissalomning maqomlari shu 
joyda edi. So‘ngra bu joydin yuqori raf-raf bilan uruj qilib, ul Holiqi a’zam, Jabbori akram 
ulug‘ dargohiga yetdilar. «Qoba Qovsayni av adna» (eng oliy maqom) maqomiga 
erishdilar. Endi bu o‘rinda ne sirlar o‘tdi, qandoq hollar ko‘rindi? Mana ulardin og‘iz 
ochmoqqa hech kimning haddi sig‘maydur. Bu ishlarga iymon kelturib, taslim bo‘lmoqdin 
boshqa haqqimiz yo‘qdur. Alloh taolo shu Me’roj tunida, Payg‘ambarimizga va ham aning 
ummatlariga ellik vaqt namoz farz qildi. Qaytishlarida Muso alayhissalom yo‘liqib, «Ey 
Muhammad, buni ummatlaring ko‘tarolmaydilar. Qayt, Rabbingdin so‘ragil, buni 
yengillatsin», deb u joydin yondirdilar (qaytardilar). Payg‘ambarimiz dargohga kelib, 
yengillik talab qilgan edilar, besh namoz tushirildi. Muso alayhissalom yana so‘rog‘il, 
tushirsin. ummating bunga ham toqat qilolmaydi, dedilar. Shundoq bo‘lib, necha 
qaytadin borib keldilar. Eng oxirida besh namozga qaror topdi. Tangri taolo aytdi: 
— Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namoz qildim. Har 
namozga o‘n namoz savobini berdim, u besh vaqt namozni — ellik vaqt namoz o‘rnida 
qabul qildim. Ey Muhammad! Ummatlaringdan har kishi bir yaxshi ish qilmoqqa qasd 
qilsa, agar uni qila olmasa ham, shu yaxshilik savobini berdim. Agar qasd qilmish 
yaxshilikni qilib, bitursa, har biriga o‘n barobar savob yozdirdim. Yomonlik ishni qilishga 
niyat qilsalar, ammo uni qilib, yuzaga chiqarmasalar, yomon niyatlari uchun hech gunoh 
yozdirmadim. Agar u qilgan yomon niyatlarini amalga oshirsalar, birga-bir gunoh 
yozdirdim, — dedi. 
So‘ngra Payg‘ambarimiz bu ishlarga rozilik bildirib qaytdilar. Yo‘lda yana Muso 
alayhissalom yo‘liqib: «Ey Muhammad, bu besh vaqt namoz ham ummatlaringga 
og‘irdur. Bundan ham yengilroq qilish chorasini ko‘rgil», dedilar. Payg‘ambarimiz yana 
borishga hayo qilganliklaridan bu ishga jur’at qilmadilar. Qiyomatgacha shu besh vaqt 
namoz ummatlariga farz bo‘lib qoldi. 
Endi bu ulug‘ safarda Alloh taoloning qudrat-kamoliga hujjat bo‘lgudek ne ishlarni 
ko‘rdilarkim, barchalaridin eng ulug‘rog‘i — shu kechada Jabbori A’zamning jamoli 
pokiga musharraf bo‘lishlaridur. Bu ersa boshqa hech bir payg‘ambarga berilmagan eng 
ulug‘ karomat edi. Shuning uchun Rasulullohga berilgan hisobsiz mo’jizalarning eng 
ulug‘rog‘i Me’roj mo’jizasidur. Chunki eng yuqorigi olamdagi jannatni, eng tuban 
olamdagi do‘zaxni bu safar sayohatida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tamosha qildilar. 
Boqinglar, ey mo’minlar, Alloh taolo qudratigakim, shunchalik uzun muddatlik sayri 
sayohatlari esa bu cheksiz, tubsiz olamni aylanishlarida ko‘rilgan hisobsiz hodisalarning 
tamomi shu kechaning bir qismidagina bo‘lib o‘tdi. Endi biz mo’minlar bu ulug‘ mo’jizaga 
iymon keltiramiz va ham ishonamiz. Bayt: 
Taslim etamiz qudratiga ul qodiru dono 
Inkor etadur shumligidan bir nechayi gumroh 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish