Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
kechalab, xayru-baraka bilan o‘ralgan Masjidul Aqsoga eltdi. Bu eltishda ulug‘ 
qudratimizning alomatlarini unga ko‘rsatamiz». 
Mana shu oyatning ochiq mazmunicha, Payg‘ambarimiz kechaning bir parchasida 
Masjidul Haromdin chiqib, Quddus shahridagi Masjidul Aqsoga kelganlari onglanadi. Endi 
bu oyat shu masalada qat’iy dalil bo‘lganlikdan, Isroga inkor, ya’ni Masjidul Aqsoga 
kelish inkori iymonga muxolifdur. Ammo Me’roj deb «Masjidul Aqsodin osmon olamiga 
chiqqani aytilur. Bu esa hadis bilan sobit bo‘lgan masaladur. Bu haqdagi hadislar 
mutavotir, ya’ni, shaksiz hadislardur. 
Endi bu ulug‘ mo’jizaning bayoni shundog‘dirkim, bir kuni Payg‘ambarimiz «Oltin 
tarnov»ning osti, Ka’ba orqasi — Hatimda yonboshlab yotgan edilar. Shul chog‘da Jabroil 
alayhissalom bir necha farishtalar bilan hozir bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning ko‘krak 
chuqurlaridin boshlab, muborak ko‘ksilarini yordilar. Oltin jomda to‘liq «iymon-hikmat» 
suvi keltirilgan edi. Yuraklarini chiqarib, shu suv bilan chayqadilar. So‘ngra ilm-hikmat, 
iymon to‘ldirib, yuraklarini o‘z o‘rniga qo‘ydilar. Shu chog‘da, xachirdan kichikroq
eshakdin cho‘ngroq Buroq oti jannatdin keltirilgan edi. Uning ildamligidan, ko‘zi yetgan 
joyga oyoq qo‘yar edi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizni shu Buroqqa mindirdi. 
Oldinlarida o‘zi yo‘l boshlab yurib, xiyol o‘tmay Masjidul Aqsoga yetdilar. Ul joyda 
Ibrohim, Muso, Iso alayhissalom boshliq barcha Payg‘ambarlar kutmoqda edilar. 
Buroqdin tushib, o‘tgan Payg‘ambarlar bog‘lamish halqaga ani bog‘ladilar. So‘ngra 
Rasululloh Masjidul Aqsoga kirib qarasalar, barcha Payg‘ambarlar hozir ekanlar. Alarning 
talablaricha Payg‘ambarimiz imom bo‘lib, ikki rakat namoz o‘qidilar. Buning so‘ngida 
Jabroil alayhissalom bir kosa aroq, ikkinchi kosada sut keltirib, Payg‘ambarimizga: 
Ichgil, deb ishorat qildi. Payg‘ambarimiz aroqqa qaramasdin, bir kosa sutni olib ichdilar. 
Buni ko‘rib, Jabroil alayhissalom: 
Ey Muhammad, haqiqatni topding. Sening ummatlaring yahud, nasorolar kabi haq 
yo‘ldin adashib, gumrohlikka ketmas ekanlar, — deb bashorat berdi. 
Bundan keyin Rasullulohni yana Buroqqa mindirib, Jabroil alayhissalom jilovlarida, nosut 
olamidin lohut jonibiga, ya’ni yer ustidin osmonga ko‘tarildilar. Birinchi osmonga 
yetdilar. Jabroil alayhissalom eshik saqlovchi farishtaga: «Ochgil», dedi. «Kimdursan, 
kim bilan kelursan?» deb so‘radi. «Jabroildurman, yo‘ldoshim Muhammad», dedi. «Aning 
payg‘ambarlik davri keldimu?» deb darhol eshik ochdi. Dastlab qarshilariga otamiz 
Odam alayhissalom chiqdilar. «Xush keldingiz, ey aziz farzandim», deb haqlariga duo 
qildilar. Ul joydin ko‘tarilib, ikkinchi osmonga yetdilar. Ul joyda ham yuqoridagidek 
savol-javoblar bo‘ldi. Hazrati Iso, Hazrati Yahyo payg‘ambarlarning makonlari shu 
osmonda edi. Bu zotlar ham qarshi olib, xayr-duoda bo‘ldilar. Bundin o‘tib, uchinchi 
osmonga chiqish navbati yetdi. Yusuf alayhissalomning makoni shu osmonda edi. Jabroil 
alayhissalom eshik qoqdi. Yuqorigi savol-javoblar o‘tgandin so‘ngra eshikni ochdilar. 
Yusuf alayhissalom qarshi olib, Payg‘ambarimizni tabrikladi. So‘ngra bu joydin o‘tib, 
to‘rtinchi osmon sari yuzlandilar. Uning haqida «Varafa’nahu makanan aliyya» oyati 
kelgan. Hazrati Idris payg‘ambarning maqomlari shu edi. Bunda ham yuqorida o‘tgan 
so‘zlardin so‘ngra, eshik ochilib, Idris alayhissalom bilan ko‘rishdilar. Shundan so‘ng 
beshinchi osmonga ko‘tarildilar. Jabroil alayhissalom eshik qoqdi. Savol-javoblar 
o‘tgandan so‘ngra eshik ochildi. Horun alayhissalomning joylari shunda edi. 
Ko‘rishgandin so‘ng, bundin o‘tib, oltinchi osmonga chiqdilar. Muso alayhissalom shu 
joyda edilar. O‘tmish so‘zlardin so‘ngra eshik ochildi. Muso alayhissalom ta’zim bilan 
Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladilar. Yana ul joydin Buroq uchib, yettinchi ko‘kka 
yetkuzdi. Ul joyda bobolari Hazrati Ibrohim alayhissalomni ko‘rdilar. «Otangiz 
Ibrohimdur», degan ishorat bo‘lib, payg‘ambarimiz salom berdilar. Salom javobin 
qaytargandin so‘ngra: «Ey aziz farzandim, xush kelding, qandoq ulug‘ maqomlarga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish