1.2.
Davlat
moliyaviy
nazoratining
turlari
va
uning
umumiy
asosiy
faoliyati
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil
qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet
tasnifi bo‘yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga
oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini
to‘g‘ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat
funksiyasini amalga oshirilishidir.
Nazorat funksiyasi orqali budjet mablag‘laridan maqsadli
foydalanish, mulklarni saqlanishi va tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi
tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Budjet hisobida ham yuqorida qayd etilganidek, nazoratning uch
turi qo‘llaniladi:
•
dastlabki nazorat;
•
joriy nazorat;
•
keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat
– smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida
amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek,
qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat
– budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir
bo‘lgan muomalalarni qonuniyligi, pul mablag‘larini oqilona sarflanishi,
mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga
mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqa lar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat
– umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo‘lib,
hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga
oshiriladi.
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning obyektlari moliya
organi, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlari hisoblanib,
nazorat borasida ular quyidagilarga bo‘linadi:
1.
budjet daromadlari va xarajatlari;
2.
budjet pul mablag‘lari, budjet ssudalari;
3.
hisoblashuvlar bo‘yicha mablag‘lar, aylanma kassa mablag‘lari;
13
4.
budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari;
5.
moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar;
6.
majburiyatlar va moliyaviy natijalar.
Yuqorida keltirilgan obyektlarning 1-3 moliya organlari va davlat
maqsadli jag‘armalariga taalluqli bo‘lib, 4-6 budjet tashkilotlriga
taalluqlidir.
Budjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning subyektlari bo‘lib:
1.
Hisob palatasi;
2.
Moliya vazirligi;
3.
Davlat Soliq qo‘mitasi;
4.
Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida).
Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan bo‘lib, nazoratning asosiy
subyekti hisoblanadi.
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini
amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni haqqoniyligini aniqlash
va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi
vazfilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirish hamda
uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2.
Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri
xujjatlashtirilishini aniqlash;
3.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti daromadlari va
xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini haqqoniyligini
aniqlash
4.
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob varaqlarini yuritilish
holati va harakatining to‘g‘riligini aniqlash;
5.
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini
amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish;
6.
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni
shakllantirilishini tekshirish;
7.
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;
8.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya
organlari yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish chog‘ida davlat
budjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1.
Budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
14
2.
Budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona
organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar
oladi;
3.
Budjet
tashkilotlaridan
budjet
va
budjetdan
tashqari
mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib
oladi;
4.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari
harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
5.
Budjet
mablag‘larini
oluvchilarning
moliyaviy
xo‘jalik
faoliyatini auditdan o‘tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet
ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi.
Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
•
smeta-moliya
hujjatlarini,
bunda
budjet
mablag‘laridan
qonunchilikka va budjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy
rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama
o‘rganishni amalga oshirish;
•
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va
bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z
vaqtida
tashkilotlarga
etkazish
bo‘yicha
ishlarni
to‘g‘ri
tashkillashtirishga erishish;
•
daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi
qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga
olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va
xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning
asoslanganligini e’tiborga olish;
•
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari
bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda
tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida budjetdan
moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida
smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur
hollarda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasiga,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Vazirlar
Kengashiga,
tegishli
15
hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha
takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar
summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi
va o‘z vaqtida etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam
umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:
Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog‘liqligiga qarab, ichki
va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo‘linadi;
budjetning tegishli darajasiga bog‘liq holda, davlat boshqaruvi
darajasiga ko‘ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi;
O‘zbekiston
Respublikasi
moliya
vazirligi
nazorat-taftish
boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari;
Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki
nazorat xizmati.
Rejadan tashqari nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat organlari va
deputatlik so‘rovlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |