Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

b)
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat budjeti ijrosini 
yilning har choragida ko‘rib chiqadi. 
v)
O‘zbekiston
Respublikasi
moliya
vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya 
organlari Davlat budjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi: 
- turli darajadagi budjet ijrosi natijalarini ko‘rib chiqadi; 
- soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taqsimlovchi 
organlardan turli darajadagi budjetlar mablag‘larining kelib tushishi 
to‘g‘risida axborotlar oladi; 
- davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar 
hisobidan budjet mablag‘lari oluvchilari yuridik majburiyatlarini 
ro‘yxatdan o‘tkazish orqali (G‘aznachilik) dastlabki nazoratni amalga 
oshiradi; 
- budjetdan 
mablag‘ oluvchilar moliyaviy majburiyatlarining 
hisobini yuritish orqali (G‘aznachilik) va ularning nomidan mol yetkazib 
beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun ularning 


17 
schyotiga bevosita pul o‘tkazish orqali yoki boshqa ko‘zda tutilgan 
maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to‘lovlarni to‘lash va boshqalar) 
to‘lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi; 
- qonunchilikka ko‘ra bankdan budjet mablag‘larining harakati 
to‘g‘risida ma’lumot oladi; 
- o‘zining vakolati doirasida taftish o‘tkazadi va budjetdan mablag‘ 
oluvchilar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi; 
- keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy 
bo‘linmalari) respublika va mahalliy darajada amalga oshiradi. 
g) ichki nazorat xizmati 
Respublika va mahalliy davlat boshqaruvining ichki nazorat 
xizmati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda 
nazorat funksiyasini amalga oshiradi. 
Ichki nazorat xizmati: 
- davlat organlarining faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha uning ishining 
unumdorligi va sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi; 
- davlat organlari, uning hududiy bo‘linmalari va bo‘ysinuvchi 
tashkilotlar faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha baholashni amalga oshiradi 
hamda davlat organlarining birinchi rahbariga uning faoliyatini 
yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi; 
- O‘zbekiston Respublikasi budjet va boshqa qonunchiliklarini 
davlat organlari rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi; 
- Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga 
oshirishni va natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi; 
- Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to‘g‘ri va 
ishonchli yuritilishi nazoratini amalga oshiradi; 
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika va 
mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanishda buzilishlarni aniqlaydi, 
oldini oladi va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi; 
- Nazorat natijalrining jami bo‘yicha qaror qabul qilish, nazorat 
obyektlarining yo‘nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi; 
- Nazorat obyektlaridan belgilangan muddatlarda nazorat o‘tkazish 
bilan bog‘liq zarur hujjatlar, spravka, og‘zaki va yozma tushuntirish 
xatlari so‘rashi va olishi mumkin; 
- nazorat tadbirlarining savollari bilan bog‘liq, tegishli sir saqlash 
rejimiga rioya qilishi, xizmat, tijorat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
sirni saqlagan holda nazorat obyekti hujjatlari bilan hech qanday 
to‘siqsiz tanishishi; 


18 
- davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa ishlarni 
amalga oshirishi mumkin. 
Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari 
to‘g‘risida hisobotlar va davlat organi ishining samaradorligini oshirish 
maqsadida, uning faoliyati bo‘yicha to‘g‘ri va yakuniy natijalarga 
erishish uchun ichki jarayonlar, qoidalar, protsesslarni yaxshilash 
bo‘yicha tavsiyalar beradi. 
Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy 
bo‘linmalarga bog‘liq emas, faqat davlat organining birinchi rahbariga 
bo‘ysinadi va unga hisobot beradi. 
Ichki nazorat xizmati ijro organi bo‘lib, viloyat budjeti hisobidan 
moliyalashtiriladi, ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini 
amalga oshiradi, viloyat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi va tegishli 
ijro organlari tuman (viloyat ahamiyatga ega shahar) budjeti hisobidan 
moliyalashtiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish