Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
6.2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi 
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad, sodir bo‘lgan Xo‘jalik 
muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo‘llanilayotgan 
tartibning O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari talablariga 
muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini 
tartibga soluvchi asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
«Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom» bo‘lib hisoblanadi
1

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to‘g‘riligini va mahsulot, ish 
hamda xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini 
aniqlash uchun quyidagilarni tekshirish lozim: 
1. Hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish 
xarajatlari schyotlarida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonarli aks ettirilishi. 
2. Ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom-ashyolar, materiallar, 
yoqilg‘ilar, ehtiyot 
qismlar 
va 
yoqilg‘i-moylash 
materiallarini 
baholashning to‘g‘riligi. 
3. Belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif 
stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va 
mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning 
ta’minlanganligi. 
4. Noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish 
sabablari hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi va ularni 
kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar. 
5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning 
to‘g‘riligi. 
6. Tovarlar, YoMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini 
hisobdan o‘chirishning to‘g‘riligi. 
7. Quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga 
qo‘shishning to‘g‘riligi va asoslanganligi: 
1
www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy sayti


126 
- ta’sis hujjatlariga muvofiq, qo‘shma subyektda ishlab chiqarishda 
bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va 
kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
- xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt turar joy ijarasi, xizmat 
safari joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’yorlar 
doirasida ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari 
xarajatlari. 
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish 
xarajatlarining to‘g‘ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini 
tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat)larning rejadagi va hisobot 
kalkulatsiyasining to‘g‘riligini xarajat moddalari bo‘yicha tekshiriladi. 
Natijada reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovutlarni moddalar 
bo‘yicha taxlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xomashyo va 
materiallarni sarflashning to‘g‘riligi, baholar to‘g‘riligini tekshirish 
metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to‘g‘ri keladigan xarajat 
me’yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. 
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar 
tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot 
davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va 
realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi kabi aniqlanadi. 
Xo‘jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili 
tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat) 
lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish 
(xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. Masalan, auditorga 
tekshiruv o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazmunidan 
ma’lum bo‘lishicha, tekshirilayotgan subyekt tomonidan o‘tgan yili 
dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi 
to‘langan. Ushbu xarajat shu vaqtning o‘zida, ya’ni o‘tgan yili dekabr 
oyida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu 
Xo‘jalik muomalasini asossiz, ya’ni o‘tgan yildagi mahsulot (ish, 
xizmat) lar tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani 
hamda foyda solig‘ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya 
qildi. Shu bilan birga to‘langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy 
summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o‘chirishi 
lozimligini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida» gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, subyektda sodir etilgan 
barcha Xo‘jalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga 
oshirilib bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi 
lozim. 
Xarajatlarni 
hujjatlashtirish 
tamoyili 


127 
auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning 
mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks 
ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish