129
7-MAVZU. XODIMLAR BILAN MEHNATGA HAQ TO‘LASH
BO‘YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI
7.1. Auditning maqsadi, ma’lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi
va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish
Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar korxonalardagi mehnat
jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligining
asosiy hujjati O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
1
(O‘zR
MK) hisoblanadi. Bunda xodimlarning
asosiy mehnat huquqlari
belgilangan.
Har bir xodim:
-
o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik
ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
-
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator
kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish
kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar
berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
-
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob
beradigan sharoitlarda
mehnat qilish;
-
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
-
ish bilan boqliq holda sog‘ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash;
-
kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining
manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
-
qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan
mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy
ta’minot olish;
-
o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud
orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
-
jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z
manfaatlarini quvvatlash
huquqiga egadir
2
.
Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq
to‘lash va ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat
munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me’yoriy
hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular
1
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O’zR. 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan va 1996-
yil 1-apreldan amalga kiritilgan.
2
Shu erda , 16-modda.
130
korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi
vakillari ishtirokida
ishlab chiqilganligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Mehnat shartnomalari
1
:
-
ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o‘rtasida
(jamoa shartnomasi);
-
ish beruvchi va ayrim xodimlar o‘rtasida (mehnat shartnomasti,
to‘liq moliyaviy mas’uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin.
-
quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
-
korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari
o‘z rahbarlari timsolida;
-
mulkdorlarning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy
korxonalar;
-
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda.
-
Ish beruvchi:
-
korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil
qarorlar qabul qilish;
-
qonun hujjatlariga muvofiq yakka
tartibdagi mehnat tuzish va
bekor qilish;
-
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim
darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
-
o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar
bilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish
huquqiga egadir.
«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar
ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda
nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan
shartlari haqiqiy
emasligi kafolatlangan»
2
. Ularni qo‘llash mehnat qonunchiligini buzish
hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari
ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»
3
to‘lamagan
taqdirda xodim o‘z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O‘zR MK da
belgilab qo‘ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli.
Ish beruvchi haq to‘lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi
vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa
biror organ) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar
1
Xasanov N., Xaydarov Ch. va boshq. Korxonalarda ish haqi. - T.: 2004, 4-b.
2
O’zR Mehnat kodeksi. 5-modda.
3
Shu erda, 157-modda.
131
o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy
kasbga oid munosabatlarni
tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat
jamoasi a’zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to‘lash shartlari,
mehnat jamoasi a’zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy xizmat
ko‘rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar
hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan
kasaba uyushmalari yoki
o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan -
bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
Tekshiruv o‘tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada
mehnatga haq to‘lashning qanday shakllari va tizimlari qo‘llanilishi,
xodimlar jadvali, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash to‘g‘risida ichki
nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to‘lash hisobi
qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo‘limi komputerlashganligi va
boshqalarni aniqlashi lozim. Xodimlar
bilan mehnat haqi yuzasidan
hisob-kitoblar bo‘yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi
holatini tekshirish yuzasidan testlar va savolnomasini o‘tkazish
bo‘yicha namunaviy savollar ro‘yxati 7.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: