Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va 
ma’lumot manbalari nimalardan iborat? 
2.
Tovar-moddiy zaxiralar auditining ketma-ketligi qanday? 
3.
Tovar-moddiy zaxiralar mavjudligi va saqlanishi qanday 
tekshiriladi? 
4.
Tovar-moddiy zaxiralar omborxona va boshqa saqlash 


119 
joylaridagi hisobi qanday tekshiriladi? 
5.
Tovar-moddiy zaxiralarii baholashning to‘g‘riligi qanday 
tekshiriladi? 
6.
Tovar-moddiy zaxiralar sotilishi va boshqacha tarzda
hisobdan chiqarilishi kanday tekshiriladi? 
7.
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirishni xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
8.
Tovar-moddiy 
zaxiralari 
inventarizatsiyasini 
o‘tkazish 
muddatlari va tartibi qanday? 
9.
Inventarizatsiya materiallarini rasmiylashtirishda qaysi me’yoriy 
hujjatga asoslaniladi? 
10.
Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha katta summada kamomad 
aniqlanganda, auditorni xatti-harakati qanday bo‘lishi kerak?
 


120 
6-MAVZU. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB 
CHIQARISH, TANNARX HISOBLASH VA SOTISH BILAN 
BOG‘LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY 
MUAMMOLARI 
 
6.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy 
asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish 
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – tovar-moddiy zaxiralarini 
(materiallar, mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga 
aylantirishdir. Bu holatda auditning maqsadi ishlab chiqarish 
xarajatlarini asosli shakllanganligi va to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab chiqarilgan 
mahsulot (sotib olingan tovar) larning sotishdan olingan yakuniy 
moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog‘liq. Ishlab chiqarish 
xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar 
auditining vazifalari quyidagilardan iborat: 
a) dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari bo‘yicha 
ishlab chiqarish xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
xarajatlarning tarkibi va tizimini o‘rganish; 
b) ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy 
faoliyat bo‘yicha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar 
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks etirilganligini aniqlash; 
v) ma’lumotlar to‘plash uchun auditorlik muolajalarini amalga 
oshirish va h.k. 
Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo‘yicha operatsiyalar 
to‘g‘risida ma’lumot manbalari quyidagilar hisoblanadi:
-
yuk xatlari, talabnomalar, materiallarni cheklab olish 
haritalari; 
-
buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad); 
-
ish vaqtini hisobga olish tabellari; 
-
hisob-kitob varaqalari; 
-
2010, 2310, 2510-sonli va boshqa schyotlar bo‘yicha hisob 
registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.);
Bosh kitob va boshqalar. 
Tekshiruv obyektini tartibga soluvchi asosiy qonunchilikka oid va 
me’yoriy hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30-avgust 
holatiga o‘zgartirishlar bilan. 1996-yil 29-avgustda 257-1- sonli 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997-yil 1-martdan 


121 
kuchga kirgan. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008 yil.. 
3.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi 
qonuni. 1996-yil 30-avgustda tasdiqlangan. 
4.
O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi 
qonuni (yangi tahriri). 2000-yil 26-mayda tasdiqlangan 
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-
fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) 
larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom». 
6.
21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-Xo‘jalik 
faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash 
haqida yo‘riqnoma». 2002-yil 9-sentyabrda 103-son bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002-yil 23-
oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. 
7.
4-sonli «Tovar moddiy zahiralari» O‘zbekiston Respublikasi 
BHMS. 1998-yil 28-avgustda 486-son bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. 
8.
Umumdavlat soliqlarini hisoblash va budjetga to‘lash to‘g‘risida 
yo‘riqnomalar. 
9.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va budjetga to‘lash 
to‘g‘risida yo‘riqnomalar. 
10.
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy 
standartlari. -T.: O‘BAMA-2004. 
11.
Moliyaviy hisobot shakllari, 2002-yil 27-dekabrda O‘zR 
Moliya vazirining 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 
Auditor ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va 
moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tizimini yoppasiga o‘rganib 
chiqadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar 
auditining obyekti quyidagi 6.1-jadvalda keltirilgan. 
Ammo, auditning yuqorida qayd etilgan maqsadi - ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
xarajatlar auditini bajarishga kirishishdan avval, ishlab chiqarish va 
xarajatlar jarayoni bo‘yicha ichki nazorat tizimining kuchli va zaif 
tomonlarini baholash maqsadida dastlabki sharhni tayyorlash lozim. 
Sharh natijalariga ko‘ra subyekt ma’muriyatining ishlab chiqarish 
xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga 
nisbatan bo‘lgan munosabati aniqlanadi.


122 
6.1-jadval 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish