Takrorlash uchun savollar
1.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar auditida qanday
me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi?
2.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan xatolar
nimalardan iborat?
3.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari qanday
tekshiriladi?
4.
Hisoblangan mehnat haqi va undan ushlanma va to‘lovlar
to‘g‘riligini qanday tekshiriladi?
5.
Xodimlar
mehnatiga
haq
to‘lash
hisobini
to‘g‘ri
rasmiylashtirilishini tekshirish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
6.
Asosiy
ishlab
chiqarishdagi
xodimga
mehnat
haqi
hisoblanganda qanday buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi?
7.
Xodimning daromadidan soliq summasi qanday tartibda
hisoblanadi?
8.
Korxonaning asosiy shtatida bo‘lmagan ishchilar tomonidan
bajarilgan ish, xizmatlar hajmi qanday tekshiriladi?
9.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xatoliklar aniqlanganganda
auditorning xatti-harakatlari qanday bo‘ladi?
10.
Boshqaruv xodimlarining maoshlariga sarflangan mablag‘lar
qaysi xarajatlar tarkibiga olib boriladi?
141
8-MAVZU. PUL MABLAG‘LARI HARAKATI BILAN BOG‘LIQ
MUOMALALAR AUDITINING USLUBI
8.1. Pul mablag‘lari auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot
manbalari
Kassa muomalalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga
oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq,
barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘zlarining
pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart.
«Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-
kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar
qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat shunga sarflanadi.
Tashkilotlar o‘z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig‘i limitlari
doirasida naqd pullarga ega bo‘lishlari mumkin. Kassalardagi naqd
pullar qoldig‘i limitlari va tushumni ishlatish me’yorlarini bank
muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda
belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik
xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno.
Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan limitlar qayta ko‘rib chiqilishi
mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar savdo va maishiy xizmatlar
sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar
to‘lashga foydalanishlari man etiladi»
1
.
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir
ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi
uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy
maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valyutadagi
(5020) naqd pul mablag‘larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta
(5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610)
1
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari». O’zR markaziy banki boshqaruvi
tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376-son (1/16-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan. Mazkur qoidalarga
quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR AV 30.07.1999 y. 565-1-son bilan ro’yxatga olingan 1-son
qo’shimcha, O’zR AV 14.12.1999 y. 565-2-son bilan ro’yxatga olingan 2-son qo’shimcha, O’zR AV 31.07. 2000 y.
565-3-son bilan ro’yxatga olingan 3-son o’zgartish va qo’shimchalar, O’zR AV 03.04.2003 y. 565-4-son bilan
ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori, O’zR AV 05.03.2004 y. 565-5-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MBB qarori.
142
hamda yo‘ldagi pul (o‘tkazmalari) mablag‘lari (5710) schyotlariga doir
muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning
«Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va
bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyotining
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga
muvofiqliligi to‘g‘risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va
ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks
ettirilishi hamda qonuniyligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal
etish zarur:
- inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul
mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy
qoldig‘ini aniqlash;
- kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar
tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya
qilinayotganligini aniqlash;
- bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus
schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;
- o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa
qilish.
Fanga oid o‘quv adabiyotida pul mablag‘lari auditorlik tekshiruvini
o‘tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag‘lari oqimini aks
etuvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi,
ishonchliligi va Xo‘jalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini
aniqlashdir.
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma’lumot manbalari pul
mablag‘lari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa
operatsiyalari auditi o‘tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga
rioya qilinganligini aniqlashdan iborat:
- naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni
bankdan olib kelishda saqlash sharoitlari;
- chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan
ko‘chirmalar va ular bo‘yicha pul olish tartibi;
- kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini
hujjatli rasmiylashtirish qoidalari;
- kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat
safarlari, Xo‘jalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul
berilishi;
143
- banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va
tushumlar o‘z vaqtida va to‘liq kirim kilinishi;
- kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya
qilinishi;
- kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada
saqlanayotgan boshqa boyliklar bo‘yicha tahliliy hisob daftarlari
yuritilishi;
- jo‘natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy
boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish
tartibi;
- banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq
ishlatilishi;
- ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo‘lgan naqd pul
banklarga to‘liq qaytarilishi;
- ishonch qog‘ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga
naqd pul berish holatlari mavjudligi.
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbasi quyidagilar
hisoblanadi:
- naqd pullarni kirim qilish va berish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni
rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2);
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini
ro‘yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za);
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
- 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 - «Hisob-kitob
schyoti», 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo‘yicha), schyotlari, 006 -
«Qat’iy hisobot blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-
kitob schyotlari bilan korrespondentlangan schyotlar bo‘yicha hisob
registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari»1.
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko‘ra, ushbu muomala
bo‘yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada
amalga oshirilgan Xo‘jalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi
bajariladigan
vazifa
kassadagi
naqd
pullar
holatini
nazorat
o‘tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir.
Kassadagi pul mablag‘larining audit uchun asosiy manba bo‘lib kirim-
chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro‘yxatga olish
daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |