275
Auditor esa bu vazifasini nafaqat bajarish, balki korxona moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini yaxshilash uchun yo‘l ko‘rsatishi,
korxona
xodimlariga keyingi davrda ularni xatti-harakatlari qanday bo‘lishi
kerakligi haqida maslahat berishi zarur.
Audit va iqtisodiy tahlilning umumiy sohasi foydalanuvchilarni
moliyaviy faoliyatni yaxshilash bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlashga
qodir bo‘lgan NMATni yaratishni obyektiv talab qiladi.
Audit va taftish.
Taftish predmeti - ishlab chiqarish-xo‘jalik
faoliyatini qonuniy va haqqoniy aks ettirishdir. Audit predmeti taftish
bilan solishtirganda sal kengroq bo‘lib, bu mulk va moddiy zaxiralari
bilan bog‘liq muomalalarning nafaqat qonuniyligi, balki soliqqa tortish,
pensiya
ta’minoti,
mol-mulkni baholash, xo‘jalik yuritishning
samaraliligi masalalari hamdir. Auditor doimo u yoki bu muomalaning
qonuniyligi faktini qayd qilib emas, balki xo‘jalik
muomalalari
jarayonlarini mijozga yordam nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Audit va sud-buxgalteriya ekspertizasi.
Sud-buxgalteriya
ekspertizasi taftishning bir qismi bo‘lgani sababli, audit bilan nazorat
muolajalarining yanada kamroq miqdori bilan to‘qnash keladi.
Ekspertiza
xo‘jalik
faoliyatini
hujjatlarda
rasmiylashtirishning
qonuniyligi buzilish faktlarini qayd qilishga ustuvor yo‘naltirilgan, shu
bilan birga chegaralangan va yopiqdir. Audit haqida esa bunday fikr
yuritish mumkin emas.
Shunday qilib, audit faoliyatning bir necha turlari ichiga, ularning
uslublari va tashkil qilish asoslarini sintezlashtirib kirib boradi.
Auditda,
iqtisodiy
tahlilda,
taftish
va
sud-buxgalteriya
ekspertizasida umumiy sohalarning mavjudligi, barcha ko‘rsatib o‘tilgan
tavsiflarga ega bo‘lgan NMATni tashkil qilishni talab qiladi.
Bunday turdagi tizim tashkiliy tuzilma nuqtai nazaridan,
bajarish
vazifalari turlicha bo‘lgan ikkita qismdan tashkil topishi lozim. Iqtisodiy
tahlil va taftish turli maqsadlarni ko‘zlagani kabi, NMAT ham bir
tomondan, nazorat qilish, ikkinchi tomondan esa maslahat berish uchun
mo‘ljallangan. Bunda NMAT tashkil qilish asoslari shunday bo‘lishi
kerakki, uning qismlaridagi qarama-qarshi maqsadlarga samarali
erishish ta’minlanishi kerak. Bunday asoslarga:
- Umumtizim qismini yaratish uchun: a) komplekslilik; b) axborot
saqlashning yagona tizimi;
- Nazorat qiluvchi qismni yaratish uchun: a) auditorlik xatolari
paydo bo‘lishi tavakkalchiligining eng kamligi (minimumi); b)
ma’lumotlarni minimal,
lekin etarli darajada kiritish; v) auditorlik
hisobotlarini tashkil qilish sxemalarining birligi va kelishilganligi;
276
- Maslahat beruvchi qismni yaratish uchun: a) natijalarni
taqqoslash; b) natijalarning maqsad sari yo‘naltirilishi; v) natijalar
noaniqligining minimumi kabilar kiradi.
Komplekslilik prinsip turli axborot
tizimini tashkil qilishda
umumqabul qilingan bo‘lib, real jarayonlar (bu sharoitda audit modelini)
umumiy modelini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Umumiy model tizim
tuzilishining asosiy maqsadlarini, chegaralarini, xo‘jalik jarayonlarini
buxgalteriya hujjatlarida qayd qilish usullarini aks ettirishi lozim.
Umumtizim modelining mavjudligi audit vazifalari, nazorat muolajalari
va
uslublari, birlamchi buxgalteriya hujjatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rnatish imkonini beradi.
Ma’lumotlarni saqlashning yagona tizimi prinsip barcha axborot
tizimlari uchun ajralmas xarakteristika, ya’ni ma’lumotni kiritish bir
marta va undan ko‘p marotaba foydalanishga ahamiyat qaratadi. Yagona
axborot bazasi turli vazifalarga xizmat ko‘rsatish
bilan birga,
ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun qilinadigan xarajatlarni
qisqartirish imkonini beradi.
Nazorat-taftish ishining uslublari o‘ziga xos bo‘lib, ularni bir
necha guruhga ajratish mumkin:
- tasdiqlovchi hujjatlar va yozuvlarni tekshirishga mo‘ljallangan
uslublar;
- ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat tekshirish uchun qo‘llaniladigan
uslublar;
- taftishchilarning tahliliy ish uslublari va boshqalar. Sud-
buxgalteriya ekspertizasining predmeti bo‘lib, noqonuniy xatti-
harakatlarga yo‘l qo‘yilganligi haqidagi hujjatlar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: