282
bo‘yicha bajariladigan barcha muomalalar ustidan amalga oshiriladigan
nazorat bilan xarakterlanadi. Nazoratning holati,
apparat va dasturli
vositalar firmaning barcha bo‘g‘inlari uchun bir turda bo‘lishi mumkin.
Aksincha, ma’lumotlarni markazlashgan tarzda qayta ishlanishi hududiy
jihatdan yiroq bo‘lgan bo‘limlarni boshqarish va nazoratni mustaqil
ravishda amalga oshirishlariga imkon beradi. Bu sharoitda apparat va
dasturiy vositalar turli xilda bo‘lishi mumkin va nazorat paytida kerakli
ma’lumotlarni olish uchun ko‘p miqdordagi kompyuterlarni ko‘rib
chiqishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash bilan
bog‘liq bo‘lgan mutaxassislarning miqdorini va ularning kompyuter
texnologiyasidan xabardorlik darajasini ham baholash zarur.
Avtomatlashtirilgan
audit
uslublarining
qo‘llanilishi
soha
mutaxassislarining bo‘lishini talab qiladi. Tekshirish jarayonida
ma’lumotlarni kompyuterlarda qayta ishlashning auditga ta’sirini
baholash uchun, buxgalteriya hisobi opreratsiyalarining bajarilish yo‘lini
aniqlash hamda auditorlik muolajalarni ishlab chiqish va bajarish uchun
mutaxassislarni jalb qilish mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlash
bo‘yicha, dastur tillari bo‘yicha, paketi bo‘yicha ham mutaxassislar
talab qilinishi mumkin. Tizimlar bo‘yicha mutaxassislar, dasturchilar va
operatorlar
o‘rtasida majburiyatlarning taqsimlanishini o‘rganib
chiqilishi zarur.
Auditor ichki nazorat uslublarini o‘rganishda quyidagi masalalar
yuzasidan tasavvurga ega bo‘lish kerak:
- tizimlar va hujjatlarni
ishlab chiqish andozalari, ulardan
foydalanish darajasi;
- nazorat usullarining mavjudligi, sifati, dasturlari va tizimning
har xil ko‘rinishlari;
- moliyaviy va boshqa hisobotlarga kirishning qulayligi, masalan,
ma’muriyatga taqdim etiladigan ma’lumotlar.
Buxgalteriya hisobi tizimini o‘rganishda auditor tizimda amalga
oshiriladigan
muomalalarning
ketma-ketligini
o‘rganishi zarur.
Muomalalar ketma-ketligi zanjirini aniqlash firma tomonidan taqdim
qilingan yozma izohini ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Ma’lumotlarni
qayta ishlashning kompyuter tizimidan foydalanilganda yozma izoh o‘z
ichiga foydalanuvchilar uchun qo‘llanma va ko‘rsatmalarni, fayllar
tuzilmasini, sxemalar blokini va sharhlarni olishi kerak.
Ichki audit
uchun javobgar shaxslardan buxgalteriya hisobi tizimini tushunish
uchun foydali bo‘lgan, muomalalar bajarilishining ketma-ketligiga
taalluqli bo‘lgan tayyor hujjatlarga ega bo‘lish mumkin. Shu sababli,
283
tekshirishni rejalashtirishning avvalida shunday hujjatlar mavjudligini
aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tavakkalchilikni baholash bilan
bog‘liq.
Kompyuter
tizimida
tavakkalchilikni
baholash
quyidagi
harakatlarni o‘z ichiga oladi:
- amaldagi buxgalteriya ma’lumotlarida uchraydigan turli xildagi
xatolar va ularni guruxlashtirish;
- muomalalar ketma-ketligi zanjirida ma’lum bir turdagi
xatolarning paydo bo‘lish ehtimoli bor joylarni aniqlash;
- nazoratning aniq maqsadini amalga oshirilishini ta’minlaydigan,
maxsus muolajalarni belgilash;
- nazorat asosiy muolajalarining bajarilish samaradorligini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yordamchi muolajalarni belgilash;
-nazorat muolajalari ta’minlaydigan nosamaradorlik tavakkalchiligi
darajasini aniqlash maqsadida nazorat muolajalari tuzilmasini baholash.
Kompyuterlar qo‘llanganda quyidagi
holatlarda xatolar paydo
bo‘lishi mumkin:
- tizimni ishga tushirishga ruxsat olish bo‘yicha vazifalar zanjiri
bilan bog‘liq boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorlashda;
- ma’lumotlar mashinasiz qayta ishlanganda, masalan buxgalteriya
ma’lumotlari qo‘lda hisoblab chiqilganda;
- boshlang‘ich ma’lumotlarni mashina o‘qiydigan shaklga
keltirganda;
-qayta
ishlashda
foydalanish
uchun
kirish
fayllari
moslashtirilganda;
- ma’lumotlarni bir dasturdan ikkinchi dasturga o‘tkazishda;
- chiqish fayllarini yaratish yoki asosiy fayllarga tuzatish kiritish;
- kompyuter tomonidan muomalalar qayd etilishida;
- chiqish fayllari va hisobotlarning yuzaga kelishida;
Bunday ko‘rinishdagi xatolar, kompyuter tizimida, auditor
tomonidan faoliyat rejalashtirilishida inobatga olinishi shart. Oddiy
kompyuter tizimlarida ma’lumotlar to‘laligicha markaziy kompyuterda
qayta ishlanishini nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni guruhlashni ko‘zda tutadi.
Operator kompyuterning kutubxonasidan kerakli bo‘lgan
dasturlar va
asosiy fayllarni chaqiradi. Tizimni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
qo‘llanmadagi ko‘rsatmalarga binoan bir turdagi muomalalar, ayni bir
xil dasturlar va asosiy fayllarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Kompyuter tizimidagi nazorat muolajalarini ikki - umumiy va
ustama bosqichlarga bo‘lish mumkin. Nazoratning umumiy muolajalari
284
kompyuter tizimining barcha yoki ko‘pchilik funksiyalari uchun qo‘l
keladi. Bularga, dasturlar va ma’lumotlar bazasi fayllariga kirishni
nazorat qilish kiradi. Nazoratning ustama muolajalari kompyuter
hisobining
aniq
funksiyalari
bilan
bog‘liq
bo‘lib,
auditorlik
tekshirishining boshlang‘ich bosqichida ko‘rinadi.
Moddiy boyliklarning saqlanishi,
yozuvlarning yuritilishi, davriy
solishtirish kabi funksional majburiyatlarning taqsimlanishi kompyuter
tizimi uchun, avtomatlashmagan tizimdagi singari, ahamiyatga ega. Shu
bilan birga faqat kompyuter tizimigagina xos bo‘lgan bir qator
muomalalarning, xususan, tizimda tahlil, dasturlashtirish, mashinaviy
muomalalarning mavjudligi ularning keyingi taqsimoti maqsadga
muvofiqligini shart qilib qo‘yadi.
Hujjatlashtirishni tahlil qilish auditorlarga
tizim mohiyati haqida
tasavvurga ega bo‘lish va hujjatlashtirishning mosligini baholash
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: