285
so‘nggi, yakunlovchi bosqichi chiqish ma’lumotlarining nazoratidir. Bu
bosqichda fayllarga faqat vakolatli shaxslarning kirishini ta’minlash
zarur.
Chiqish ma’lumotlarning nazorat yig‘indisi ishlash jarayonining
barcha natijalari bilan taqqoslanadi. Nazorat
guruhining majburiyatiga
nazorat summalari va chiqish ma’lumotlarining tahlili, hamda ularni farq
qilish holatlarini auditdan o‘tkazish kiradi.
Tizimda yuzaga keladigan chiqish ma’lumotlari ham faqat vakolatli
shaxslargagina taalluqli bo‘lishi lozim. Hisobotlar
nusxasini oluvchi
abonentlar ro‘yxatini tuzish kerak va ichki hisobotlar tirajini qat’iyan
cheklash zarur.
Ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash, chiqarish sohalaridan birining
zaif tomonlari auditor tomonidan alohida e’tiborga olinishi kerak. Ya’ni,
ma’lumotlarni
kiritish
bosqichida
nazorat
yo‘qligi
keyingi
bosqichlardagi nazorat muolajalari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Auditorlarning dasturlashtirish sohasida chuqur bilimga egaligi yoki
xolis dasturchilarni ishga taklif qilishi audit shartnomasini tuzishda aks
etishi zarur shart hisoblanadi. Umumiy tayinlangan dasturiy
vositalardan foydalangan holda nazorat o‘tkazish audit sifatini oshirish
imkonini beradi. Turli dasturlardan foydalanish parallel modellashtirish
yordamida amalga oshiriladi. Parallel modellashtirishning
kompyuter
dasturlari - bu buxgalteriya hisobini yuritish va audit o‘tkazish
dasturlarining uyg‘unlikdagi modelidir.
Parallel modellashtirish usulini qo‘llash avvaliga etarli darajada
katta xarajatlarni talab qilishi mumkin, lekin bu usulning samaradorligi
kompyuter texnikasi qo‘llanilmay o‘tkazilgan auditorlik tekshirishi
samaradorligidan ma’lum darajada yuqoridir.
Ko‘pgina ishlab chiqilgan buxgalterlik dasturlari o‘z ichida nazorat
vositalariga ega.
Shu sababli, auditorlik dasturlaridan foydalanganda
parallel modellashtirish usuli qo‘l keladi.
Parallel modellashtirishda auditor tomonidan ajratib olingan fayllar
kiritish paytida maxsus indikatorlar yordamida belgilanadi. Bu
ma’lumotlarni nazorat yozuvlarini baholash uchun bosib chiqarish yoki
fayllar ko‘rinishida saqlash mumkin.
Belgilangan ma’lumotlar keyingi nazorat uchun maxsus fayllarga
guruhlashadi. Auditorlik fayllarini tashkil qilishda ikki usul qo‘llanilib,
ulardan biri «doimiy nazorat auditorlik fayli» (DNAF) sifatida
belgilanishi maqsadga muvofiq. Belgilangan mezonlar bo‘yicha ajratib
olingan ma’lumotlarni testdan o‘tkazish asosida yig‘ma hisobotlar
tahlil
286
uchun bevosita auditorga kelib tushadi. Ichki audit nuqtai nazaridan
DNAF usuli alohida e’tiborga ega.
Ikkinchi usul - «tanlab olish nazorati auditorlik fayli» (TONAF)
avvalgi usul bilan o‘xshash bo‘lib, ularning farqi shundaki,
ma’lumotlarni belgilash uchun dasturga doimiy tanlab olish mezoni
emas, balki tasodifiy ajratib olish moduli kiritiladi. Ma’lumotlarning
qayta ishlanganligi to‘g‘risidagi hisobotlar auditorlik tahlil uchun
dasturning har bir ish yuritganidan so‘ng olinishi mumkin.
Tizimda yuzaga keladigan chiqish ma’lumotlari ham faqat vakolatli
shaxslargagina taalluqli bo‘lishi lozim. Hisobotlar nusxasini oluvchi
abonentlar ro‘yxatini tuzish kerak va ichki hisobotlar tirajini qat’iyan
cheklash zarur.
Ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni guruhlashni ko‘zda tutadi.
Operator kompyuterning kutubxonasidan kerakli bo‘lgan dasturlar va
asosiy fayllarni chaqiradi. Tizimni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
qo‘llanmadagi ko‘rsatmalarga binoan bir turdagi muomalalar, ayni bir
xil dasturlar va asosiy fayllarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Tizim ish yuritishining doimiy nazoratini tashkil qilish zarur.
Buning uchun dasturiy vositalarning ish
faoliyatining tahlil qilish
maqsadida, odatda, kompyuterga maxsus elementlar quriladi, ularning
vazifasi - kompyuter ishining samaradorligini aniqlashdir. Bu elementlar
tizim modulini kim va qanday muomalalar uchun ishlatganligini
aniqlash imkonini bergani tufayli auditor uchun ham qulaydir.
Moddiy boyliklarning saqlanishi,
yozuvlarning yuritilishi, davriy
solishtirish kabi funksional majburiyatlarning taqsimlanishi kompyuter
tizimi uchun, avtomatlashmagan tizimdagi singari ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: