95
T - harfsimon bog’lov.
Bunda bir parcha raxta yoki bint bilan olinib, o’rtasiga
boshqa bir parcha raxta yoki bintning uchi tiqiladi yoki ilib qo’yiladi. Bu bog’lovni
chot oralig’ini bog’lashda ishlatish qulay: bog’lovning ko’ndalang qismi belbog’
singari bog’lanadi, tik qismi esa belbog’dan chot orqali olib o’tiladi va shu belbog’ga
gavdaning boshqa tomonidan bog’lanadi.
Bintlar bilan bog’lash.
Eng qulay, mahkam tutib
turuvchi va baravar bosib
turadigan bog’lov - bintlar bog’lovidir. Bint tasmasimon kesilgan doka bo’lib,
kengligi 5 sm dan 10-20 sm gacha bo’ladi, badanning qaysi qismiga qo’yilishiga
qarab, uning uzunligi 5-7 m bo’ladi. Odatda 5 sm enlikdagi bint barmoqlarni, boshni,
bilakni, boldirni bog’lash uchun, 9-18 smli bint yonbosh va gavdani bog’lash uchun
qo’llaniladi. Bintlar oson tortilib turadigan va bog’lagan badan qismlarini shakliga
96
ega bo’ladigan dokadan tayyorlanadi, bu doka bug’ni o’zida tutib qolmaydi va
bog’lovlarni qurishiga halaqit bermaydi. Bintni uchi va bosh tomoni bo’ladi. Bintni
o’rash va bog’lashni to’g’ri qo’yish, qulay bo’lishi uchun bintlarni o’rashda ba’zi bir
qoidalarga rioya qilish lozim. Bog’lash jarayonida bemor qulay holatda turishi zarur.
Аgar
bunday qilinmasa, charchab qolishi tufayli u turgan holatini o’zgaririshi va
to’g’ri o’ralayotgan bintning yo’nalishini buzilishi mumkin. Bint bilan bog’lanadigan
badan qismi bog’lovchi xodim – qo’liga yotadigan bo’lishi shart. Badanning bu qismi
ma’lum bir holatda, ya’ni bog’langandan so’ng keyin bo’ladigan holatda turishi
kerak: agar bemor yursa va oyog’ini yozsa, bog’lovni tizzada burchak hosil qilib
bukilgan oyoqga qo’yish mutlaqo bo’lmaydi. Qo’l tirsakda to’g’ri burchak hosil qilib
egilgan holatda tutiladigan qilib bog’lanadi, chunki qo’lni cho’zib tirsakni bog’lab
yurish qulay emas. Bu hollarni e’tiborga olib, barmoqlar
bir oz egilgan holda
1 va 5 barmoqlarni bir-biriga qarshi qilib egib, yelka sohasi qo’lni gavdadan bir oz
chetga surib bint bilan bog’lanadi. Chanoq - son va tizza bo’g’inlari sohasini
bog’lashda oyoqlar cho’zilgan holda bo’ladi, boldir bo’g’ini bog’lanishda u to’g’ri
burchak hosil qilingan holatda bog’lanadi. Yiringli yaralar
va jarohatlarni davolash
jarayonida oyoq-qo’llar noto’g’ri holatda qo’yilsa, ular qiyshiq bo’lib qolishi
mumkin.
Oyoq yoki qo’lga ma’lum holatni berish uchun xodim badanning og’riq
qismini tutib turishi lozim yoki uning tagiga maxsus moslama qo’yiladi.
Bog’layotgan xodim bemorning yuziga qarab turishi kerak, chunki bog’laganda
bemorning biron joyi og’risa uning yuzidan ko’rinib turadi, bog’lovni xususan oyoq
qo’llarini "bog’laganda pastdan yuqoriga qarab bog’lanadi hamda ikki qo’l bilan
harakat qilinadi, o’ng qo’l bilan bintning boshi yechiladi, chap qo’l bilan esa bog’lov
tutib turiladi va bint yo’nalishi tuzatiladi. Odatda biror namunali asosiy bog’lovlardan
foydalaniladi, kerak bo’lganda uni o’zgartirish mumkin. Bog’lov rejasiz qo’yilsa bint
ortiqcha sarflanib, a’zo yaxshi bog’lanmasligi mumkin. Bint bog’lashda bir yo’nalish
bilan ko’pincha chapdan o’ngga
qarab yuriladi, bintning bir aylanasi avvalgi
aylananing yarmini yoki kengligidan 2/3 qismini qoplashi kerak. Bintning boshi
bog’lanayotgan badan qismi bo’yicha yuradi va bu qismdan uzoqlashmaydi. To’g’ri
qo’yilgan bog’lovlarda bintlarning ayrim aylanmalari va buklanib qolgan joylari
bo’lmasligi mumkin. Bint bog’lanib bo’lgandan keyin og’riq
yerni yetarli darajada
yaxshi yopdimi, mahkam bog’landimi, bo’shab ketadigandek emasligini tekshirib
ko’rish kerak. Bemorning sezishiga qarab bog’lov bosmasligi va haddan tashqari
bugmasligini aniqlaymiz. Аgar oyoq-qo’llardagi bog’lovlar qattiq siqib turadigan
bo’lsa, ko’p vaqt o’tmasdan bog’langan yerdan pastroqda, ko’karish va shish paydo
bo’ladi, bunday bog’lov yechilib qaytadan to’g’ri bog’lanishi zarur.
Bintning oxirgi
97
qismi og’rigan yerdan yiroq bo’lgan joyda mahkamlanadi, chunki bu yerda hosil
bo’lgan tugun bemorni bezovta qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: