49
CHIN ERITMA CHO‘KMALARI.
Chin (ya’ni molekular) eritmaga quruqlikdagi oson eruvchan
tuzlar (NaCl, KCl, MgCl, MgSO
4
, CaSO
4
, CaCl
2
), organik moddalar,
CaCO
3
, MgCO
3
, NaCO
3
, va SiO
2
kabi qiyin eriydigan birikmalar
to‘yinmagan yoki issiq iqlim sharoitidagi daryolarda to‘yingan
eritma
hamda qisman bo‘lakli jins holida suv havzalariga kelib tushadi.
Natijada ko‘l, dengiz va okeanlar ma’lum miqdorda erigan tuzlar bilan
boyigan kuchsiz elektrolit holida bo‘ladi. Okean suvidagi o‘rtacha tuz
miqdori 3,5 %ga teng. Suv havzalariga sersuv daryolar quyilsa, undagi
tuz miqdori kamroq bo‘ladi (Kaspiy dengizida 1,5 %, Fin qo‘ltig‘ida
0,35 %). Ko‘l va dengiz kabi berk havzalarda bug‘lanish tezligi tuzsiz
suvlarning quyilish tezligidan yuqori bo‘lsa, tuz miqdori ko‘proq
bo‘ladi (O‘rta Yer dengizida 3,9 %, Qizil dengizda 4,2 %).
V.Vernadskiyning hisoblariga ko‘ra okean va dengizlarda 22
mln km
3
hajmda erigan tuz bor. Bu tuz butun Yer yuzini uzluksiz 42
m qalinlikda tuz qatlami bilan qoplashga yetadi. Shuning 3/4
qismi
osh tuzidir.
Dengiz suvlarida ishqoriy metallarning xlorid, sulfat va karbo-
natlari asosiy o‘rnini egallaydi, qolgan elementlar juda kam miqdorda
bo‘ladi.
Birikmalarning tuz holida ajralishi asosan to‘rt sababga, ya’ni
haroratning
pasayishi, erituvchining bug‘lanishi, turli tarkibli eritma-
larning o‘zaro qo‘shilishi va vodorod ko‘rsatkichi (pH)ning o‘zga-
rishiga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bunda tuzlarning eruvchanligi, konsen-
tratsiyasi, suvning harorati, bosimi, pH
miqdori kabi qator omillar
katta ahamiyatga ega.
Harorat va bosimning pasayishi eruvchanlikni pasaytiradi. Suv-
ning bug‘lanishi natijasida tuzlarning konsentratsiyasi oshib, eritma
to‘yingan holga keladi. Tarkibi har xil bo‘lgan eritmalar uchrashganda
reaksiyalar ro‘y beradi. Muhit o‘ta ishqoriy bo‘lganda (pH >8) eritma
ishqoriy metallar (Na, K, Mg, Ca) ga to‘yinadi.
Ana shularning
hammasi tuz eritmalarining cho‘kindiga o‘tishiga imkoniyat yaratadi.
Cho‘kindiga o‘tishga yana bir muhim sabab-tuzlarning eruv-
chanlik xossalaridir. Shunga ko‘ra qiyin eruvchan tuzlarga yuqoridagi
omillar tezroq ta’sir qiladi, oson eruvchanlari esa bu omillarga keyin-
roq reaksiya beradi. Shu sababli umumiy holda tuzlar ma’lum tartibda
cho‘kindiga aylanadi (5-jadval). Bu tartib tuz
konlarida qiyin eruvchi
tuzlarning pastdan yuqoriga qarab oson eruvchi tuzlar bilan alma-
shinib, zonal joylashishiga olib keladi.
50
Tuz konlarida silvin (KSl), kainit (KCl, MgSO
4
, · 3H
2
O), sulfat-
lardan tenardit (Na
2
SO
4
), mirabilit (Na
2
SO
4
· 1OH
2
O) va boshqa qator
birikmalar, karbonatlardan soda (Na
2
CO
4
· 1OH
2
O) va boratlardan
kaliborit (KMg
2
B
11
O
19
· 9H
2
O) ko‘p uchraydi.
Undan tashqari brom,
yod, seziy, rubidiylarning tuzlari ham tuz konlaridan olinadi.
Tuz konlari tabiatda uch xil ko‘rinishda uchraydi:
1) yerosti va ochiq suv havzalaridagi suyuq namakob holidagi
tuzlar;
2)hozirgi zamon konlari;
3) qadimiy yerosti konlari.
Suyuq namakob holidagi tuzlar odatda rapa deb ataluvchi suyuq
va samosad deb ataluvchi qattiq cho‘kindi qismidan iborat bo‘lib,
cho‘kindining qalinligi bir necha o‘n m gacha bo‘lishi mumkin.
Rangi, asosan oq, donachali mayda va tuzlari eruvchan bo‘ladi.
Hozirgi zamon konlari birinchidan dengiz suvining regressiyasi
natijasida qirg‘oqbo‘yi chuqurliklarida qolgan ko‘llarda, vaqt o‘tishi
bilan ularning yanada tuzga boyib qurishi bilan hosil bo‘ladi.
Bunday
konlar Azov (Sivash ko‘li), Kaspiy (Qora-Bo‘g‘oz), Orol (Jaqsiklich)
va boshqa dengizlarning bo‘yida ko‘p tarqalgan. Ikkinchidan, ular
kontinentdagi suvi chiqib ketmaydigan tekis pastliklarda yer usti va
yerosti suvlarining to‘planib, quruq va issiq iqlim sharoitida tinmay
bug‘lanib turishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday konlar Turkmaniston,
Mo‘g‘iliston va boshqa ko‘pgina joylarda mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: