ularni mablag1 bilan ta ’minlash va o'qitishni jinoiy javobgarlikka
tortiladigan harakat sifatida baholaydigan va o ‘z fuqarolariga yollanma
jangchi sifatida xizmat qilishni man etadigan
qonunlar qabul qilish
zarurligi ta ’kidlangan.
BM T Bosh Assambleyasining Xalqaro huquq tamoyillari Dekla-
ratsiyasida (1970-y.) davlatlarga boshqa davlat hududiga bostirib kirish
uchun doimiy harbiy kuch
yoki qurollangan guruhlar, shu jum ladan,
yollanm a jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishni rag'batlantirish
va o ‘z hududida ushlab turishdek harakatlardan tiyilish tavsiya etilgan.
Shu bilan birga, yollanm a jangarilarni
xalqaro jinoyatchi sifatida
jazolash kolonial va xorijiy hukmronlikka ham da irqchilik tuzumlariga
qarshi kurashayotgan «Kombatantlar huquqlarining asosiy prinsiplari»
(1970-y .)da ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatan qurolli
kuchlami qo‘l!aydigan yollanma jangchilami o‘zga mamlakatlar hududiga
yuborishni tegishli xalqaro-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan
xuruj, deb ta ’riflagan edi.
Yollanishning jinoiy jihati mintaqaviy xalqaro tashkilotlar qarorlarida
ham o‘z aksini topgan. Ular qatoriga Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning
Lagosda bo'lib o ‘tgan vazirlar kengashining favqulodda VII sessiyasining
rezolyutsiyasini, ABT Assambleyasi tomonidan 1967-yilda qabul qilingan
yollanma jangchilar to‘g‘risidagi rezolyutsiyani, 1971 -yilda Addis-Abebada
ABT tomonidan qabul qilingan Afrikadagi yollanma jangchilar haqidagi
Deklaratsiyani ko‘rsatish mumkin.
«Yollanish» tushunchasining mazmuni birinchi m arta Urush pay-
tida fuqaro aholini himoya qilish to ‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasiga
1977-yilda qabul qilingan Q o'shim cha protokolning 47-m oddasida
ta ’riflab berilgan edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasida
yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo'llaniladigan
jazo aniq belgilab q o ‘yilgan: «Yollanish, y a ’ni nizolashayotgan
davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi
hisoblanm agan yoxud
nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doim iy
yasham aydigan yoki hech qanday davlat tom onidan qurolli kuchlar
tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati
berilm agan shaxsning
moddiy m anfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy m anfaatni ko'zlab,
o ‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to'qnashuvda
yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan
o ‘n yilgacha ozodlikdan m ahrum qilish bilan jazolanadi».
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasida esa
terrorizm ning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun
qo'llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan.
121
0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to ‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi 6-qismiga muvofiq «Terrorizm,
narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko'maklashadigan, shuningdek,
boshqa g'arazli maqsadlami ko‘zlovchi oqimlar, sektalarvaboshqalaming
faoliyati man etiladi».
Oxirgi paytlarda dunyoning ko‘plab m intaqalarini qamrab olgan
ekstremizm bilan bog'liq muammolar faol muhokama qilinmoqda.
Diniy
ekstremizm ga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi.
Xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to ‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi:
«Davlat turli dinlarga, har xil e ’tiqodlarga
mansub diniy tashkilotlar
o'rtasida e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar o ‘zaro
murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi, diniy va o ‘zga mutaas-
siblikka ham da ekstremizmga, munosabatlarni qaram a-qarshi qo'yish
va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o'rtasida adovatni avj oldirishga
qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo'yilmaydi».
Shu bilan bir qatorda, hozirda «ekstremizm» va «diniy ekstremizm»
tushunchalarining m azm unini belgilashda turlicha yondashuvlar
mavjudligini ta ’kidlash zarur. Demak, ushbu tushunchalaming huquqiy
mazmunini aniqbelgilab olish mazkur ko'rinishdagi harakatlarni to ‘g‘ri
baholash va ularning oldini olishga o ‘z hissasini qo ‘shishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: