Qarshi kurashning


«Hizbulloh» («Alloh partiyasi»)



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/114
Sana15.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#802293
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Bog'liq
86. Diniy ekstremizm vа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

«Hizbulloh» («Alloh partiyasi»). 
Hozirgi kunda Yaqin Sharqdagi 
shia musulmonlarining yetakchi kuchlaridan biriga aylangan «Hizbulloh» 
tashkilotiga 1982-yilda Livanda shayx M uham m ad Husayn Fadallo 
boshchiligida shia dindorlari tomonidan asos solingan.
T ashkilotning m afkuraviy asoslari 1985-yilda e ’lon qilingan 
deklaratsiyada o ‘z ifodasini topgan. Unda jihod yo‘li bilan yahudiy, 
fransuz va amerikaliklarni Livandan siqib chiqarish hamda ozod qilingan
82


hududda islom davlati tuzish g'oyalari ilgari surilgan ham da AQSH 
bilan Isroil tashkilotning asosiy d ushm ani sifatida baholangan. 
S huningdek, F alastin n i yahud iy lard an ozod qilish h am asosiy 
m aqsadlardan biri sifatida e ’tirof etilgan. Isroil armiyasining Livanga 
bostirib kirishi natijasida ko‘plab tinch aholining qurbon b o ‘lishi va 
«Hizbulloh»ning isroilliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etishi tash­
kilotning ommaviylashuvi va k o‘plab livanliklarning unga a’zo b o ‘li- 
Shiga sabab bo‘ldi.

1985-yilning yanvar-fevralida Isroil qo‘shinlari Livandan chiqib 
fcetgach, «Hizbulloh» xorijdan olgan katta miqdordagi yordam evaziga 
Bayrut va Livanning janubiy hududlari ustidan deyarli to la nazorat o‘matdi.
1992-yilda tashkilot tuzilmasida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. 
Xususan, uning harbiy qanoti •— «Islom qarshilik harakati» m ustaqil 
k ash k ilo t sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, m aktab, shifoxonalar 
p jch ish kabi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va ochiq siyosiy 
Ifeoliyatni kuchaytirishga alohida e ’tibor berila boshlandi. Xususan, 
J*Hizbulloh» Livan parlamenti saylovlarida ishtirok etib, 1992-yilning 
Jfcuzida 128 o ‘rindan 8ta, 1996-yiii 7ta hamda 2000-yili 12ta joy olishga 
Sfcrishgani ham m azkur jarayonga xos evolyutsiyani yaqqol ko'rsata 
l^ la d i deyish m umkin.
11 
Ayni paytda, «Hizbulloh»ning 2000-yilda Livan parlam entiga 
lo 'tk a z il g a n sa y lo v la r o ld id a n e ’lo n q ilg a n d a s tu ri ta s h k ilo t 
lltrategiyasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo'lganini, chunonchi, G'arbga 
b a r s h i kayfiyatlarning deyarli yo'qligi, dunyoga m a ’rifiy islom ni 
f tarqatish asosiy maqsad sifatida e ’tirof qilingani bilan ajralib turishini 
qayd etish zarur.
Bugungi kunda «Hizbulloh»ni bosh kotib rahbarligidagi 12 kishidan 
iborat kengash («sho‘ro») boshqarmoqda. 0 ‘z navbatida, sho‘roga quyi 
pog'onadagi diplom atiya, mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, harbiy va 
razvedka b o ‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladigan har biri 15 kishidan 
iborat Siyosiy byuro va Ijroiya qo‘mitasi bo'ysunadi. «Hizbulloh»ning 
m a’naviy rahbari shayx Xoji Islom Husayn Fadallo bir vaqtning o ‘zida 
Livanning shia musulmonlari jamoasida bosh qozi vazifasini ham baja- 
rib kelmoqda.
Alohida batalon va maxsus guruhlarga bo‘lingan, boshqa tuzilmalar 
a ’zolaridan yashil beretlari bilan ajratib turadigan 4000-5000ga yaqin 
jangarilar guruhining mavjudligi tashkilotning bugungi kunda ham yetarli 
jangovar kuchlarga egaligini ko‘rsatadi.
M a ’lum otlarga ko‘ra, Livan shialari yashaydigan hududlarda 
joylashgan «Hizbulloh»ning harbiy tizimida turli davrlarda Jazoir, Saudiya 
Arabistoni, Afg‘oniston, Kuvayt, Sudan, Bosniya va Gersegovinadan 
kelgan jangarilar tayyorgarlik o'tashgan.


«Hizbulloh» 1980—1990-yillarda AQSH va lsroilga nisbatan eng ko‘p 
terrorchilik harakati amalga oshirgan tashkilot hisoblanadi. Dastavval 
tashkilot jangarilari samolyotlami garovga olish, fuqarolarni o ‘g‘irlash 
usullarini keng qo‘llagan bo‘lsa, keyinchalik ular ko'proq portlovchi 
moddalar ortilgan avtomashinalar va terrorchi-kamikadzelar yordamida 
qo'poruvchilik harakatlarini amalga oshirish, Isroilning shimoliy hudud- 
larini muttasil ravishda reaktiv minomyotlardan o‘qqa tutish vositalarini 
qo‘llashga o'tgan. Xususan, 1993-yil 23-oktabrda Bayrutda tashkilotning 
ikki a’zosi portlovchi m oddalar ortilgan yuk avtomashinalarini harbiy 
kazarmalarga yo'naltirishi natijasida ro‘y beigan portlash oqibatida AQSH 
ning 240, Fransiyaning 58 harbiy xizmatchisi halok b o‘lgan va bir 
necha yuz kishi yarador bo'lgan. Um um an olganda, 1990—1995-yillar 
oralig‘ida «Hizbulloh» tom onidan yuzlab kishilarning halok bo'lishiga 
olib kelgan 823 ta terrorchilik xarakati amalga oshirilgan.
1994-yil 18-iyulda Argentina poytaxti Buenos-Ayresda joylashgan 
Yahudiy madaniyat markazi binosida terrorchi-kamikadzening o ‘zini 
portlatib yuborishi natijasida 86 kishining halok boMishi, ko‘plab 
odamlarning turli darajada tan jarohati olishiga olib keldi. Bu «Hizbulloh» 
tom onidan amalga oshiriladigan qo ‘poruvchiliklarning ko‘rinishi va 
ko ‘lam ini yaqqolroq tasaw ur qilish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda «Hizbulloh» yetakchilari o ‘z faoliyatlariga ochiq 
siyosiy mazmun berishga harakat qilayotgan bo‘lishlariga qaramay, uning 
harbiy qanoti yil sayin jangovar qobiliyatini o ‘stirib borayotgani, 
jum ladan, uchuvchisiz boshqariladigan razvedka samolyotlari bilan 
qurollanayotgani uning bundan buyon ham Yaqin Sharq uchun 
terrorchilik harakatlari manbai sifatida saqlanib qolishini ko‘rsatadi.
Um um an, ushbu m intaqada A ra b - Isroil m uam molarining tugal 
hal etilmagani ba’zi mutaassib guruhlar uchun diniy qarama-qarshiliklarni 
transmintaqaviy darajaga ko'tarishlariga asos bo‘lmoqda. «Hizbut-tahrir 
al-islomiy» tashkilotining faoliyati bunga misoldir.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish