«Al-Qoida» («Asos»).
Radikal islom g'oyalariga asoslangan ushbu
transmilliy diniy-siyosiy guruhning paydo bo'Iishiga Usoma bin Lodin
rahbarligida Afg‘onistonda Sovet armiyasiga qarshi urushda ishtirok etish
uchun ko'ngillilarni yollash va ularni qurol-aslaha bilan ta ’minlash
maqsadida Pokiston hududida tuzilgan «Maktab al-xidmat» byurosi asos
b o‘lib xizmat qilgan.
Tashkilotning dastlabki tuzilmalari G ‘arb va AQSHning global
yetakchiligiga qarshi kurash, islomning fundamental asoslariga qaytish
va yagona islomiy xalifat qurishdek maqsadlar dasturiga monand ravishda
1992-yilda Xartum (Sudan)da qayta shakllantirilgan.
«Al-Qoida» rahbariyati g‘oyaviy jihatdan M uhamm ad ibn Abdul-
Vahhob va Sayid Qutblarning asarlarida bayon qilingan tamoyillarga
asoslanishini e ’tirof qilgan holda, amalda musulmon davlatlaridagi
dunyoviy hukumatlarni ag‘darib tashlash va shariatga asoslangan islomiy
davlat qurishdek asosiy maqsadni ko‘zlaydi.
«Al-Qoida» rahbariyatining Yaqin Sharqdagi Arab — Isroil muammosini
musulmon va kofirlar orasidagi dinlararo kurash sifatida ta’riflashi, 1991 -
yilda Amerika qo'shinlarining Iroqda harbiy harakat olib borish uchun
Saudiya Arabistoni hududiga joylashuvini musulmon dunyosiga nisbatan
salb yurishi deb baholashi ham, AQSHni musulmonlarning asosiy dush-
mani, lsroilni esa uning yaqin yordamchisi, deb hisoblashi ham tashki
lotning g‘oyaviy qarashlarini aniq ifodalaydi deyish mumkin.
«Al-Qoida» boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar kabi q at’iy
iyerarxiya asosida tuzilgan bo‘lib, unga Oliy kengash («Majlis ash-shura»)
rahbarlik qiladi. Oliy kengashga harbiy, moliyaviy, diniy va huquqiy,
axborot va tashviqot qo ‘mitalari bo‘ysundirilgan bo‘lib, ular quyi
pog‘onadagi guruhlar faoliyatini boshqaradi.
M anbalarda «al-Qoida»ning harbiy lagerlari 2001-yilga qadar
Afg‘oniston, Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh kabi qator
davlatlarning tog‘li hududlarida, shuningdek, Checheniston hatto, bittasi
AQSHning Florida shtatida faoliyat ko'rsatgani qayd etiladi.
Taxminlarga ko'ra, hozirgi kunda tashkilotning yashirin guruhlari
33 tadan 88 tagacha mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi,
jangarilarining soni esa 3000-7000 kishini tashkil etishi mumkin.
«Al-Q oida»ning dastlabki faol harak ati 1992-yil kuz faslida
kuzatilgan b o ‘lib, tashkilot jangarilari Somalidagi beqarorliklarning
oldini olish uchun kiritilgan BMT tinchlikparvarlik kuchlari tarkibidagi
A Q SH maxsus qo ‘shinlarining 18 harbiy xizm atchisini o ‘ldirishgan.
1996-yilda AQSHning Sudan hukumatiga tazyiqi ostida «al-Qoida»ning
asosiy jangovar kuchlari Afg‘onistonning «Tolibon» harakati nazoratidagi
hududlarga ko‘chib o ‘tdi. Aynan shu yerda, 1998-yilning fevralida «al-
Qoida» yetakchiligida «al-Jamoa al-Islomiyya», «al-Jihod» (Misr),
I «Jam aati ulam e Pokiston», «Kashm ir q o ‘zg‘olonchilik harakati»
I
s" (H indiston), «Jihod» (Bangladesh) va «Tolibon» harakati vakillari
«Yahudiy va salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti» uyushmasi tuzilga-
nini e’lon qilishdi. Ushbu uyushma nom idan Usoma bin Lodin AQSH
’boshchiligidagi G ‘arb dunyosiga jihod e’lon qildi.
S h u n d a n s o ‘ng, q a to r o g ‘ir o q ib atla rn i keltirib ch iq a rg an
| terrorchilik harakatlari sodir etildi. Jum ladan, 1998-yil 25-iyunda
' «al-Qoida» jangarilari Saudiyaning D axran shahri yonida joylashgan
AQSH Harbiy Havo kuchlarining bazasi oldida amalga oshirgan portlash
'• natijasida 19 kishi halok b o ‘lib, 300 dan ziyod kishi tan jarohatini
| oldi. Shu yilning 7 avgustida esa «al-Qoida» jangarilari bir vaqtning
o ‘zida AQSHning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalari oldida bomba
ortilgan mashinalarni portlatishi oqibatida esa 242 kishi halok bo‘ldi va
5000 ga yaqin odam shikastlandi.
87
Va, nihoyat, 2001-yilning 11-sentabrida Amerika Qo‘shma Shtatla-
rida turli reyslar bilan Nyu-York, Boston va Vashington shaharlaridan
uchgan to‘rtta «Boing-757» samolyoti «al-Qoida» guruhiga mansub 18
nafar terrorchi tom onidan egallab olinib, ularning ikkitasini Nyu-
Yorkdagi xalqaro savdo Markazi joylashgan «egizak» binolarga, bittasini
esa AQSH qurolli kuchlari shtabi — Pentagonga yo‘naltirildi. Yana bir
samolyot Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill rayoniga qulab tushdi.
U m um an olganda, mavjud m a’lumotlarga ko‘ra, «al-Qoida» gu-
ruhi jangarilari Afg‘oniston (1992-yildan), Somali (1992—1993-yy.),
Bosniya va Gersegovina (1992—1995-yy.), Kashmir (1993-yildan),
Shimoliy Kavkaz (1995-yildan), Kosovo (1999-y.), M arkaziy Osiyo
(1999-yildan), Pokistonning Janubiy Vaziriston viloyati (2001-yildan)
va Iroq (2003-yildan) hududlarida qurolli to ‘qnashuv va terrorchilik
harakatlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
11
-sentabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistonda o‘tkazilgan keng koMamli
xalqaro aksilterror harakati natijasida «al-Qoida» jiddiy talafot ko‘rgan
bo‘lsa-da, u o ‘z faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga intilmoqda.
Jum ladan, ba’zi m a’lumotlarga ko‘ra, tashkilot asosiy tizimlarini erkin
pushtun qabilalari yashaydigan Pokistonning shimoli-g‘arbiy va Kash-
mirdagi baland tog‘U hududlarga ko‘chirishga harakat qilinmoqda.
Afg'oniston va Iroqda AQSH harbiylariga qarshi partizan urushida faol
ishtirok etish barobarida aksilterror ittifoqiga a ’zo davlatlardan ushbu
hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilayotgani tashkilotning
bugungi kundagi o ‘ziga xos xususiyatidir. «Al-Qoida» aynan shu maqsadga
erishish bayrog‘i ostida terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqda. Jum
ladan, 2004-yilning 11-martida Madrid (Ispaniya)dagi 4 ta tem ir yo‘l
bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshirildi. Natijada, 200
kishi halok bo ‘ldi va 1500 dan ziyod kishi yarador bo‘ldi. Politsiyaning
taxminiga ko‘ra, portlashlarni «al-Qoida» guruhi bilan yaqin aloqada
bo‘lgan marokashlik radikal islom guruhi amalga oshirgan.
Qayd etilgan dalillar ham «al-Qoida»ning xalqaro terrorchilik
tizimining markaziy unsuri vajahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan
qurolli to ‘qnashuvlar, terrorchilik amaliyotlarini moliyalashtirish,
rejalashtirish ham da bevosita amalga oshirishning asosiy bo‘g‘iniga
aylanganini ko‘rsatadi.
Tahlil qator xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Eng aw alo,
aksariyat diniy-ekstrem istik tashkilotlar rasmiy — ochiq ish olib
boruvchi siyosiy hamda xufya harakat qiluvchi jangovar qanotlar orqali
faoliyat yuritishga intilayotganini ta’kidlash zarur. Siyosiy qanot jamiyat
ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, aholi xayrixohligiga erishish,
jangovar qanot esa terrorchilik usullari bilan hukumatga tazyiq o‘tkazish
uslubidan foydalanadi.
Shuningdek, keyingi yillarda ushbu tashkilotlar o‘z faoliyatiga ko‘proq
yoshlarni va ayollarni jalb qilishi, terrorchi-kamikadzelardan foydalanish
va mumkin qadar ko‘proq qurbonlar boMishini nazarda tutgan holda
terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, diniy-ekstrem istik tashkilotlar o ‘z faoliyatini
uyg'unlashtirishga va yaxlit tizim sifatida ish olib borishga harakat
qilm oqdalar. Iroq, A fg'oniston va Chechenistondagi qo'poruvchilik
harakatlarida turli millatga mansub jangarilarning ishtirok etayotgani,
terrorchilik harakatlari bir xil shiorlar ostida amalga oshirilayotgani
bunga dalil bo‘la oladi.
D in iy -e k s tre m is tik ta s h k ilo tla rn in g reak sio n g ‘o y alari va
qo‘poruvchilik faoliyati barcha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va
m a’naviy rivojlanishiga o'zining salbiy ta’sirini o ‘tkazmoqda.
B undan tashqari, m am lakatlar iqtisodiyoti, o ‘zaro investitsiya
jnuhitiga jiddiy ziyon yetkazilm oqda. Xususan, AQSH kongressi
|o m o n id a n tuzilgan Milliy komissiyaning hisobotiga ko‘ra, 2001-yil
11-sentabrda amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari AQSH va jahon
iqtisodiyotiga bevosita 135 mlrd., bilvosita 2 trln. dollar zarar yetkazgan.
Shuningdek, amerikalik mutaxassislar fikriga ko'ra, Jazoirda hukumat
qo ‘shinlari va «Qurollangan islom guruhi» orasidagi urush 1996—2001-
yillar orasida mamlakat byudjetiga 16 mlrd. AQSH dollari miqdorida
ziyon keltixgan.
s
Ayni paytda, diniy-ekstrem istik tashkilotlar to m o nidan olib
borilayotgan tashviqot yoshlarning soxta g'oyaga aldanib qolishi, yurt
ravnaqi yo‘lidagi faoliyatdan chalg‘ishi, jamiyatdagi m a’naviy-ruhiy
knuhitning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
*'
Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, shuningdek, m usulm on
■■bo'lmagan mamlakatlar aholisi o ‘rtasida islomni «yovuzlik saltanati» va
ifahdid m anbai sifatida qabul qilinishiga, «islamofobiya»ning turli
F ° ‘ rinishlari paydo bo‘lishiga ham zamin yaratmoqda. •
£
Qayd etilgan holatlar ham , diniy ekstremizm va terrorizmning
feshilik jamiyatining nafaqat bugungi kuni, balki istiqboliga ham tahdid
Solayotgan omilga aylanganini, insoniyat bir butun vujud sifatida qarshi
kurashga kirishgandagina uni yenga olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
J
Keltirilgan misollar diniy ekstremizm va terrorizmning tobora keng
Pniqyos va mudhish qiyofa kasb etayotganini tasdiqlaydi. Bu unga qarshi
Hcurashda dunyo mamlakatlari tajribasining ahamiyati beqiyos ekanini
p o ‘rsatadi.
К
Do'stlaringiz bilan baham: |