XX asrga kelib dunyoda islom omilining ta ’siri kuchaydi. Bunga
sabab qilib,
bir tom ondan, dunyoda bu dinga e’tiqod qiluvchilarning
soni ko'payib borayotgani, ikkinchi tomondan, turli rasmiy va norasmiy
islomiy tashkilotlar faoliyatining kuchayishi ko‘rsatiladi. Ushbu jarayon
XIX asroxirlarida islom olamida faollashgan diniy islohotchilik harakatlari
bilan bog‘liqdir. XX asr oxiri — XXI asr
boshida bu harakatlar turli
ko‘rinishda davom etdi.
XIX asrning boshlarida Misrda boshlangan mustamlakachilikka qarshi
g‘oyaviy kurash panarabizm (arab birligi) g'oyasini keltirib chiqardi.
XIX asrning ikkinchi yarmida esa bu g‘oya Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839—
1897) ilgari surgan panislomizm bilan almashdi.
XX asrdan boshlab ko‘pgina m usulm on mamlakatlarda yangi tijo-
rat, jinoyat va fuqarolik kodekslari joriy qilindi. Faqat nikoh,
ajralish,
meros masalalari shar’iy yo‘l bilan hal qilinar edi.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlariga kelib, Janubi-Sharqiy Osiyoda,
xususan, Singapur, Malayziya va Indoneziyada
islom islohotchilik
harakatlari jonlana boshladi. Ular, asosan, islomni zamonaviy fan-
texnika yutuqlariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish, diniy e’tiqodga oid
asarlar
faqat arab tilida emas, balki mahalliy tillarda ham bo ‘lishi
lozimligiga ko‘proq e ’tiborni qaratdilar.
. XX asrning oxiri diniy qadriyatlarning uyg‘onishi, diniy m a’naviyatga
qaytish davri bo‘ldi. 1970-1990-yillarda dunyoda yuz bergan hodisalar
ommaviy axborot vositalarida «islom uyg'onishi», «qayta islomlashish»,
«islom fenomeni» kabi shov-shuvli xabarlarning tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga katta qiziqish bilan qarash bilan
birga diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi salbiy hodisalarni katta
xavotir bilan kuzatmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e ’tiqod bilan bog‘liq har qanday
m uam m o nihoyatda nozikdir. Chunki bu m intaqada
dinning chuqur
tarixiy ildizlari m avjud. M uayyan kuch lar hozirgi kunda diniy
qadriyatlardan, islomni qayta tiklash shioridan foydalanishga harakat
qilmoqdalar.
So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida dunyoda
din omilining faollashuvi
sovetlardan keyingi makonda ham o ‘z aksini topdi. Ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi hukmronlik qilgan sobiq sho'ro tuzumida ham diniy hayot hech
qachon to‘xtab qolgan emas. U o ‘ziga xos shaklu
shamoyil kasb etgan edi,
xolos. «Biroq 80-yillaming oxiri — 90-yillaming boshlari, bir tomondan,
jamiyatda dinning mavqeyi qayta tiklangan, ikkinchi tomondan esa, ana shu
asosda mojarolar chiqishi uchun sabablar shakllangan davr bo‘ldi»19
XX asr oxiriga kelib sotsialistik va kapitalistik tuzum lar orasidagi
raqobat barham topganidan so'ng dunyodagi diniy holat ham o'zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: