«maqomot»lariga batafsil tavsiflar berildi. Boshqa mistik ta’limotlar kabi
sufiy bosib o ‘tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga
yaqinlashishiga sabab bo‘ladigan yo‘l (tariq) belgilab berildi.
T asaw ufda Allohga yetishish faqatgina yuzini ko‘rish bilan emas,
unga q o ‘shilib ketish (fano/baqo) bilan bo'lishi ham m um kin degan
fikr ilgari surildi. Insonning Xudo bilan q o ‘shilib ketishi haqidagi
g 'oyalarni ilgari surib, «Anal-Haq» (M en - H aq, ya’ni xudom an)
degan M ansur Xalloj kabi kishilarning qatl etilishi esa boshqa
sufiylarni hushyorlikka - shariat chegarasidan chiqm ay faoliyat
yuritishga chaqirdi.
X
asr oxiri XI asr Tusiy (vaf. 988), Kalabodiy (vaf. 990 yoki 995),
Abu Tolib Makkiy (vaf. 998), Sulamiy (vaf. 1021) kabilar o‘z asarlarida
tasawufga doir bilimlarni tartibga soldilar. Tasawuf ta’limotining islomdagi
yo‘nalish sifatida tan olinishida esa Abu Hom id G ‘azoliy (vaf. 1111),
Abdulqodir Jiloniy (vaf. 1161) kabi ulamolarning xizmatlari katta bo'ldi.
XII asr o'rtalari XIII asr boshlarida sufiylar tashkil etgan zoviyalarda17
xususan, shaharlarda tasaw uf tariqat (suluk)lari vujudga kela boshladi.
Bag‘dodda paydo bo‘lgan dastlabki suxravardiya va qodiriya tariqatlari butun
musulmon olamiga tarqaldi.
Har qaysi alohida mintaqada sufiylik tariqatlari ta’limotlari mahalliy
xususiyatlar, an’analar hamda islomdan awalgi diniy ta’limotlar ta’sirida
rivojlandi. Xususan, Hindistonda sufiylik qarashlari rivojida (XIV—XVI
asrlar) buddaviylik va hinduiylikka xos tasaw urlar o ‘z ta’sirini o ‘tkaz-
ganini yaqqol ko‘rish mumkin.
XII—XIII asrlarda Ibn Arabiy «falsafiy» tasawufhing asosiy qoidalarini
bayon qilib berdi. U «vahdatul-vujud» g'oyasini ilgari surdi. «Komil
inson», «borliqning birligi» (vahdatul-mavjud), «Mutlaqning o ‘zini
nam oyon qilishi - jilolanish» (tajalli) va «nurlanish» kabi g'oyalar
bahs va m unozaralar manbayi bo ‘lib qoldi.
Tasawuf g‘oyalari ko‘pdan-ko‘p she’riy asarlarda ham o ‘z ifodasini
topdi. Sufiylik ramziy ifodalari, timsolMri va mavzulari butun diniy va dunyoviy
fors she’riyatiga (Jaloliddin Rumiy, Sanoiy, Sa’diy, Amir Xisrav Dehlaviy,
Hofiz, Jomiy, Ansoriy, Nizomiy va b.), shuningdek, ma’lum darajada arab
she’riyatiga singib ketdi. Turkiy xalqlaming (birinchi navbatda Alisher Navoiy),
Bolqon yarim oroli, Shimoliy Hindiston, Indoneziya musulmonlari adabiyoti
va xalq og‘zaki ijodida ham shunday holat yuz berdi.
T asaw uf aw al boshda m o‘m in-itoatkorlik va dunyo halovatidan
kechishni taig‘ib qilgan bo‘lsa, butun tarixi davomida bir necha bor isyonkorlik
harakatlari (Andalusiyadagi «muridlar isyoni» (XII asr), Onado'lida shayx
Badriddin (1416-yilda o ‘ldirilgan) boshchiligidagi diniy-siyosiy harakat,
Do'stlaringiz bilan baham: