O. X. Xamidov


 Guruhning innovatsion salohiyati



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/54
Sana14.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#801057
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZM VA SERVISDA INNOVATSIYALAR 2

3.2. Guruhning innovatsion salohiyati 
Innovatsion faoliyatning samaradorligini oshirish bo’yicha eng muhim 
vazifalardan biri samarali produktiv ish uchun kerakli va etarli psixologik 
sifatlarga ega yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan ijodiy guruh yoki 
jamoa tashkil etish vazifasidir. 
Eng yaxshi innovatsion jamoalarni ijodkorlik va qiziquvchanlik harakatga 
keltiradi. 
Ular 
atroflaridagi 
olam 
o’zgarib turishini tushunadilar, lekin 
o’zgarishlarga dushmanlari emas, ittifoqchilariga qaragandek qaraydilar. Ular o’z 
ishchi muhiti bilan birga doimo o’zgarish va rivojlanishga tayyorlar. 
Muvaffaqiyatli loyiha jamoasining tavsifi quyidagilar: 
- o’zini loyihaga bag’ishlash; 
- natijaga diqqatini qaratish; 
- ijodiy fikrlash; 
- o’zgarishlarga tayyorlik; 
- sifat haqida qayg’urish; 
- tendensiyalarni oldindan aytib berish qobiliyati; 
- xabardor bo’lish, qiziqish va quvvat; 
- to’qnashuvlarni tezkor hal etish qobiliyati; 
- muloqotga kirisha olish, qayta javob; 
- o’zaro javobgarlik, ishonch; 
- rivojlanishga qiziqish; 
- samarali tashkiliy aloqalar
17
.
Samarali innovatsion jamoa o’zining vaqt bilan cheklangan vazifasini 
tushunishi va uning bajarilishi uchun butunlay javobgar bo’lishi lozim. Jamoa aniq 
jamoaviylik mezonlarini ishlab chiqishi lozim. Bu o’xshashlik asosan loyiha 
maqsadi bilan belgilanadi. Jamoaviylik tashqaridan yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
Loyihaning yakuniy natijasiga diqqatni qaratish jamoani tashkilotning keng 
ko’lamli strategiyasidan xavfli darajada ajralmagan holda uning mustahkamligini 
saqlab qolishga yordam beradi. 
Nihoyat, muvaffaqiyatli innovatsion jamoa uchun turli malakalarga ega 
bo’lishi xosdir. Jamoaning turli-tumanligi uning kuchidir. U vazifalarni 
bajarishdagi kishilarning malakasi mujassamligiga ko’ra kuchayib boradi. Jamoa 
ijodiy, konstruktiv va birgalikda fikrlay olishi lozim. U g’oya va ma’lumotlar bilan 
almashishga tayyor bo’lishi, muammolarni hal etish uchun birga harakat qilishi va 
sharoitning o’zgarishiga moslashishi lozim. Jamoa samarali muloqot yurita olishi 
lozim. 
16
Алан Баркер. 
Алхимия инноваций. - М.: Вершина, 2003.
17
Шу жойда, 143-144 б.


34 
Innovatsion 
guruhning 
faoliyatida 
korporativ 
tushunishning 
“paradoksalizmi” muhim rol o’ynaydi. Uning eng yorqin ko’rinishlaridan biri 
hattoki faoliyatning natijalariga qaramay, guruh o’zaro faoliyatiga zaruratga 
jamoaviy tarzda ishonishidir. 
Odatda, innovatsion jamoaning eng kam soni taxminan 8-12 kishini tashkil 
etadi. Ko’proq sonli guruhlarda aksariyat hollarda guruhdagi kelishmovchiliklarga 
sabab bo’luvchi samarasiz ijtimoiy psixologik bosim yuzaga keladi. Innovatsion 
jamoa tomonidan bajarilgan vazifalarning ko’p rejaliligi unda xodim sheriklarning 
kamida uchta kategoriyasi bo’lishini ko’zda tutadi.
Birinchi guruhga ijodiy tashabbusni ko’rsata oladigan, o’ziga xos g’oyalarni 
ilgari sura oladigan g’oya ishlab chiquvchilar kiradi. Ikkinchi guruh innovatsiyani 
jarayon sifatida boshqara oladigan innovator-menejerlardan tashkil topadi. Aynan 
ular noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilishi, moliyaviy va ishbilarmonlikda 
tavakkal qilishi, tashkiliy va psixologik qiyinchiliklarni enga olishi lozim. 
Innovatsion jamodagi, uchinchi, eng ko’p sonli guruh qo’llab-quvvatlash 
tizimini ta’minlovchi malakali ishchilardan («periferiya») tashkil topadi. Aynan 
shu guruh axborot ta’minoti, tashqi muhit tahlili bilan shug’ullanadi, 
innovatsiyalarning amaliyotda qo’llanishini ta’minlaydi. 
Innovatsion jamoadagi har bir a’zoning individual psixologik xususiyatlari 
(barcha uch guruhda, lekin turli aksent bilan) samarali innovatsion faoliyat uchun 
zarur sifatlar majmuiga mos bo’lishi lozim. Xususan, bu intellekt, liderlik, 
tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, javobgarlik (mas’uliyatni his etish), 
qat’iylik kabi sifatlardir. 
Rahbar innovatsion jamoaning samarali faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
U o’z rahbarlik qobiliyati bilan jamoaning jipsligini mustahkamlashi, unga doimo 
loyihaning maqsadlari va ularni bajarish muhimligi haqida eslatib turishi, uning 
ruhini ko’tarish va eng yuqori natijaga yo’naltirishi lozim. Shu bilan birga avtoritar 
yoki 
buyruq-ma’muriy 
uslubdagi 
rahbarlikka 
yo’l qo’yilmaydi. Chunki 
innovatsion guruh a’zosining maqomi lavozim ierarxiyasida yuqori pog’ona, 
ma’lumot darajasi bilan emas, balki ilgari surilayotgan g’oyalarning qimmati, 
uning ijodkorlik darajasi va fikrlashdagi o’zgaruvchanlik bilan belgilanadi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish