28
munosabatlari
bilan chiqisha olmaydi, albatta ularni siqib chiqarishi va ularning
o’rnini egallashi lozim.
Innovatsiyalar mavjud madaniyat bilan chiqisha olmasligi, mavjud madaniy
namunalar bilan to’qnashuvga borishi mumkin. Bu holatda innovatsiya jamiyat
yoki ijtimoiy guruh tomonidan rad etiladi. Masalan, Bug’
turbinasining ishchi
modelini eramizdan avvalgi 62 yilda Geron Aleksandriyskiy ixtiro qilgan. Lekin
bu yangilik deyarli cheksiz qullar mehnati resurslariga ega va mexanik quvvatga
ehtiyoj sezmagan madaniyatda muvaffaqiyatga erishmadi.
Innovatsiya, mavjud madaniyat bilan to’qnashuv bo’lishiga qaramay, qabul
qilinishi varianti ham bo’lishi mumkin. To’qnashuv noroziliklarni keltirib
chiqaradi, moslashuv jarayonining barqaror bo’lishiga to’siqlik qiladi.
Innovatsiya qabul qilinadi va kishilar tomonidan
tushunib etilmagan yangi
namuna yashirincha qabul qilinadi. Hatto uning qabul qilinishi to’qnashuvlar bilan
birga kelsa va to’qnashuv yangi muammolarni chiqarib, jamiyatda ijtimoiy
bosimni kuchaytirsa-da, ular bevosita mazkur ijtimoiy
innovatsiyaga qarshi
yo’naltirilgan bo’lmaydi. Bu holatda to’qnashuv ikkilamchi tabiatga ega
sivilizatsiyalashgan va madaniy. Masalan, mamlakatimizda odatiy ijtimoiy
munosabatlar namunasining o’zgarishi bilan bog’liq xususiy mulk munosabatlariga
qurilgan klassik liberalizm g’oyasini tatbiq etish moddiy va ma’naviy
kamchiliklarni keltirib chiqaradi.
Aytib
o’tilganlardan innovatsiyalarning ijtimoiy-madaniy muammolari
yuzaga keladi. Sotsiologiyada innovatsiyalarning ijtimoiy
samaralarining uch turi
ko’rsatiladi (V. Ogber):
-
ayrim ixtirolar yoki yangi ishlanmalarning ko’plab samarasi (avtomobilni
tatbiq etish sanoat tarmog’ining paydo bo’lishiga olib keldi, kishilarning
harakatlanish vaqtini qisqartirdi, u inson qimmati, bozor
munosabatlarini tashkil
qilishga ta’sir ko’rsatdi, yo’llar qurilishini rag’batlantirdi, dam olish tarzini
o’zgartirdi);
-
jamiyatda
stivilizatsion,
ijtimoiy,
madaniy
o’zgarishlarni yuzaga
keltiruvchi ayrim ixtiro yoki yangi ishlanmalarning erkin samarasi. Masalan,
avtomobil ixtiro qilinishi bilan olingan samara ijtimoiy hayotning turli sohalarida
quyidagi ko’pgina samaralarni beradi: kishilar faoliyatini o’zgartirgan avtomobil
sanoati paydo bo’ldi, o’z
navbatida, bu o’zgarish bandlikdagi muammolar, dam
olishdagi muammolar va hokazolarni keltirib chiqardi;
- turg’un ixtirolarning samarasini birlashtirish (atom reaktori, raketa,
elektron tizimnnig ixtiro etilishi yalpi yo’q qilish qurolining paydo bo’lishiga
sabab bo’ldi; avtomobil,
konveyer, ijtimoiy mehnat taqsimoti kabi ixtirolarning
ijtimoiy ta’sirini biriktirish zamonaviy ishlab chiqarishni keltirib chiqardi).
Shunday qilib, innovatsiyalar, ular birdan qabul qilinmasa-da va mavjud madaniy
namunalar, qimmatliklar va me’yorlar bilan to’qnashuvga borsa-da,
tegishli samara
berishi va madaniyat uchun izsiz o’tib ketishi mumkin emas.
Muhim innovatsiyalar, odatda, kuchli samara beradi, chunki ular nafaqat
mavjud namunalarni buzadi va yangilarini yaratadi,
balki ijtimoiy munosabatlar
jarayonini o’zgartiradi. Jamiyatga, undagi mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimiga
aynan shunday chuqur ta’sir ko’rsatishi ixtiro kabi innovatsiyani yaratdi va
29
avtomobil, ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie) keng
ko’lamda tatbiq etilishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: