Tayanch iboralar
“Ijodkor kamlik”, deviatsiya (chekinish), konservativ, agressiv, stenzura,
obstruktsiya, “kompensatsiya qilish”, “bumerang samarasi”.
Nazorat savollari
1.
Innovatsiyaning asosiy o’ziga xos jihati nimadan iborat?
2.
Deviatsiya tushunchasiga ta’rif bering?
3.
“Ijodkor kamlik” deganda nimani tushunasiz?
4.
Innovatsiyalarni qabul qilish va tarqatishga qanday omillar ta’sir etadi?
5.
Qanday holatlarda yuqori darajadagi kompensatsiya vujudga kelishi
mumkin?
6.
Bumerang samarasi nima?
7.
Madaniyat rivojlanishida innovatsiyalarning qanday roli mavjud?
8.
“Asriy” innovatsiyaga ta’rif bering?
31
III bob. INNOVATSION JARAYONLARNING MUVAFFAQIYATIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
3.1. Shaxsning innovatsion salohiyati
Innovatsiyalarning yaratuvchisi doimo alohida individ (shaxs) bo’lgan. Bu
holatda biz alohida shaxs psixologiyasini innovatsiyalarga layoqati nuqtai
nazaridan ko’rib chiqishimiz kerak. Shuning uchun innovativlik psixologiyasining
asosiy muammosi shaxsning ijodiy salohiyatini psixologik tomondan o’rganish
mexanizmlari, shakl va usullarini nazariy va amaliy asoslab berish hamda samarali
innovatsion faoliyat uchun psixologik qulaylik bilan ta’minlashdir. Innovatsion
faoliyatga iqtidor yoki ijordkorlik qobiliyati faqat ayrim kishilarning tug’ma
xususiyati ekanligini faraz qilishimiz mumkin.
Bunda quyidagi savol yuzaga keladi ijodkor inson qanday bo’ladi?
Xarakterning qaysi qirralari muvaffaqiyatli ravishda ijod bilan shug’ullanish
imkonini beradi?
Psixolog-kognitivistlar va boshqa olimlar yillar davomida jiddiy tarzda
ijodiy qobiliyatni o’rgandilar. Ularning ishi natijasida maktab paydo bo’ldi,
maktabning vazifasi “ijodkor shaxsning” muhim tomonlarini aniqlashdir.
Aksariyat mualliflar ijodkor innovatorlarning quyidagi shaxsiy xususiyatlarini
ajratib ko’rsatadi:
1)
Mustaqillik. Shaxsiy standartlar guruh standartlaridan muhimroqdir,
baholash va fikrlashning o’zaro mos kelmasligi yaqqol ko’rinib turadi:
Aqlning ochiqligi: o’zi va boshqalarning tasavvurlariga chin dildan
ishonishga tayyorgarlik. Bu kabi inson tadqiqotlarni yaxshi ko’radi va axborotga
chanqoq bo’ladi. Unda muammolarni izlashga iqtidor bo’ladi. U javobi topilmagan
savollar bilan qiziqadi, eng murakkab muammolarni afzal ko’radi, o’tkir
qiziquvchanlikka ega, o’z qobiliyatini navbatda chaqirishga, navbatdagi bosh
og’riqqa doim tayyor.
Aqlning moslashuvi. Holatga har tomonlama qaray
olishi
mumkin.
G’oyalarni orqasi bilan oldinga, yuqoridan pastga astarini ag’darib tashlaydi.
Qatorlab berilgan fikrlarni “Agar bunday bo’lsachi? degan savol bilan to’ldirib
tashlaydi. Metafora va analogiyalarni yoqtiradi. Holatni g’aroyib timsollar yoki
nutq xususiyatlaridan foydalanib tushuntiradi yoki tasvirlaydi. Sinektik tarzda
“bartaraf etish” qobiliyatiga ega, ya’ni odatiy, kundalik ishlanmalarda biror
nostandart, “g’alati” ishlanmalarni ko’ra oladi. Yoki, aksincha, umuman
kutilmagan, hatto, bo’lmag’ur g’oyani biror oddiy, o’z-o’zidan ma’lum g’oyaga
aylantira oladi.
Xatarga tayyorlik. Chegarada yashashni yoqtiradi. Uyg’onish va doimiy
rag’batni izlaydi. Muntazam ravishda tadqiq etilmagan hududni izlaydi.
Mag’lubiyatlarni oddiy holat sifatida ko’radi. Uning vakolati doirasidagi sohalarda
ishlashni yoqtiradi; ba’zida improvizatsiya qiladi yoki hattoki impulsga itoat etgan
holda, aniq tayyorgarliksiz ishni boshlab yuboradi.
Noma’lum va hal etilmaydigan holatlarga yuqori darajada chidamlilik, bu
kabi holatlardagi konstruktiv faollik. Rivojlangan estetik hissiyot, umuman
asoslanmagan rohat sifatidagi go’zallikka intilish; shaxsiy estetizm. Murakkab
32
ishlanmani oddiy qilishga moyillik. Holat, assotsiatsiya va o’xshashlik modelini
topish. Ikkilamchilik, asimmetriya va noaniqlikka yuqori darajadagi bardoshlilikni
ko’rsatadi.
O’z ijodiy qobiliyati, o’z iqtidori va fe’l-atvori kuchiga ishonch, shu bilan
birga o’z ishini baholashda ob’ektivlik. Boshqalarning o’zi haqidagi fikrini
so’raydi. Tanqidga hisobga oladi va undan foydalanadi. Qaytuvchi aloqa bo’lganda
juda yaxshi natijalarga erishadi.
O’z-o’zini ishontirish. Ishni aynan ish maqsadida bajaradi. Masalani hal
etish istagi, yaratish istagi bilan harakatlanadi. Mukofot puli, oylik maosh miqdori
va qo’shimcha to’lov bilan deyarli qiziqmaydi. Ishontirishning tashqi shakllari
baholash yoki attestatsiya asosida o’z ishini almashtirishga moyil emas, balki
nazoratga olmaydi.
Ehtimol, ijodkor novatorlarning ushbu o’ziga xos xususiyatlariga tadqiqot
faoliyatiga bevosita merkantil qiziqishlar singari xususiyatni qo’shish kerak.
Barcha aytib o’tilgan xususiyatlarni innovatsion tushuncha iborasi bilan
umumlashtirishimiz mumkin. Innovatsion tushuncha, nostandart yoki hattoki
nome’yoriy, teskari, deviant soha bo’lib, biror ob’ektni modernizatsiya qilish yoki
butunlay o’zgartirish maqsadida tuzumli, funksional, institutsional, me’yoriy
o’zgarishini amalga oshirish maqsadlari, sababi, mo’ljali, ko’rsatmalarini o’z
ichiga olgan tushuncha sifatida belgilanishi mumkin
13
.
Tushunchaning innovatsion tayyorgarligi aksariyat hollarda qanday hissiy va
motivatsion holatlar insonda biror-bir muammoni keltirib chiqarishiga bog’liq. Bu
holatlar (faollik, befarqlik, qo’rqinch), so’zsiz, innovatsiyaning natijasi va
samaradorligiga ta’sir etadi. Ma’lumki, motivatsiyani oshirish (xuddi ortiqcha
psixologik qulaylik singari) innovatsion faollikni faqatgina ma’lum darajagacha
oshishiga olib keladi
14
.
Bundan tashqari, shaxsning innovatsion faolligiga boshqa omillar ham ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, innovativlik psixologiyasida quyidagi bog’liqlik ta’kidlab
o’tiladi: tajribaliroq ishchilardan yangi ishlanmalarga mo’ljal kamroq tajribaga ega
ishchilardan sustroq.
Aytib o’tilganlarni xulosa qilib, shuni ta’kidlashni istardikki, ijodkor-
novatorga xos tavsiflarning bir vaqtdagi birikmasi gomogenli professional,
demografik, jins, yosh, ta’lim, milliy-madaniy yoki konfessional-etnik ijodiy
guruhlarga nisbatan faqatgina juda kam sonli vakillarda ko’zga tashlanadi. Odatda,
guruhning umumiy sonida bu kabi ijodkorlarnnig ulushi 10-12% gacha bo’ladi
15
.
Bundan tashqari, bunday kishilarni, odatda, boshqarish oson emas hamda ular bilan
ishlashda
muammolar
yuzaga
keladi.
Zamonaviy
tadqiqotchilar
yagona
ijodkorlarga qoldirish uchun innovatsiyalarni o’ta muhim ish deb hisoblaydilar.
Shubhasiz, imkoniyatni aniqlash, barcha ishlanmasi bilan xatarga yo’l qo’yish va
uni ushlab qolish uchun ko’p holatlarda mashhur shaxs kerak. Lekin g’oya bitta
13
Поскряков АЛ.
Инновационная культура // http: //Lib.druzva опт/ innovatica.
14
Основы менеджмента. - М.: Финансы и статистика, 2003.
15
- Иванов М.М., Колупаева СР., Кочетков Г.Б.
США: управление наукой и нововведениями. - М.: Наука,
1990.
33
odamning miyasida tug’ilishi mumkin, lekin uni hayotga tatbiq etish uchun doimo
birgalikdagi mehnat talab etiladi.
Innovatsiya ijtimoiy fenomendir. U o’z ifodasini jamiyatda topadi, va uning
yuzaga kelishi uchun birgalikda faoliyat yuritishi kerak
16
.
Do'stlaringiz bilan baham: |