O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va 
Shveytsariya aholisi ikki yoki uch tilda so'zlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus 
bo'lmagan aholining yarmidan ko'pi o'z ona tilidan tashqari rus tilini ham biladi. Ilgari 
mustamlaka bo'lgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining deyarli hammasida ikki til — 
mahalliy va rasmiy davlat tillari mavjud. Hindistonda rasmiy hindi tili bilan birga yuzlab 
boshqa tillar ham bor. Pokistonda — urdu, Indoneziyada — baxsa — indonezia, Filippinda 
— tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida rasmiy ingliz yoki fransuz tillari bilan bir 
qatorda mahalliy tillarda ham so'zlashiladi
5

Tillarning geografik chegaralari doimo o'zgarib turgan. Agar arab tili paydo bo'lgan vaqtda 
(VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan 
bo'lsa, hozir bu tilda Shimoliy Afrika va Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan juda ko'p xalqlar 
so'zlashadi. Yoki ingliz tilini olsak, unda dastlab faqat Britaniya orolidagi aholi so'zlashgan bo'lsa, 
hozir Yevropa va Shimoliy Amerika aholisining beshdan bir qismi, Avstraliya va Yangi Zelandiya 
xalqlari asosan, shu tilda so'zlashadilar. Kichkina Pireney yarim orolida paydo bo'lgan ispan, tili 
hozir butun Lotin Amerikasiga tarqalgan. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin etnos (qabila, elat)larning bir-birlari bilan yaqinlashib 
aralashib ketishi (konsolidatsiya), bir xalqning ichida yashab unga singib ketishi (assimilyatsiya) 
kuchay-gan edi. Ayniqsa, milliy ozodlik kurashi natijasida mustaqillikka erishgan, xalqlar o'z 
davlati, hududiga ega bo'lib, sotsial-iqtisodiy reformalar orqali xo'jalik va maishiy turmushiga tub 
o'zgarishlar kiritib, etnik konsolidatsiya jarayoniga zo'r ta'sir boshlaganlar. Oqibatda qavm-
qarindosh, qabila va elatlardan yangi xalq va yangi millatlar shakllana boshlagan edi. Bunga ilgari 
qabilaviy tuzumga ega bo'lgan xausa, yoruba, akan, ibo kabi Afrikada yashovchi xalqlar misol bo'la 
oladi. Etnik konsolidatsiya Hindistonda, Filippinda va boshqa Osiyo mamlakatlarida ham tez 
sur'atlar bilan sodir bo'lmoqda. 
Assimilyatsiya, odatda, iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan mamlakatlarda ro'y beradi va 
o'zining milliy mavqeini saqlab qolgan xalqlar orasida yashovchi mayda etnik guruhlar uzoq davr 
mobaynida yaqin munosabatda bo'lib yirik millatlarning tili va madaniyatini o'zlashtirib unga singib 
ketadi va o'zini shu millat vakili hisoblaydi. Bunday jarayon turli xildagi etnoslarga tegishlidir. 
Unga mayda millatlar, immigrantlar va hatto o'zining etnik hududiga ega bo'lgan ba'zi xalqlar ham 
kiradi. Assimilyatsiya sur'ati asosan, yirik millat, mayda etnoslarning til va madaniy yaqinligi, 
milliy va siyosiy birlik hissiyoti, o'z vataniga aloqadorligi, joylanish xarakteri (tarqoq yoki turg'un 
holda), irqiy va diniy xususiyatlari va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Ammo assimilyatsiya tabiiy yoki 
zo'rma-zo'rakilik oqibatida ro'y berishi mumkin. Tabiiy assimilyatsiya uzoq vaqt davomida sotsial-
iqtisodiy taraqqiyot va madaniy aloqaning yaqinligi oqibatida sodir bo'ladi. Bunda madaniy-
xo'jalikning birligi negizida etniklar integratsiya, ya'ni turli etnoslarning yaqinlashish jarayoni ham 
ro'y beradi. Milliy nizolarga to'la kapitalistik mamlakatlarda, ayniqsa, mustamlakachi davlatlarda, 
o'z milliy huquqiga ega bo'lgan etnos vakillarini zo'rlik bilan o'z ona tili va madaniyatidan mahrum 
etish siyosati orqali hukmron millatning til va madaniyatiga o'tishga majbur etiladi. Qurama elat va 
5
Этнология. Учебник. Под.ред.Г.Е.Маркова и В.В.Пименова М.1994.С.65. 


xalqlardan tashkil topgan AQSHda zo'rlik assimilyatsiya ochiqdan-ochiq amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi davr-dagi urbanizatsiya va migratsiya jarayoni ham etnoslarning yaqinlashishi va aralashib 
ketishiga ta'sir qiluvchi omillar hisoblanadi. 
Jahonda faqat bir millatdan tashkil topgan davlatlar juda kam chunki siyosiy va etnik 
chegaralar ham doimo to'g'ri kelavermaydi. 
Faqat Yevropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish 
davri bilan to'g'ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga 
kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga ko'ra ozmi-ko'pmi 
boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, koreyslar, 
Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tilida so'zlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, 
chililik, perulik, braziliyalik va hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim 
davlatlarda esa o'nlab, yuzlab turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg'oniston, 
Nigeriya va hokazo). 
Yevropaning etnik qiyofasi nihoyatda murakkab. Bu yerda asr-lar davomida xilma-xil 
qabila, elat va xalqlar paydo bo'lib, mahalliy etnoslar bilan aralashib ketgan. Mazkur jarayon 
uzluksiz davom etib kelgan va natijada dastlabki tub aholi to'g'risida aniq ma'lumotlar bizgacha 
yetib kelmagan. Ularning lingvistik tarixi ham chalkash. U yerdagi hozirgi millatlar o'z milliy 
davlatlari chegarasi doirasida asosan, o'tgan asr o'rtalarida shakllangan. 
Yevropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining ko'pchi-ligi (o'ndan to'qqiz qismi) 
hind-yevropa til oilasining uchta yirik til turkumi — roman, german va slavyanlardan iborat. 
Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-
ugor til turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g'arbda yashovchi italyanlar, 
fransuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar kiradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Yevropada 
slavyan tillarida so'zlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, 
xorvatlar, «musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi. German tilida 
so'zlashadigan avstriyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, 
ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shveytsariyaliklar Markaziy G'arbiy va 
Shimoliy Yevropada yashovchilar. Hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va 
Fransiyaning Breton yarim orolida qadimgi davrdan keng tarqalgan kelt tilida so'zlashadigan 
elatlarning avlodi yashaydi. Eng qadimgi vaqtlardan Pireney yarim orolining shimolida va qisman 
Fransiyada yashayotgan basklar hech bir til oilasiga kirmaydigan maxsus tilda so'zlashadi-lar. 
Vengerlar yoki madyarlar, finlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga oid. Bolqon yarim 
orolida va janubda yashovchi turklar, tatarlar va gagauzlar esa turkiy tillarda so'zlashuvchi etnik 
guruhlardir. Faqat Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Sir milliondan ortiq yevropalik 
yahudiylar asosan, nemis tili shevasida yoki o'zlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda 
so'zlashadilar. 
Jahon aholisining yarmiga yaqini Osiyoda joylashgan bo'lib, mingdan ortiq etnik tuzilishi, 
tili, madaniy-iqtisodiy darajasi va maishiy turmushi bilan bir-biridan farq qiladigan turli elat va 
xalqlar yashaydi. Osiyoning ko'p qismi odamning vatani (ya'ni antropogenez)dir. Bu yerda juda 
ko'p dastlabki qadimiy tillar, asosiy irqlar shakllangan, qadimgi madaniyat markazlari, jahon dinlari 
(nasroniylik, buddizm va islom) paydo bo'lgan. Yuz milliondan ortiq aholiga ega bo'lgan xitoylar, 
hindistonliklar, yaponlar, bengalliklar, 26 ta o'n milliondan ortiq aholi xalqlar bilan bir qatorda bir 
necha ming va hatto bir necha yuz ming kishidan iborat juda ko'p mayda qabilalar ham mavjud. 
Yaponiya, Koreya, Bangladesh va ko'pgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib 
turadi (asosiy xalq 95 foizini tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, 
Xitoy, Shri-Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afg'oniston, Eron, Hindiston, 
Pokiston, Indoneziya, Filippinlar murakkab ko'p millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va 
elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba'zi etnik 
guruhlar hozirgacha ham xalq bo'lib shakllanmagan, hatto ularda urug'-qabilachilik munosabatlari 
saqlanib qolgan. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish