Iqtisodiy va texnikaviy taraqqiyotda yangi sifat yaratgan uchinchi madaniy-xo'jalik dpi
chopqi dehqonchiligi bilan chorvachilikning qo'shilishi natijasida paydo bo'lgan edi. Agar ishchi
hayvon kuchi ishlatilmasa yerga haydov berish qurollari (omoch, plug) ham bo'lmas edi. Yerga
haydov berishga asoslangan dehqonchilikning paydo bo'lishi ishlab chiqarishni o'stirib, jamg'arish
va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirgan. Bu davrda hunarmandchilik ham qishloq xo'jaligidan ajralib
chiqadi va asta-sekin manufaktura yuzaga keladi, keyin zavod-fabrika sanoati paydo bo'ladi. Osiyo,
Afrika va Yevropada bir necha asrlar kapitalizmgacha hukmron bo'lgan sinfiy jamiyatlarning bosh
iqtisodiy zamini shubhasiz, haydalma dehqonchilik edi. Yerni haydash Amerikada faqat XVI asr,
Yevropa mustamlakasidan keyin paydo bo'lgan, Avstraliya va Okeaniyada esa undan ham keyin
(XVIII-XIX asrlarda) tarqalgan.
Bizning zamonamizda avj olgan sanoat va fan-texnika taraqqiyoti butun jahonda an'anaviy
xo'jalik-madaniy tiplarga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi. Yevropa va Amerika qit'alaridagi eng
rivojlangan mamlakatlarda aholining ko'pchilik qismi industrial faoliyatga tortilib, an'anaga aylanib
qolgan qishloq xo'jaligi o'rniga yuksak taraqqiy qilgan tovar dehqonchiligi, intensiv tovar
chorvachiligi, tropik iqlimli hududlarda plantatsion qishloq xo'jaligi paydo bo'lgan edi.
Demak, nihoyatda xilma-xil va rang-barang, katta va kichik turli etnoslar jahonda mavjud.
Ular o'zlarining tabiiy geografik sharoiti, tarixiy shakllanib kelgan tili va milliy xususiyatlari,
joylashishi va turar joylari, milliy arxitektura va uy-ro'zg'or buyumlari, taomlari va iste'mol usullari,
turmush tarzi va urf-odatlari, xalq og'zaki ijodi va san'at namrcoatari bilan bir-birlaridan farq
qiladilar. Ammo bir sayyorada yashovchi barcha elat va xalqlar yagona insoniyatni tashkil qiladi.
Hozirgi yer kurrasining etnik qiyofasi nihoyatda murakkab va rang-barang, chunki keyingi
ma'lumotlarga qaraganda, jahonda uch mingdan besh minggacha etnoslar va etnik guruhlar mavjud
bo'lib, ular taxminan ikki yuzta mustaqil davlatlarda yashamoqdalar. Tabiiyki, bunday ko'p sonli
xalq va elatlarning etnogenezi, ya'ni kelib chiqishi va etnik tarixini o'rganish etnologiya fanining
eng og'ir va to'liq yechilmagan chigal muammolaridan hisoblanadi. Keyingi yarim asrda
olimlarning bu masalada keng qamrovli yondashish usuli orqali olib borgan tadqiqotlari birmuncha
samarali natijalarni bergan edi.
Etnogenetik muammolarni hal qilishdagi yangi ilmiy tamoyil-larning paydo bo'lishida rus
etnolog va antropolog olimlarining xizmatlari katta. Ular jahon fanida birinchi bo'lib etnogenetik
tadqiqotlarni o'tkazishda aniq va to'g'ri metodika va metodologiyani keng qamrovli usulda o'tkazish
yo'llarini ko'rsatib bergan edilar. Bunday murakkab muammolarni haqiqatdan ham faqat shu
usulida, fanning ko'p sohalari ishtirokida tarix, antropologiya, lingvistika, xo'jalik, moddiy va
ma'naviy madaniyat, demografiya, siyosat, hatto etnobotanika, etnozoologiya kabi tabiiy fanlar va
boshqa omillar orqali hal qilish mumkin.
Etnogenetik tadqiqot dastavval etnos va etnik guruhlar bilan bog'liq «genezis» atamasini
tushunib olish va uni amalda ilmiy jihatdan to'g'ri ishlatishdan boshlanadi. Asli jahon fanida
etnogenez so'zining etnologik mohiyati madaniy va ijtimoiy antropologiyada qabul qilinganidek,
etnik guruhlarning tarixiy kelib chiqishi jarayoni tushuniladi va bu atama antropogenez, ya'ni
odamning paydo bo'lishi va shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan ilk insoniyat va jamiyatlar rivoji
bilan bog'liq bo'lgan.
Ma'lumki, arxeologiya va paleontologiya yutuqlari asosida odamzod Homosapiens tipida 2
mln. - 20 ming yillar muqaddam shakllana boshlagan bo'lsa, ilk mehnat, til, din, san'at kabi ijtimoiy
munosabatlar majmui 20 ming - 3 mln. yillar avval yuzaga kelganligi fanda aniqlangan. Lekin,
keyingi besh ming yillar davomida insoniyat o'zining ilk etnik morfologiyasi (tuzilishi)ni saqlab
qolmagan va shu davr ichida bir necha marta etnik o'zgarishlar f ro'y bergan. Bu jarayon
hozirgacha davom etmoqda.
Demak, «genezis» so'zi lotincha «kelib chiqish» ma'nosida «et-nos» atamasining qo'shilishi
bilan xalq (elat)ning kelib chiqishi deb tarjima qilinadi va etnologiya fanining muhim va dolzarb
muammosi hisoblanadi. Bu atama
Do'stlaringiz bilan baham: