XX-asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar
o'z-o'zidan XXI-asrga ham ko'chib o'tdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va
bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasavvurlarini etnologik
ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi,
asosiy maktablari va yo'nalishlari, etnogenez va antrogenez, o'ziga xos uslub va atamalar kabi
nazariy; masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim
etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlarning
o'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida
e'tibor berilgan.
Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, insoniyat tarixining
ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini
anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni
elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj
tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo
munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto
qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga
solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-
fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan
1
.
Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi
natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar
davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika,
Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam
bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari,
patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.
Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan
bir necha urug'-qabilalarning birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib
ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng
kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi
zaminida paydo bo'lishgan. Ular ko'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.
Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning ko'pi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam
Do'stlaringiz bilan baham: