O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Lingvistik jihatdan Afrika aholisi to'rt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Lingvistik jihatdan Afrika aholisi to'rt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki 
afroosiyo), niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit'aning shimolida va shimoli-
sharqida yashovchi semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi. 
Semitlardan eng ko'pi Afrika aholisining (83 million) beshdan bir qismini tashkil etadigan 
arab xalqlaridan iborat. Keyingi amxara va kushit, tigrai va chad guruhlariga kiradigan xalqlar 
semit-xamit til oilasining vakillaridir. 
Yarim milliardga yaqin aholiga ega bo'lgan Amerika qit'asining etnik tuzilishi ham tabiati 
singari rang-barang. Ammo bu yerda odamzod paydo bo'lmagan. Dastlabki kishilar 30 ming yillar 
muqaddam Osiyo bilan Amerika qit'asi birikkan vaqtda paydo bo'la boshlaganlar. Turli qabila va 
irqlardan iborat kelgindi aholi avval Shimoliy Amerikada, keyin janub tomon ko'chib, keng 
hududga tarqalgan. Okean suvlarining ko'tarilishi natijasida 12 ming yillar muqaddam Chukotka 
bilan Alyaska yarim orollari bo'linib ketishi oqibatida Amerika qit'asi eski dunyodan ajralib qoladi. 
Qit'adagi eng oxirgi oqim eskimoslardir. 
Yevropaliklar kelgunga qadar rivojlangan dehqonchilik mada-niyati yaratgan xalqlar atstek, 
mayya va inklar Janubiy Meksika, Markaziy Amerika va And tog'larida yashaganlar. Shimoliy va 
Janubiy Amerikaning bepoyon preriy dashti biyobon va changalzor o'rmonlarida ovchilik, 
terimchilik va baliqchilik bilan shug'ullanuvchi mayda qabilalar joylashgan. Yevropa istilochilari 
mahalliy xalqlar (hindilar)ni bo'ysundiribgina qolmay, ancha qismini qirib tashlaganlar, ko'p 
qabilalar yevropaliklar keltirgan turli kasalliklar tufayli qurbon bo'lgan yoki juda kamayib ketgan. 


Faqat yuqori taraqqiyot darajasiga ko'tarilgan xalqlar (kechua, aymara, guarani va hk.) o'ziga xos 
madaniyati va etnik hududini qisman saqlab qolishga muyassar bo'lganlar. 
Antropologik jihatdan Amerika qit'asining aholisi turlicha. Anglo va frankokanadaliklar, 
asosan, yevropoid, Urugvay, Argentina va Kosta-Rika xalqlari hindilar aralashuvidan tashkil topgan 
(meksikaliklar, gvatemala, Salvador, gonduras, nikaragua, panama, paragvay, chili, peru, ekvador, 
boliviyaliklar) metislar, ya'ni yevropaliklar bilan hindilar avlodlaridan shakllangan xalqlar, 
puertorika va kubaliklar oq tanli, qora tanli va mulatlardan paydo bo'lgan qurama etnoslardir. 
Braziliya, Venesuela va Kolumbiya xalqlarining irqiy tuzilishida yevropoid, negroid va hindilar 
ishtirok qilgan bo'lib, bu jarayon hali ham davom etmoqda. Amerikaning tub aholisi hisoblangan 
hindilarning o'zlari katta mongoloid irqining maxsus turkumiga oid. Ular asl mo'g'ullardan baland 
bo'yi va burgutsimon uzunroq burni bilan farq qiladilar. Eskimoslarda mongoloid belgilari ancha 
kuchli. 
Amerika tub aholisining tillari o'ziga xos xususiyatlarga ega va grammatik tuzilishi jihatdan 
boshqa qit'a xalqlarining tillaridan farq qiladi. Ko'pchilik olimlar qabul qilgan klassifikatsiyaga 
binoan tub aholida 20 ga yaqin til oilalari mavjud bo'lgan. Shulardan eng yiriklari Shimoliy 
Amerikadagi eskimosaleut, algonkinvakash, na-dene, siu-xoka, Markaziy va Janubiy Amerikadagi 
yuto-tano-atstek, Mayya-soke, chibcha, kechua, aymara, karib, aravak, tupi-guarani, chon til 
oilalaridir. Mazkur tillardan tashqari har xil mayda til turkumlari va shevalari ham bo'lgan. Mayya, 
kechua, aymara, atstek kabi tillarda so'zlashadigan xalqlar qadimdan yuksak madaniyat yaratgan va 
hatto o'z yozuviga ham ega bo'lgan. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish