oilalariga oid
dravid, munda, xitoy-tibet, tay, avstroosiyo, avstroneziya,
semit-xamit va hind-
yevropa xalqlari ham Osiyo qit'asida yashaydi. Oltoy til oilasi hozirgi Mo'g'uliston va Shimoliy
Xitoyda paydo bo'lib, keyin boshqa yerlarga tarqalgan. Xitoy-tibet (tay va tibet-birma guruhlari),
avstroosiyo (vetnam, monkxmer, munda, myao-yao turkumlari), dravid, astroneziya (indoneziya,
filippin, malayya, melaneziya guruhlari) tilida so'zlashadigan xalqlar qadimdan ko'pchilikni tashkil
qilib bir hududda yashab kelmoqdalar.
Yevropa qit'asidan uch hissa katta hududga ega bo'lgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy
va rang-barangdir.
Yevropa ohmlari uni ilgari «qora qit'a» deb atab, etnik tuzilishi o'zaro bog'liq bo'lmagan
turli
qabilalardan iborat, deb noto'g'ri ta'riflaganlar. Albatta mustamlakachilikning asosiy obyekti
bo'lgan, vatandan mahrum etilgan yuz minglab negrlarni qul qilib sotgan Afrika qit'asi bir necha
asrlar davomida taraqqiyotdan chekkada qolgan edi. Lekin bu yerda bir necha millionli (misrliklar,
jazoirliklar, marokashliklar, amxaraliklar)
hozirgi millatlar, yirik xalq va elatlar (Nigeriyadagi xausa
va fulba) bilan bir qatorda hozirgi kunda ham daydilik, sargardonlik va ovchilik bilan shug'ullanib
kelayotgan urug'chilik tuzumida yashayotgan etnografik guruhlar ham uchraydi. Afrika
mamlakatlarining ko'pchiligi milliy ozodlik kurashlari tufayli mustaqillikka erishib erkin taraqqiyot
yo'liga o'tib oldilar.
Oqibatda sotsial, madaniy va siyosiy jihatdan katta yutuqlarni qo'lga
kiritayotgan etnoslar milliy birlikka ham erishmoqdalar.
Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun'iy
ravishda bo'lib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Senegal, Mali, Fil
Suyagi Qirg'og'i, Gambiya, Sere-Leone,
Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe
xalqini olsak u ham Senegal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin,
Mavritaniya,
Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi, eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham xuddi
shunday. Shuning uchun ham qit'ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat yo'q.
Afrika qit'asidagi bir milliondan ortiq bo'lgan 83 ta xalq qit'a aholisining 86 foizini tashkil
qiladi. Jumladan, ular asosan, misrliklar (37 million), xauslar (15 million), jazoirliklar (14 million),
amxaraliklar (1 million), marokashlar (12 million), ibo va fulbe (12 million), yoruba (llmillion) va
boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit'ada yashovchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan,
hozirgi hududda paydo bo'lib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida ayrim
etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashish jarayoni ro'y berib turgan. Ammo bu
jarayon, asosan, shu qit'a doirasida o'tgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning g'arbi-janubiy
qismida qarindosh etnoslarning ko'chishlari bo'lib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: