ko’chmanchilarning qang’, toxariylar, kiariylar davlatlari ham tarixi o’z-o’rnini qoldirgan. Turkey
qabilalarning Markaziy Osiyo hududidan kelib joylanishi miloddan avalgi VII-VI asrlarda ayniqsa
kuchaydi. Janubda dari-tojik va shimolda turkey tili etnoslarning shakllanishi ham shu davrdan
kuchayadi.
Arablar istilosi ularning maxalliy axoli ma’naviy-madaniyatiga ta’siri miloddan VIII asrdan
boshlangan. Keyinchalik somoniylar va qorluq-qoraxoniylar davri (IX-XI asrlar) O’rta Osiyodagi 2
ta yirik xalq tojiklar va o’zbeklarning shakllanishi yakunlaydi.
Mug’ullar istilosi esa hududda 2 yirik irq tevropeoid va mongolloidlarning joylashuvini
boshlab beradi.
Turkey xalqlarning sungi katta qatlami O’rta Osiyo va Qozog’istonga XIV-XVI asrlarda
tarqaladi. XVII asrda bo’ladi.
O’rta Osiyo ulardan tashqari kamsonli xalqlari qurdlar, belujiylar, buxoro yaxudiylari, arablar,
eronlar lo’lilar ham bo’lgan. Rossiya istilosidan co’ng o’lkaga yangi etnoslarning kelib joylashuvi
ro’y beradi. 1980 yilda hududda 9.3 mln. Ruslar. 1194 ming ukrainlar, 181 ming beloruslar, 1154 m
tatarlar, 195 m koreyslar. 52 m dungalar yashagan.
Xo’jaligi: An’anaviy xo’jalik turlari neolit davridayoq shakllana boshlab XIX asrga kelganda
3 ta xo’jalik madiniy tiplari: O’rtoq dehqonchilik (tojiklar, o’zbeklar,
turkmanlar va qisman
qoraqalpoq va qirg’izlar). Ko’chmanchi chorvachilik – qozoq, qirg’izlar va qisman turkmanlar va
o’zbeklar, yarim o’qrtoq aralash dehqonchilik – chorvachilik shakllangan. Qoraqalpoq, qisman
o;zbeklar, turkman, qozoq va qrg’izlar ushbu kompleks xo’jalikni olib borishgan.
Neolit davrida shakllangan dehqonchilik qadimdan sun’iy sug’orishga asoslangan edi. Uning
eng shimoliy hududlarga tarqalishi uchun minglab yillar bo’lgan. Sun’iy cug’orish insoatlari
qurilishi ularni tartibda saqlab turish nihoyat katta mehnat talab qilgan.
Ko’chmanchi chorvachilik bilan cho’l-dasht zonalarida yashovchi aholi miloddan avvalgi II-I
ming yillikning xhegarasida shug’ullana boshlagan. Uning 3 ta turi: “meriodional”, “vertikal” va
“statsionar” o’rtoq turlari rivojlangan.
O’rta Osiyoning tog’li hudularda yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan.
O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari xujaligining ajralmas
qismlaridan biri xalqlari
xo’jaligining ajralmas qismlaridan biri hunarmandchilik va turli kasb-korlar ham bo’lgan. Xususan
kuchmanchi chorvadorlar xo’jalikda zarur jundan, teridan qilinadigan ashyolarni o’zlari
tayyorlashadi.
Turli xo’jalik faoliyati bilan mashg’ul axoli qadimdan iqtisodiy-savdo munosabatlarida bo’lib,
bu voqealik axoli turmushning barcha sohalarda o’z ta’sirini qoldirilgan.
Ijtimoiy tashkilotlar. Xujalikning turli xilda bo’lishi O’rta osiyo va qozogiston xalqlarning
ijtimoiy munosabatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatib uning xilma-xil bo’lishini ta’munlaydi.
Xususan o’rtoq dehqonchilik aholisi miloddan avvalgi III ming yillik (jes davrida) vujudga kelgan.
Toifaviy munosabatlar shakillanib miloddan avvalgi 1 ming yillikda davlatlar shakllangan.
Kuchmanchi chorvalarning doimiy yurishlari va xududiy keib joylashuvlari natijasida o’ziga xos
ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Natijada toifaviy jamiyatning shakllanishi ham hududning
turli qismida turlicha davrda bo’lgan. Umuman tadqiqotchilar vohalar aholisi ijtimoiy
munosabatlarni patriarxal-feodal tipi sifatida ko’rsatishadi. O’z navbatida ko’chmanchilar
jamiyatidagi tabaqalanish ham kuchayib, minglab chorva molli boylab bilan bir qatorda 20-30 bosh
molli aholi ko’pchilikni tashkil qilgan.
Jamoada qambag’al, batrak, cho’ponlar, xizmatchilar guruhi ham shakllangan. Qozoqlardagi
“oqsuyak” xon, sultonlar yoki “qorasuyak”, qolgan aholi ushbu jarayonining yakunideyish mumkin.
Qirg’izlarda oily toifa manak, turkmanlarda – gi deb atalgan.
Chorvadorlar xayotiga katta ta’sir hiladigan narsalarda bir “udum”lar tartibi bo’lib,
mulkiy
tabaqalanish davrida vujudga kelgan udumlardan kambag’alarni (hatto qarindoshlari bo’lsa ham)
o’z foydalariga ishlatish uchun foydalanilgan.
Moddiy madaniyat. O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarning moddiy madaniyatlari etnik
alomatlaridan ko’ra aholining xo’jalik va hududiy o’ziga xosligiga asoslagandi. Misol uchun uy-
joylar milliy emas aholining o’rtoq yoki ko’chmanchi bo’lishi bilan xususiyatlanadi. O’rtoq aholi
yashaydigan vohalar uy-joylari to’g’ri tomonli past tomli, tevaragi loy devordan to’silgan xovli
ko’rinishida bo’lgan. Uylarning bu xoldagi o’ziga
xosligi uning ichki loyihasi, tuzilishi bilan
ajralgan. Tog’lik xududlarda aholi uylari o’zining arxaik ko’rinishini uzoqroq saqlab qolgan.
Ko’chmanchilar o’tovlari ikkiga, ya’ni mug’ul va turk tiplariga bo’linadi. Ularning farqi faqat
tomonlarida bo’lib birida konusli, gumbazli. O’zbek, qozoq, qirg’iz, qorqalpoqlarda ikkala tip ham
uchrasa, turkmanlarfda turk tipi tarqalgan. O’tovlarning konstruktsiyasida deyarli farq yo’q,
ularning jixozlashda toifaviy xususiyatlari ko’rinishi mumkin.
O’rta Osiyo an’anaviy kiyimlarida ham qarqlanish gazmol yoki kiyim va uning qismlarida
bo’lmasada boy va kambagalligida bo’lgan. Xo’jalik mashg’uloti ham kiyimlarga ta’sir etgamligi
tabiiy. Chorvadorlarning an’anaviy kiyimlari jundan, dehqonlar va shahar axolisi kiyimlarida paxta
gazlamasi ko’proq ishlatilgan.
Ma’naviy madaniyat. Ma’naviy madaniyatda etnik o’ziga xoslik ko’proq ko’rinadi. Lekin
umumiylik ham aniq nomoyon bo’lishi tabiiy. Jumladan halq og’zaki ijodi dostonchilikdagi
umumiylik asarlarning syujetlaridagina emas qahramonlar nomlarida ham kuzatish mumkin.
“Alpomish” dostoni o’zbeklarga oid bo’lsada qozoq va qoraqalpoqlarga ham yaxshi tanish.
“gurug’li” tojik, o’zbek, turkmanlar uchun umumiydir. Deyarli barcha O’rta
Osiyo xalqlarida
“Avesto”dan boshlangan Shirin va Shakar syujeti bilan bog’liq she’r va ashulalar mavjud.
O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir etgan narsalardan biri
islim dinining yoyilishidir. XIX-XX asrda O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari madaniyatning
yuksalishi Rossiya istilosi hamda xukmronligi ta’sirida o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: