Logika so’zi yunoncha logos so’zidan olingan bo’lib, so’z, tushuncha, fikr, tafakkur ma’nolarini bildiradi. Osiyo xalqlarida logika mantiq shaklida qo’llaniladi



Download 45 Kb.
Sana27.03.2021
Hajmi45 Kb.
#62198
Bog'liq
Logika so’zi yu-WPS Office


Logika so’zi yunoncha – logos so’zidan olingan bo’lib, so’z, tushuncha, fikr, tafakkur ma’nolarini bildiradi. Osiyo xalqlarida logika mantiq shaklida qo’llaniladi. Mantiq – fikr yuritishning qounun-qoidalari, usullari, shakllari haqidagi fan.

Logika so’zi hozir ko’p ma’nolarda qo’llaniladi. An’anaviy jihatdan logika tushunchasining uch tomoni bor: birinchisi – ontologik tomoni – u ob’yektiv dunyo hodisalari o’rtasidagi o’zaro zaruriy aloqani o’rganadi va narsalar mantiqi deb yuritiladi, ikkinchisi – gnosologik, ya’ni bilimlar mantiqi tushunchalar o’rtasidagi zaruriy aloqani tekshiradi, uchinchisi esa, sof mantiqiy tomoni isbotlash va rad etish logikasidir. Ma ntiqning dastlabki ikki tomoni falsafa va dialektik mantiqqa mansubdir, uchinchisi tomoni – formal logikani tashkil etadi.

Biz ijtimoiy taraqqiyot mantiqqa asoslanib, jamiyat o’z-o’zidan rivojlanuvchi tizimdir, degen xulosaga kelamiz. Albatta, bundan so’z hayot taraqqiyoti qonuniyatlarining ichki zaruriyati, ya’ni mantiq haqida boradi. Agar so’z biror odamning nutqidagi mantiqning kuchi yoki, aksincha, uning muhokamasida mantiq yo’qligi haqida boradigan bo’lsa, u vaqtda so’z ichki zaruriy qonuniyatli bog’lanish, borlikdagi narsalar va hodisalar haqida emas, balki bizning fikrimiz, buyumlar haqidagi muhokama haqida boradi.

Fikrimiz bog’lanishi va taraqqiyotidagi ichki zaruriy qonuniyat inson irodasi uning psixik holati va boshqalarga muhtoj bo’lmagan qonuniyatdir. Bu qonuniyatlar moddiy olamdagi narsalar va ular o’rtasidagi bog’lanish hamda munosabat xarakteriga bog’liq va ular inson tafakkuri mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun ham tafakkur mantiqi mazmunini narsalar mantiqi tashkil etadi. Demak, tafakkur mantiqi narsalar yoki mantiqin’ikosidir.

Biz tafakkurimizdagi muhokama yordami bilan bir hukmdan ikkinchi hukmni chiqarib, fikrda aks ettirilgan buyumlar va ular munosabatini uzviy bog’laymiz. Chunki hayotimizdagi narsa va hodisalar bizning muhokamamizda o’zaro aloqadorlikda o’z ifodasini topadi. Masalan, hamma vaqt chigit bahorda ekilib, paxta kuzda teriladi deb muhokama qilsak, bunday muhokama mantiqiy bo’lishining asosiy sababi shundaki, biz haqiqatdagi bog’lanish qanday bo’lsa, uning o’zini xuddi shunday iyaodalaymiz.

Tafakkur ko’p qirrali, murakkab, shu bilan birga, bir butunni tashkil etadigan aqliy jarayondir. Demak, mantiq deganda biz insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida, ya’ni amalda namoyon bo’lib turuvchi to’g’ri, tartibli, aniq, asosli,ya’ni mantiqiy fikr yuritishni tushunamiz.

Shu ma’noda, mantiq ob’yektiv olamning rivojlanishi va o’zgarishining inson tafakkuridagi in’ikos qonunlari va shakllari haqidagi fandir. Demak, uning predmeti tafakkurning shakl va qonunlarini o’rganishdan iborat. Tafakkurning uch xil: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish kabi shakllari mavjud.

1. Tushuncha deb, buyum va xodisalar xususiyatlari, umumiy va muxim belgilarining yaxlit holda ifodalanishiga aytiladi.

Masalan, «odam» tushunchasini olaylik. Uning birinchi xususiyati – mehnat qurollarini, vositalarini tayyorlaydi; ikkinchi xususiyati – ijtimoiy hayot mahsuli; uchinchi xususiyati – odam ongli mavjudot. Demak, tushuncha olamning tafakkurda in’ikos etish shakllaridan biri, uning yordamida hodisalarning, jarayonlarning mohiyati bilib olinadi, ularning muhim tomonlari va belgilari umumlashtiriladi.

2. Hukm esa buyum va hodisalarning belgilari to’g’risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrdir. Masalan, mehnatkashlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash hozirgi kun talabi, inson ijtimoiy mavjudot.

Hukm tushunchalarda tashkil topadi va u hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarning ongimizdagi in’ikosi, ya’ni o’z shakliga ko’ra hukm odatda ikki tushunchaning bog’lanishidan iborat.

3. Xulosa chiqarish tafakkurning asosiy mantiqiy shaklidir. Xulosa chiqarish muhokamaning shunday jarayoniki, bir necha hukmdan chiqarilgan yangi hukm aqliy xulosadir. Ma ’lum xulosa chiqarishga tayanch manba bo’ladigan hukmlar mantiqiy asos deyiladi. Ulardan ma ntiqdan kelib chiqadigan yangi hukm xulosa deyiladi. Masalan, ustozlarni hurmat qilish olijanob fazilat, har bir mutaxassisning o’z ustozi bor va hokazo. Ammo shunday xulosalar borki, ularning amalda sezgi organlarimiz orqali his qilishimiz mumkin emas. Masalan: yerningo’z o’qi atrofida aylanish tezligi taxminan 1650 km. soatga teng; 2) ekvatorning uzunligi 40000 km ga teng. Demak yer o’z o’qi atrofida 24 soatda bir marta aylanib chiqadi, (40000:1650q24 soat 25 minut).

Xulosaning to’g’ri bo’lishi uchun xulosa asosida yotgan hukm to’g’ri bo’lishi, hukm xlosada o’z aksini topishi kerak. Masalan, «Jamiyat ob’yektiv qonuniyatlar asosida rivojlanadi», «Bozor munosabatlari – jamiyat rivojlanishining ob’yektiv qonuniyatlaridan biridir». Demak, jamiyat bozor munosabatlari asosida rivojlanadi.

Bilish jarayonida til muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, inson moddiy mavjudot sifatida buyumga xos shaklda mavjuddir. Bilish til shakliga kirgandagina hissiy qabullanadigan buyumlar – belgilar sistemasi bilan ifodalangandagina u bilan ish ko’rish mumkin. Demak, tafakkur voqelikni abstraksiyalashgan va umumlashgan obrazlarda aks ettiradi. Bilim til belgilarida mavjud bo’lib, ular olamdagi u yoki bu hodisalarning, jarayonlarning bildiruvchilik tasviriga ega.

Ammo bilimlarimizning hammasi ham haqiqat bo’lavermaydi. Masalan, ertalab quyosh juda yaqindan, tepalik ortidan chiqib kelayotgandek ko’rinadi. Aslida bunday emas, bunda narsa, hodisalarning haqiqiy munosabatini va hislatlarini to’g’ri aks ettirmaydi. Bilimlarning haqiqatligi insonning amaliy faoliyatida, tajribada aniqalanadi..

2. Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.

1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.

Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.

O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir.

Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir.

2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi.

Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir.

Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.

Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi.

3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.

Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”.

Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:

R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi.

Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi.

4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi.

3. Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. T. bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski T.larni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. T.ning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni T. da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan T.lar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. T. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. T. ning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. T.lar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday T. — abstraksiyadan iboratdir, bu hol T.da voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa T. yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. T. larning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning T. haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.

4. Taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarning o’zi hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydiganga bo’linadi. Sig’ishadigan tushunchalar munosabati moslik, qisman moslik va bo’ysunish (subordinatsiya) munosabatlariga bo’linadi. Moslik munosabatidagi bitta predmet va predmetlar sinfini aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan: “O’zbekiston poytaxti” va “Toshkent shaxri” tushunchalari o’rtasidagi munosabat xuddi shunday. Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikga ega bo’lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi turli xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Bu tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar ham uch xil munosabatga – birga bo’ysunish, qarama-qarshilik va zidlikga bo’linadi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetlar va predmetlar guruhining qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya'ni biri predmetning biror belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgisini aks ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’la qamrab olmaydi.

5. Tushunchaning mazmuni va hajmiga ko’ra turlari.

Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan: “jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik – sinf, daraxt – kichik sinf, archa daraxti – sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Unga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha.



Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.

Hajmiga ko’ra tushunchalar yakka va umumiy, chegaralangan va chegaralanmagan, ayiruvchi va to’plovchi turlarga bo’linadi. Masalan: “Zarafshon daryosi” – yakka tushuncha, “shahar” – umumiy tushuncha, “O’zbekiston Respublikasi shaharlari” – chegaralangan, “atom” – chegaralanmagan, O’zbekiston fuqarolari siyosiy huquqlarga ega – ayiruvchi tushuncha, O’zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdori – to’plovchi tushuncha. Tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va abstrakt, nisbatli va nibatsiz, ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. Masalan: “avtomobil” – konkret tushuncha, “do’stlik” – abstrakt tushuncha, “institut” – nisbatsiz tushuncha, “sabab” va “oqibat” – nisbatli tushunchalar, “bilimli” – ijobiy tushuncha, “bilimsiz” – salbiy tushuncha hisoblanadi.
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish