64
BOSHLANG`ICH SINFLARDA ODOBNOMA (TARBIYA) DARSLARI ORQALI
TEJAMKORLIK, ISTE`MOLCHI HUQUQI TUSHUNCHALARNI INTEGRATSIYALASHGAN
USULDA TANISHTIRIB BORISHNING SAMARALI USULLARI
Qobilova Z. A
Kogon tumanidagi 10-o`rta ta`lim maktabning
Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari fani o`qituvchisi
Ma`lumki, 2020-2021 o`quv yilidan boshlab barcha o`rta umumta`lim maktablarida ―Odobnoma‖,
―Vatan tuyg`usi‖, ―Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari‖ fanlari bitta nom - ―Tarbiya ‖ nomi
ostida birlashtirib o`tiladi.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma‘naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada
kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma‘naviyat yoʻq ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs boʻla olmaydi.
Hozirgi globallashuv
jarayonlari kuchaygan, turli gʻoyalar oʻrtasidagi kurash keskinlashgan, ―ommaviy
madaniyat‖ xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmogʻi
orqali uzatilayotgan
buzgʻunchi axborotlar inson qalbi va ongini oʻziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda
kelajagimiz boʻlgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat
siyosati darajasidagi masalaga aylangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish
uchun tarbiyaning asosi boʻlgan barcha gʻoyalar qaytadan koʻrib chiqilishi, asosiy e‘tibor bola shaxsiga
qaratilishi, yillar davomida toʻplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson
shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga
ota-onasi, maktab, mahalla, doʻstlari,
jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet,
ommaviy axborot
vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta‘sir koʻrsatadi. Shuning uchun ham yuqorida
nomi ko`rstilgan fanlarning bir nom ostida birlashtirilishi bu o`z vaqtida olg`a surilgan islohotlardan
biridir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq‖ asarida shunday degan edi:
―Alhosil, tarbiya
bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat –yo falokat
masalasidur‖.
Bugun zamon o`zgardi, insonlar o`zgardi. Taraqqiyot o`z cho`qqisi sari dadil odimlamoqda.
Hayotimizga juda ko`plab ―tejamkorlik‖, ―iste`molchi huquqi‖ kabi tushunchalar kirib kelmoqda.
Aksariyat hollarda yangi tushunchalar mohiyatiga aqlimiz qisqalik qilyapti.
Kelajak avlod ham bu
muammolarga duch kelmasligi uchun, ularga yoshlikdanoq bu haqda ma`lumot berish joizdir. Ma`limki,
boshlang`ich sinflarda odobnoma darsida o`quvchiga odob-axloq qoidalari: salomlashish odobi, jamoat
joylarida o`zini tutish odobi, ovqatlanish odobi kabi axloq normalari o`rgatib boriladi. Endi Tarbiya fani
o`qituvchisi mana shu normalarga tejamkorlik saboqlarini bog`lagan
holda olib borsa, har bir bola
yoshlikdanoq tejamkor bo`lib voyaga yetadi. Avval o`quvchilarga ―Tejab -tergamoq‖, ―Tejam‖,
―Tejamkor‖, ―Tejamkorlik‖ ‖Tejamli‖, ‖Tejamlilik‖, ―Tejamoq‖ tushunchalari nimani anglatadi-yu ,
―Tejamsiz‖ tushunchasi nimani anglatishini tushuntirish kerak.
O`zbek tilining izohli lug`atida bu tushunchalarga quyidagicha ta`rif beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: