G‘OYALARNI TATBIQ ETISH
Sodiqova Z. BuxDU talabasi
Ovozingning
emas,so‟zingning
darajasi
bilan
yuksalgin. Axir gullarni momaqaldiroq emas, yomg‟ir
o‟stiradi. (Jaloliddin Rumiy)
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zlarining ―Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz
bilan birga quramiz‖ nomli asrlarida shunday deydilar:Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlarida hech qaysi sohada
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
1
Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk
qilib tarbiyalashimiz esa ancha qadim zamonlardan beri eng muhim masalalardan biri sanalib
kelgan.Vaholanki, bolaning dunyo qarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarda eng
yetuk, eng tajribali murabbiylari biriktirilib qo‘yilishi kerak.Shuningdek malakali o‘qituvchilardan
boshlang‘ich sinf darslarida innavatsion g‘oyalarini qo‘llab, o‘quv samaradorligini oshirish ta‘lab
66
etiladi.Buning uchun o‘qituvchi uzzu kun izlanishda bo‘lishi yangi-yangi g‘oyalarni o‘ylab topishi, ta‘lim
tizimida uni bolalar hayotda qo‘llay olishiga ko‘maklashish ham talab etiladi bugungi kunning
o‘qituvchisidan. Innavatsion pedagogika bugungi kunda norasmiy fan sifatida ma‘lum bo‘lib, jadal
rivojlanib borayotgan bilimlar tizimi deyish mumkin.Bu bolalarni mustaqil fikrlashlariga qaratilgan bilim
hisoblanadi yana bola tarbiyasida ham muhim rol o‘ynaydi. Innovatsiya bu-biror bir yangilik kiritish va
o‘sha yangilikni o‘zlashtirish jarayoni deyish mumkin.
Innovatsiya– (inglizcha ―Innovation‖–yangilik kiritish)–tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish,
amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innavatsion jarayonning mazmuniy tomonini o‘z ichiga oladi
(ilmiy g‘oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish).
Yuksak ma‘naviy axloqiy qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan barkamol shaxsni
shakllantirishda, ularni tez va rivojlanayotgan zamonda yoshlarimizni hayotga tayyorlashda ularni shaxsiy
va jamoa oldiga qo‘yilgan muammolarni tez va oson yechim topadigan va zaruriy axbarotlarni mustaqil
ravishda topa oladigan va topgan axbarotlarini hayotida qo‘llay oladigan yoshlarni tarbiyalashda
o‘qituvchidan innavatsion g‘oyalarni yaratish va ularni ta‘lim sohasida qo‘llab, boshlang‘ich ta‘lim
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish ta‘lab etiladi. Innovatsion yangiliklar topilishi boshlang‘ich
sinflarda ularni ilk tayyorgarlik davridanoq boshlansa bu bolalarni yanada salohiyatli bo‘lib rivojlanishiga
zamin yaratadi. Bunday yangiliklar o‘qituvchilardan kuchli bilim va ijodiy yondashuvni talab qiladi.
O‘qituvchi qay darajada darslarida yangi-yangi usullarni yangi innovatsiyalarni tatbiq qilsa bu uning o‘z
guruhi yani o‘quvchilari bilan ishlashida ancha yengilliklarni olib keladi. Bunday yangiliklarni qabul
qilishda o‘quvchilarning psixologik jihatlari ham muhim hisoblanadi. O‘qituvchining bu g‘oyalari axloq
me‘yorlariga tog‘ri kelishi va g‘oyalar milliylikka yog‘rilgan ham bo‘lishi maqsadga muvofiq. Endi biz
boshlang‘ich sinflar darslarini shu innovatsion texnologiyalar asosida ko‘rib chiqsak. Bu ishni 2-sinf
o‘qish darsligini tahlil qilishdan boshlasak. Har bir darslik boshlanishi Vatanimiz haqida boradi. Bu
bolalarda vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usini shakllantiradi. Bolalarni loqaydlikka olib bormaslikka
zamin bo‘la oladi. Sababi bola har kun eshitgan narsasini unutmaydi va bora-bora bu o‘zining ongiga
singib ketadi. Darsliklar bir birining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi. 2-sinf o‘qish darsligida Vatan
mavzusidagi bo‘limdan so‘ng Maktab mavzusi yoritilgan bu bo‘limda maktab, ilm o‘rganish va kitobning
bola hayotidagi o‘rni, kitob katta boylik ekanligi, Maktab–muqaddas dargohligi, she‘r mazmuniga doir
maqol va topishmoqlar
3
keltirilgan. Mana shu bo‘limdagi she‘rlarni bolalar aytsa o‘sha sinf o‘quvchilari
va she‘r aytish jarayonini tasvirga olib mustahkamlash darslarida foydalanilsa bolalarga ruhiy
rivojlanishni ko‘rish mumkin. Bir tomondan u o‘zi aytgan she‘rini o‘zi eshitib xursand bo‘ladi va bu
uning esidan chiqmasligiga sabab bo‘ladi, guruh jamoa orasida o‘zini erkin his qilishni o‘rganadi. Bolada
o‘ziga bo‘lgan ishonch orta boshlaydi. Bola o‘z oldiga maqsadlar qoyadi. Har bir darsni shunday tashkil
qilib borilsa ancha yaxshi natijaga erishish mumkin. Bunda yana bir jihati borki mana shunday bolani
o‘zini tasvirga olib tayyorlangan darslarni past o‘zlashtiruvchi bolalarda ko‘proq olib borilsa bu ularni
bilimiga ham samarali ta‘sir ko‘rsatmay qolmaydi.
ygʻon, erkam,ko‘zing och,
Tong yoydi zarrin quloch.
Bosh ustingda aylanib,
Uchib o‘tdi qaldirg‘och.
Allaqachon botdi oy,
Tur, yotmagil, erkatoy.
Qanot yozib osmonda,
Kuy boshladi bo‘zto‘rg‘ay
MIRTEMIR va buni tasvirga oling va bu tasvirni bolaga boshqa darsda ya‘ni keyingi darsda
qo‘yib bering. Bola bu she‘rni mazmuniga tushunmagan bo‘lishi mumkin ammo o‘zini ekranda ko‘rsa bu
bolani diqqatini tortadi va uni o‘ylashga majbur qiladi. Yaniki to‘g‘ri aytdimmi, xato qilmadimmi? Shu
bilan bola o‘zi ustida ishlaydi, o‘qiyotgan narsasini mazmuniga e‘tibor berishni boshlaydi. Buni ko‘rgan
boshqa bir bola esa o‘zini ham menga ham shunaqa qilib she‘rni ayttiradilar deb o‘ylab u ham o‘z ustida
shug‘illana boshlaydi. Xuddi shunday innovatsion o‘qitish uslublaridan foydalanilsa ko‘zda tutilgan
natijalarga erishish osonlashadi.Ta‘lim sifati o‘zgaradi va samaradorligi oshib boradi. Bolalarni ishtimoiy
faol yoshlarga aylantirishda anchayin samara beradi.Yozma nutqi ham shakllanadi. Nutqini ravon bo‘lishi
ustida ishlaydi. Kutubxonalarga murojaati oshadi. Bu esa Prizidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashkil
etgan 5ta muhim tashabbuslaridan ―Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan‖ 4-tashabbusni rivojlantirishga ham
sabab bo‘ladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |