SAYYOR SOʻZLAR
1. Hindistonning qoramtir changalzorlarini, qalin bambukzorlarini, ya‘ni
junglini koʻrish uchun ertalab yoʻlga chiqish ma‘qulligini aytishdi. (Z. Akramov,
―Hindiston lavhalari‖)
2. Hurmatli jyuri a‘zolari, loyihalarga yetti oʻlchab, bir kesib baho bering,
agar shoshqaloqlik qilsangiz, odamlar kechirishmaydi. (Gazetadan)
3. Achchiq va hidli dorilar alohida jelatin gʻilofida ichiladi. (N.Ismoilov.
―Kasallarni parvarish qilish‖)
Keyingi topshiriqni bajarishdan oldin o`quvchilarga berilgan 3 ta fikr qaysi fan va qaysi sohaga
tegishli ekanligi haqida savol beriladi
O`quvchilarning javobi tinglangach, 145 –topshiriqqa navbat beriladi, ya`ni lug`atlar bilan
ishlanadi.
1. Jelatin (fr. gelatine − dirildoq, yelimshak; lot. gelatus − muzlagan) Yosh mol suyagi va terisidan
tayyorlanadigan bir nav yelimshak modda
2. Jungli (ing. jungle ;f.-hind. Changalzor, o`rmon) Chakalak , qalin o`rmonzor
3. Jyuri (fr. jury - hakamlar guruhi; lot. juro − qasam, ont ichaman; qasamyod qilaman)
Lug`at bilan tanishgach topshiriqda aytilganday ushbu sayyor so`zlarni mavzuiy guruhlarga ajratiladi.
Shaxs oti
Modda oti
O`rin-joy oti
Jyuri
Jelatin
Jungli
Bu mavzuiy jadvalni quyidagi savollar bilan ham tashkil etish mumkin.
Sport va turli xil musobaqa va
tanlovlarni boshqaradigan shaxs
Afrika, Hindiston kabi
davlatlardagi
changalzor
ma`nolarini beradigan o`rin-
joy oti
Turli xil kasb sohalarida
masalan,
meditsina,
pazandachilik
texnologiyasida
ishlatiladigan modda
jyuri
jungli
jelatin
Bundan tashqari keyingi 158-mashqni bajarish uchun ham topshiriqli jadval tayyorlash mumkin:
Shaxs oti
Modda oti
O`rin-joy oti
referi
marmelad
savanna
arbitr
yogurt
rancho
Savol va topshiriqlar
1. Sayyor so`zlar deganda nimani tushunasiz?
2. So`zlar nega bir tildan boshqasiga ko`chadi?
3. Bir nechta tilda ishlatiladigan so`zlarga misol ayting.
Savollarga javob berishda o`quvchilar fikrini tinglab, ulardagi xato va kamchiliklarni tuzatish ham
o`qituvchining muhim vazifasi sanaladi.
Darslikda uyga vazifa sifatida berilgan 147-topshiriqdagi matn bo`yicha o`quvchilarga xalqaro
baholash tizimlaridan bo`lgan PISA dasturi asosida topshiriqlar berish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu
uchun o`qituvchi avvaldan tayyorgarlik ko`rishi kerak. Darslikdagi 147- topshiriqdagi matn kompyuterda
chop etilib u yuzasidan turli xil ko`rinishdagi testlar o`quvchilarga taqdim etilsa , maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |