72
BOSHLANGʻICH SINFLARDA FE‘L SO‘Z TURKUMINI INTERFAOL METODLAR
YORDAMIDA O‘RGATISH
Polvonova G.S. Xorazm. Viloyati. Urganch. Shahar.
7-sonli. maktabning. “Ona tili va. Adabiyot”. fani. o‟qituvchisi
Boshlangʻich sinf ona tili ta‘limida so‘z turkumlarini o‘rganish katta va salmoqli o‘rin egallaydi.
Shu jumladan, ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganish jarayoni ham. ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganish jarayonida
o‘quvchilarning lugʻati harakatni bildiruvchi so‘zlar bilan boyitiladi, ular adabiy-orfoepik talaffuz
me‘yorlarini egallaydi, imloviy savodxonligi shakllanadi, ogʻzaki va yozma bogʻlanishli nutqi o‘sadi.
O‘zgalar fikrini anglay olish, o‘qiganlarini o‘zlashtirish, o‘z fikrlarini boshqalarga erkin, tushunarli qilib
etkaza olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
―Fe‘l so‘z turkumi‖ ni o‘rganishda ham pedagogik texnoligiyalar asosini tashkil etuvchi interfaol
metodlarni tatbiq etish lozim.
Quyida boshlangʻich sinf ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ayrim interfaol metodlar
haqida to‘xtalamiz.
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Aqliy hujum‖ metodidan foydalanish o‘quvchilarning keng va
har tomonlama erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
―Aqliy hujum‖ uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka tartibda bajarishga yoki
juftliklarga ajratib bajarishga, kichik guruhlar o‘rtasida bajarishga mo‘ljallananadi: ―Aqliy hujum‖da har
qanday savol o‘rtaga tashlanavermaydi, u o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha
yondoshishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo‘lgan savollar bo‘lishi kerak.
3-4 sinfda ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:
1.Fe‘llar boshqa so‘z turkumlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Fe‘llar oladigan qo‘shimchalar qanday ma‘nolarni bildiradi?
Fe‘llar qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
Fe‘llardagi –k, -ng, -ngiz, -m qo‘shimchalari qanday ma‘nolarni bildiradi?
Fe‘lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli orasida qanday o‘xshashlik va farqlar bor? O‘quvchilarda
―Aqliy hujum‖ orqali ―Fe‘l‖ lar yana boshqa qo‘shimchalar bilan ham
qo‘llanar ekan. Ular qanday qo‘shimchalar ekan? – degan qiziqish paydo bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchining savoli o‘quchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasidir.
Savollar qaysi ma‘noda qo‘llanilishiga qarab o‘quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga
undaydi.
O‘quvchilar ―Aqliy hujum‖ orqali fikrlarning qadr-qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni
rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini anglab boradilar.
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Ortiqchasini ajrat‖ metodidan foydalanish mumkin.
Bunda o‘quvchilarga ―Fe‘l‖ so‘z turkumidagi so‘zlar ichiga boshqa turkumdagi so‘zlar aralashtirib
beriladi. O‘quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so‘zlarni ajratib olishadi va nima uchun ajratib olish
sababini izohlab beradi. Bu usulni kartochkalar yordamida amalga oshirish mumkin. Ortiqchasini
ajratishganidan so‘ng so‘zlarni husnixat bilan daftarga yozadi.
Quyida berilgan topshiriqlardan namunalar keltirilgan:
1.Quyida berilgan fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrating va izohlang:
O‘qidi, ishladi, gulladi, sevindi, yuvundi, ko‘k, ta‘minlandi, daraxt.
Quyidagi fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrat (fe‘lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakliga ko‘ra):
a) tingladi, tushundi, yugurdi, tayyorlamadi, yasadi, chizmadi.
b) yozdi, foydalanmadi, tugadi, kelmadi, aytmadi, bilmadi.
Fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrat (fe‘l yasovchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanilishiga ko‘ra):
Sozla, kuyla, zavqlan, sarala, boshla.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda qo‘llaniladigan interfaol
usullaridan yana biri ―Klaster‖ metodidir.
Bu metod o‘rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish
imkoniyatini yaratadi.
―Klaster‖ da sinf doskaga yoki katta varaqqa kalit so‘zlar, so‘z birikmalari yoki gaplar yoziladi va
kalit so‘zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bogʻlab boriladi. ―Klaster‖ tuzishda, agar u doska yoki
katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo‘lsa, barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi shart.
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Klaster‖ metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarni darsga
bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. Bunda o‘quvchilarga quyidagi savolni berish mumkin:
Fe‘lga xos xususiyatlarni aniqlang.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |