Ahm oq kishining tili o‘ziga dushman, ko‘p kishilarning qoni
tili tufayli to‘kildi. K o ‘p so‘zlaganlar ichida o‘kingan ko‘pdir, tilni
tiyganlar orasida o‘kingan bormi, qani?
Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim edgu, kim aqir bo‘lur.
Eshit but bu so‘zga qamug‘ teng-da teng,
Q o ‘dub tilga yuk(a)nub tazarru qilur.
Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili tufayli sodir
bo‘ladi, bu til sababli ayrimlar yaxshilik, ayrimlar yomonlik ko‘radi.
Bu so‘z (o ‘git-nasihat) barchaga teng, (ular so‘zni) tilga jo qilib
sig‘inadilar.
Kudazgil tilingni, kel oz qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o‘zung.
Rasul erni o‘tqa yuzin otquchi,
Til o‘l tedi yig‘ til yul o‘ttin o‘zung.
Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o‘zing ham
saqlanasan. Rasul kishini o‘tga tashlovchi tildir, deb aytdi, shuning
uchun tilingni tiy, o‘zingni o‘tdan tort.
Iki neng biriksa bir erdi qoli,
Bukandi ul erga muruvvat yo‘li.
93
Bir ul yangshar ersa keraksiz so‘zin,
Ikkinch yalg‘on ersa ul erning tili.
Bir kishida ikki narsa bo‘lsa, u kishiga muruvvat yo‘li yopildi.
Birinchidan, behuda so‘zlar bilan vaysasa, ikkinchidan, bu kishining
so‘zlari yolg‘on bo‘lsa... (u n d ay ).
Tili yalg‘on ertin yiroq tur teza,
Kechur sen-ma umrung ko‘nilik uza.
O g ‘ iz til bezagi ko‘ni so‘z turur,
K o‘ni so‘z-la so‘zni, dilingni beza.
Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, umringni sen to‘g‘rilik
bilan kechir. O g ‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri
so‘zla, dilingni beza.
K o‘ni so‘z asal tek, bu yalg‘on basal,
Basal yeb achitma ag‘iz, ye asal.
Yo yalg‘on so‘z yigtek, ko‘ni so‘z shifo,
Bu bir so‘z o‘zag‘i urulmish masal.
To' g‘ri so‘z asal kabidir, yolg'on (so‘z ) sarimsoq piyozdir,
sarimsoq piyoz yeb, og'izni achitma, asal yegin. Yolg'on so‘z
kasallik kabidir, shirin so‘z shifodir, bu so‘z to‘g‘risida shunday
masal to'qilgan:
K o‘ni bo‘l, ko‘ni qil, otin ko‘ni,
K o‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
K o‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik,
Kedim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni.
To' g‘ri bo‘l, to‘g‘ri ish qil, to‘g‘ri deb nom chiqar; xaloyiq
seni to‘g‘ri deb bilsin. To‘g‘rilik to'nini kiy, egrilik to'nini yech,
kiyadigan (k iy im ) to'nning yaxshisi to‘g‘rilik to'nidir.
94
Qatig‘ kizla rozing kishi bilmasun,
So‘zungtin o‘zungga o‘kunch kel(a)masun.
Qamug‘ yashru ishing bo‘lub oshkora,
Bu ko‘rgan eshitkan senga kul(a)masun.
Siringni mahkam tut, (u n i) kishi bilmasin, so‘zingdan o‘zingga
o‘kinch (pushaymon) kelmasin. Barsha yashirin ishlaring oshkora
bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan (kishi)lar senga kulmasin.
Eshim teb inonil sir ayma saqin,
Necha ma inonchliq esh ersa yaqin.
Serib senda rozing singib turmasa,
Serurmu eshingda muni ked saqin.
D o ‘stim deb, ishonib sir aytma, ehtiyot bo‘l, garchi qanchalik
yaqin, ishonchli do‘sting bo‘lsa ham. Siring (rozing) o‘zingda
saqlanib, singib turmagach, u do‘stingda saqlanmaydi, buni yaxshi
o‘ylab ko‘r.
Uchinchi bo‘lim: dunyoning o‘zgarib
turishi haqida
Bu ochun rabot ul tushub ko‘shguluk,
Rabotqa tushukli tushar ko‘shguluk.
O ‘ng arkish uzadi qo‘pup yo‘l tutub,
O ‘ngi qo‘pmish arqish necha ko‘shguyluk.
Bu dunyo qo‘nib yana ketadigan rabotdir, bu rabotga tushib
o‘tuvchilar qo‘nib keta beradi. Oldingi karvon yo‘l bosib o‘zib
ketdi, (s h u ) oldingi karvon necha manzilni (bosib) o‘tdi.
Bu dunyo so‘ngida yugurmak necha,
Xasis nengtin o‘tru(v) tep o‘zung kusha.
Neluk molg‘a muncha ko‘ngul bog‘lamoq,
Bu mol kelsa arta borur boz kecha.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |