Baxillik dori bilan davolab bo'lmas kasallikdir. Baxilning qo‘li
saxovat, hadya uchun yopiqdir.
K o‘zi och baxil kishi qancha mol to'plasa ham, ko'ngli to'lmas,
u mol-dunyoning quli, davlati uning ustidan hukmrondir.
Bu budun to‘lusi axi er turur,
Axilik sharaf, jox, jamol ortturur.
Sevulmak tilasang, kishilar aro,
Axi bo‘l, axiliq seni sevdurur.
X alqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik sharaf, martaba va
kamolotingni orttiradi.
Kishilarning muhabbatini o'zingga jalb qilmoqchi bo'lsang,
saxiy bo‘l, saxovat seni sevikli qiladi.
Baxil nokas udun tavor pasboni,
Y ig‘ar, yemas-ichmas, tutar berk ani.
Taturmas oshin-da, tuz do‘stina,
O ‘lur, qolur axir, yeyur dushmani
Baxil, nokas, olchoq, tuban kishi, o‘z molining posbonidir,
boylik yig ib, uni yemay, ichmay saqlaydi. Hayot paytida do'stiga
oshini, tuzini tottirmaydi, o‘zi o'lgach, moli qoladi, so‘ng uning
moli dushmaniga buyuradi.
101
Beshinchi bo‘lim: tavozelilik manfaati, kibrlilik va
harislikning zarari to‘g‘risida
Yana bir keraklik so‘zum bor senga,
Ayoyin men ani, quloq tut menga.
So‘z uldur takabburni boshtin solip,
Tavozeni berk tut yopush ket anga.
Yana bir senga keraklik so‘zim bor, men uni aytayin, so‘zimga
quloq sol. Takabburlikni boshdan oshirib tashla, tavozega qattiq
amal qil, unga o‘zingni yaqinlashtir.
Takabbur kamug‘ tilda yirlur qilig‘,
Qiliqlarda edgu qiliq xuy (qo‘y) qiliq.
U l erkim ulug‘sindi men-men dedi,
Ani ne xaloyiq sevar, ne xoliq.
Takabbur qilig‘i barchaning tilida nafrat qo‘zg‘atadi, muloyimlik
ezgu narsadir. Kimda-kim manman deb, o‘zini baland tutsa, uni
na xalq, na tangri sevadi.
Qamug‘ qazg‘oniqli ochun molini,
Yeyumadi bordi ko‘rung lolini.
Tishisi qolip bir odin er bila,
U l anda yotibon berur sonini.
D unyo molini tamoman to‘plagan kishi, uni yeya olmay o‘lib
ketdi, uning holini ko‘ring. Xotini bu dunyoda bir yot erkak
bilan qolib, eri esa go‘rda yotib hisob beradi.
Takabbur libosin kiyip oz solin,
Kerib xalqda ko‘ksung, ozurlab gilin.
M o‘minliq nishoni tavoze erur,
Agar mo‘min ersang, tavoze qilin.
102
Kibrlilik libosini kiyib, ko'ksingni xalqqa kerib, tiling bilan
ozor berishdan saqlan. Mo'minlikning nishoni tavozedir, agar
mo‘min bo'lsang, tavoze qilgin.
Tavoze qiliqni ko‘t(u)rur idi.
Takabbur tutar erni kemshur qo‘di.
Ulug‘sinma zinhor ulug‘ bir bayot,
Ulug‘lug‘ meningsiz olinmang tedi.
Xudojo'y, muloyim qiliqni xudo ham yoqtiradi, takabbur
kishini tubanlashtiradi. 0 ‘zingni zinhor ulug‘ tutma, ulug‘ bir
tangrining o'zidir. U ulug'likni mensiz olishga urinmang, deb
aytgan.
Tavozelilikni oshirish va kibrlilikni
tashlash to‘g‘risida
Tavor birla ersa ulug‘sindug‘ung,
Ulug‘lug‘ tavoru elik sundug‘ung.
Tavor osig‘ nemish borursan yaling,
Qolur bunda kelsang, sapat sondug‘ung.
Kibrlilik qilishing mol-dunyo tufayli bo‘lsa, kibrga qo‘l
cho'zishing (ham mol-dunyo) tufaylidir. Mol-dunyoning foydasi
nimaga arziydi, (o'lganda) yalang'och ketasan, hamyoning,
to'rvang, sandig'ing qolib ketadi.
Agar kibr idisi asilman desa,
Ayoyin men aning javobin kesa.
O ta bir, ona bir uyalar bu xalq,
Tafovutlari yo‘q o‘ta o‘t tesa.
Takabbur asilman deb aytsa, men unga keskin javob berayin.
Bu xalq naslining ota, onasi bir, u dunyoda zotan oralarida
Do'stlaringiz bilan baham: |