tomoni esa minglab yoqimsiz narsalardan iborat. Dunyoning ko‘rkli
tashqi go‘zalligini ko‘rib, unga ko‘ngil qo‘ymoq (senga)
xatoliklarning boshlanishidir.
Dunyoga muhabbat qo‘yish xatolarning
boshi ekanligi haqida
Niqob ko‘trur ochun birar yuz ochar,
Yozar qo‘l quchar tek yana terk qochar.
Yoring‘i buluttek yo tushtek xoli,
Darangsiz kechar baxt yo qushtek uchar.
98
Niqob ko'tariladi, dunyo yuzini bir oz ochib ko'rsatadi, go‘yo
quchmoqchi bo‘lib qo'llarini ochadi va yana qochadi. 0 ‘tkinchi
ko'klam bulutidek yo tushdek quruqdir, baxt to'xtovsiz o‘tadi
yoki qushdek uchib yuradi.
To‘rtinchi bo‘lim: saxovat va baxillik
oqibati haqida
Ayo do‘st, biliklik izin izlagil,
Q ali so‘zlasang so‘z, bilib so‘zlagil.
Axi erni o‘ggil o‘gar ersa sen,
Baxilg‘a qatig‘ yo o‘qun kezlagil.
E do‘st, bilimli kishi izidan bor, agar so‘zlasang, o‘ylab, bilib
so‘zlagin. Maqtasang, saxiy kishini maqtagin, baxil kishiga qattiq
yoy o‘qini saqlab qo'ygin.
Qamug‘ til axi er sanosin ayur,
Axiliq qamug‘ ayp kirini yuyur.
Axi bo‘l senga so‘z so‘kunch kelmasun,
So‘kunch kelgu yo‘lni axiliq tiyur.
Ham m aning tili saxovatli kishining madhini qiladi, saxiylik
kishilarning barcha kamchiliklarini yuvib ketadi. Saxiy bo‘l, senga
la’nat kelmasin, la’nat keltiradigan yo‘lni saxovat berkitib qo'yadi.
Egilmas ko‘ngulni axi er egar,
Tegilmas muradqa axi er tegar.
Baxilliqni qani o‘gar til qayu,
Axiliqni ham xos tuzu haq o‘gar.
Yumshamas ko'ngilni saxiy yumshatadi, yetib bo'lmaydigan
murodga saxiy kishi erisha oladi. Baxillikni maqtovchi til topilmas,
saxiylikni xos kishilar ( a ’yonlar) va butun xalq maqtaydi.
99
Axi er bilikni yeta bildi, ko‘r,
Anin sotti molin sano oldi, ko‘r.
Tirildi ulamsuz ulamay bo‘lub,
Ochunda ot edgu qudub bordi, ko‘r.
Saxiy kishilar bilimning qadriga yeta bilganini, shuning uchun
butun molini sotib maqtov, olqish olganini ko‘r. Dunyoda umri
qisqa bo‘lgan kishi yaxshi nom qoldirib uzoq yashab turganini
ko‘r.
Baxil yig‘di zar, sim haromatin o‘qush,
Vabal ko‘tru bordi uzala so‘kush.
Ulush bo‘ldi moli kishilar aro,
Baxil oldi andin so‘kunchtin ulush.
Baxil kishi mehnatsiz harom yo‘l bilan ko‘p oltin, kumush
yigdi, natijada u dunyoga la’nat va badnomlik orttirib ketdi.
Uning moli kishilarga taqsim bo‘ldi, baxil esa (u n d a n ) faqat
so‘kish, la’natgagina ega bo‘ldi.
Ayo mol idisi, axi edgu er,
Bayot berdi ersa senga, senda ber.
Yirilgan, so‘kulgan terip bermagan.
Alol berur ersang necha tersa ter.
Ey, yaxshi, saxovatli mol egasi, senga tangri bergan bo‘lsa,
sen ham ber. M ol yigib birovlarga in’om bermaganlar, la’nat va
so‘kishga sazovordirlar, agar sen in’om qilib tursang, qancha
mol-dunyo yig‘sang yig‘aver.
Tabiatta yigi ot ayibsuzi,
Axiliq erur bil buxul ko‘rksuzi.
Eliklarda qutlug‘ berigli elik,
Olip bermagan el elik qutsizi.
100
Dunyoda yaxshi va nuqsonsiz nom saxiylikdir, baxil esa ko'rksiz
ot ekanligini bil.
Q o'llar ichida in’om beruvchisi baxtli (q o ‘l)dir, o‘zi olib
boshqalarga bermagan (q o ‘l ) qo‘llarning qutsizidir.
Baxilliq o‘talap o‘ngalmas yig ul,
Berimdin baxil elgi ked berklik ul.
Y ig‘ip ko‘ngli to‘ymaz ko‘zi suq baxil,
Q ul ul molg‘a moli angar erklik ul.
Do'stlaringiz bilan baham: |